Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali matematika va tabiiy ilmiy fanlar



Yüklə 2,78 Mb.
səhifə9/33
tarix26.12.2023
ölçüsü2,78 Mb.
#197320
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
Laboratoriya met qo\'llanma (2)

5 - rasm. Mikrometr bilan o’lchash.
Nazorat savollari:
1. Mikrometr qanday maqsadda ishlatiladi?
2. Mikrometrning asosiy qicmlarini bayon qiling?
3. Mikrometr bilan o‘lchash tartibini izohlang?
4. Mikrometrning shtangentsirkuldan farqi nimada?
5. O‘lchash xatoligini kamaytirish uchun mikrometr va shtangentsirkulning qaysi biridan foydalanish kerak?


1.3- mashq. Sekundomer
Mexanika va molekulyar fizika bo‘limlaridan ba’zi laboratoriya ishlarini bajarishda juda qisqa vaqt oralig’larini o‘lchash zaruriyati bo‘ladi. CM-60 tipidagi sekundomer qisqa vaqt oralig’ini o‘lchashga mo‘ljallangan bo‘lib, uning ikkita; kattasi - minutlarni, kich­kinasi - sekundlarni ko‘rsa-tadigan strelkalari bor.
Sekundomer ko‘rsatadigan eng kichik bo‘limining qiymati 0,2 s ga teng. Shuning uchun bu tipdagi sekundomer bilan vaqt oralig’ini 0,2 s dan ortiq aniq o‘lchab bo‘lmaydi.
Sekundlarni ko‘rsatadigan strelka har 0,2 sekundda sakrab siljiydi. Sekund (katta) strelkasining bir marta aylanib chiqishida 1 minut vaqt o‘tadi. Bu vaqtda mi­nut (kichik) strelkasi shkalada 1 ta bo‘limga siljiydi (6-rasm).
O‘lchash aniqligini oshirish uchun sekundomer bilan etarlicha katta vaqt oralig’ini o‘lchash zarur. Masalan, matematik mayatnikning tebranish davrini o‘lchashda 50-100 marta to‘la tsbranish davrlarini sanab, so‘ngra ularning o‘rtacha arifmetik qiymatini topsak, natija ancha aniqlik bilan topilgan bo‘ladi. Sekundomer bilan o‘lchashning nisbiy xatoligi o‘lchanayotgan vaqt oralig’ining qiymatiga bog’liq,. Masalan, o‘lchanayotgan bu vaqt oralig’i 2 s ga teng bo‘lsa, uning nisbiy xatoligi
Eτ = ∆τ/ τ100% =0,2s/2s • 100% =10% ga teng bo‘ladi.
Agar shu sekundomer bilan 2 minut vaqt oralig’ini o‘lchasak, uning nisbiy xatoligi 0,2% dan oshmaydi. Odatda sekundomer bilan 3-5 minutdan ortiq vaqtni o‘lchash tavsiya etilmaydi.
Sekundomerdan foydalanish qoidalari:
1 . Sekundomer tepasidagi burash kallagini bosib sekundli va minutli strelkalar yurgiziladi. Agar kallakni yana bosilsa (kallakni ikkinchi marta bosishda) ikkala strelka ham to‘xtaydi. Bu vaqtda strelkalar ko‘rsatishi yozib olinadi,so‘ngra kallakni uchinchi marta bosilganda, to‘xtatilgan har ikkala strelkalar o‘z shkalalarining nolinchi bo‘limiga qaytib keladi.
2. Sekundomer kallagini burab yurgiziladi. Sekundomer prujinasining uzilib ketmasligi uchun oxirgi ikki - uch burashni ehtiyotlik bilan bajarish kerak.
3. Sekundomerni ishlatish oldidangina yurgizish kerak. Foydalangandan keyin darrov to‘xtatib qo‘ymasdan, balki prujinani bo‘shatib, tamomila boshlang’ich holatiga qaytishiga imkon berish kerak. Sekundomer juda nozik asbob bo‘lganidan undan ehtiyotlik bilan foydalanish zarur. Uni zarbdan, kuchli silkitishlardan, ichiga suv kirib qolishidan saqlash lozim.Amalda sekundomer shkalasidagi 1 ta bo‘limining qiymati 0,1 s ga teng sekundomerlar ham mavjud. Bunday sekundomerlarda asbob korpusidagi maxsus kallakni bosish bilan sekund strelkasi boshlang’ich holatga qaytariladi. Bunday sekundomerlarda ham kallakni birinchi marta bosish bilan ikkala strelka yurgiziladi, ikkinchisida esa to‘xtatiladi. Agar strelkalarni boshlang’ich holatiga qaytarish kallagini bosmasdan, kallakni uchinchi marta bosilsa, strelkalar avval to‘xtab turgan shkala bo‘limlaridan boshlab hrakatga tushadi.

Yüklə 2,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin