Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali matematika va tabiiy ilmiy fanlar


• 1mm + 0,05mm•8 = 20 mm + 0,4mm = 20,4 mm = 2,04cm



Yüklə 2,78 Mb.
səhifə7/33
tarix26.12.2023
ölçüsü2,78 Mb.
#197320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
Laboratoriya met qo\'llanma (2)

20 • 1mm + 0,05mm•8 = 20 mm + 0,4mm = 20,4 mm = 2,04cm ga teng bo‘ladi.
Demak, bu holda noniusning nolinchi chizig’i ko‘rsatgan butun millimetrlarga, asosiy shkalaning biror bo‘limi bilan mos nonius chizig’i nomerini, 0,05 mm ga ko‘paytirishdan chiqqan mm ning o‘nlik yoki yuzlik ulushlarini qo‘shish kerak.

Nazorat savollari:
1. O‘lchov chizig’ichlarining o‘lchov aniqligini qanday qilib oshirish mumkin'?
2. Noniusning aniqligi deb nimaga aytiladi?
3. Noniusning vazifasi nima?
4. Shtangentsirkul bilan jismlarning uzunligi qanday o‘lchanishini ko‘rsatib bering.
5. Bunchalik aniq o‘lchash qaerlarda qo‘llaniladi ? Misollar keltiring.
6. Biror jismni o‘lchashda 20 ta bo‘limli noniusning nolinchi chizig’i 1mm dan oshgan, ammo 73 mm ga ozgina etmagan bo‘lsin, noniusning 9-chizig’i esa asosiy shkalaning biror bo‘limi bilan mos tushsin. Shu jismning uzunligi qancha?
1.2- mashq. Mikrometr
Ingichka simlarning diametrini, yupqa plastinkalarning qalinligini, aniq mexanizmlarning turli xil qismlarining chiziqli o‘lchamlarini mm ning yuzdan bir ulushi aniqligida o‘lchash kerak va buning uchun mikrometrdan foydalaniladi.
Mikrometr 20-30 cm dan katta bo‘lmagan jismlarnin chiziqli o‘lchamlarini 0,01 mm aniqlik bilan o‘lchash uchun ishlatiladigan asbobdir.
Mikrometr ikkita - birinchisi qo‘zg’almas (1) va ikkinchisi qo‘zg’aluvchan (2) naylardan iborat. Qo‘zg’almas naydagi yotiq chiziq-mikrometr o‘qi bo‘ylab, uning yuqorisiga va pastiga mm lariga taqsimlangan shkala chiziqlari bir-biriga nisbatan 0.5mm ga siljitib chiziladi. Qo‘zg’almas nayning oxirida skoba (3) bor. Uning bir uchiga qo‘zg’almas tayanch (4), ikkinchi uchiga esa mikrometrik vint (6) bilan' biriktirilgan qo‘zg’aluvchan tayoqcha (5) ga doiraviy baraban o‘rnatilgan. Mikrometr bilan biror jismni o‘lchashni boshlashdan oldin, mikrometr ko‘rsatishining to‘g’-riligini tekshirish lozim. Mikrometr ko‘rsatishi to‘g’ri bo‘lsa moslama (7) ni burash bilan qo‘zg’aluvchan tayoqchani tayanchga tekkizganda, barabandagi noniusning nolinchi chizig’i yotiq shkaladagi asosiy shkalaning nolinchi chizig’iga mos kelishi kerak.


Yüklə 2,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin