Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali s. A. Abdurahmonov


-rаsm. Quvur-quritgich qurilmаsining sхеmаsi



Yüklə 6,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/138
tarix10.09.2023
ölçüsü6,09 Mb.
#142499
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   138
Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali s. A. Abdur

74-rаsm. Quvur-quritgich qurilmаsining sхеmаsi: 
1-yonilg‘i bunkеri; 2-o‘tхоnа; 3-hаvоni o‘tхоnаgа bеrish uchun kаnаllаr; 4-quvur-quritgich;
5-ho‘l mаhsulоt uchun bunkеr; 6-ho‘l mаhsulоt bеrish uchun kоnvеyеr; 7-,8-tаrеlkаli 
tа’minlаgichlаr; 9-siklоn; 10-bаtаrеyali siklоn; 11-ho‘l chаng ushlаgich; 12-vеntilatоr;
13-ishlаtilgаn gаzlаrni chiqаruvchi quvur; 14-klаpаn.
 
Nаzоrаt uchun sаvоllаr: 
1. Bоyitish mаhsulоtlаri nimа mаqsаddа suvsizlаntirilаdi? 
2. Suvsizlаntirish usullаri qаndаy tаnlаnаdi? 
3. Quyultirish jаrаyonini tеzlаshtirish mаqsаdidа qаndаy rеаgеntlаr 
ishlаtilаdi? 
4. Pirаmidаli tindirgichlаr qаndаy tuzilishgа egа? 
5. Filtrlаsh dеb nimаgа аytilаdi?
 
 
 
 
Yonil
g'

Q
uritilgan mahsulot
To’kilgan 
mahsulot qayta ishlashga
Shlam
kanaliza
ts
iyaga


214 
XIII BOB 
 
 
CHANGLARNI USHLASH 
 
 
 
 
13.1. Changlarning turlari. 
 
13.2. Changlarni tutishning yo‘llari va samarali usullari. 
 
13.3. Og‘irlik kuchi ta’sirida changni tutish. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


215 
13.1 Changlarning turlari 
Changlarga diametri 0,1–0,5 mm dan kichik bo‘lgan mayda qattiq 
zarrachalar kiradi. Sanoat changlari deganda mayin qattiq zarralar va 
havodan tashkil topgan dispyers tizim tushuniladi. 
Ruda va boyitishning quruq mahsulotlarini qayta ishlash, tashish 
va qayta to‘kish ishlari chang chiqishi bilan boradi va bu chang boyitish 
fabrikasi ishlab chiqarish maydoni atmosferasiga chiqadi. Eng ko‘p 
chang miqdori maydalash va g‘alvirlash jarayonlari, havo yordamida 
saralash va boyitish mahsulotlarini quritish jarayonlarida ajralib chiqadi. 
Changni hosil bo‘lish manbai qayta ishlanayotgan mahsulot 
tarkibidagi kichik zarrachalar bo‘lib, uning boyitish fabrikasining ishchi 
maydonida paydo bo‘lish sababi foydali qazilmalarni qayta ishlash 
joylariga bog‘liq. 
Changlar kimyoviy tarkibiga ko‘ra ular hosil bo‘lgan mahsulotdan 
farq qiladi. Agar tog‘ jinslari mustahkam, mo‘rt, yumshoq minerallardan 
tashkil topgan bo‘lsa, uni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan chang 
mahsulotlari tarkibida yumshoq va mo‘rt minerallar bo‘ladi. 
Mustahkamligi bo‘yicha bir xil bo‘lgan minerallarni qayta ishlashda 
chang ularning tarkibiga mos bo‘ladi. 
Birlamchi va ikkilamchi changlar mavjud. Birlamchi yoki asosiy 
changlarga texnologik va transport uskunalardan chiquvchi, ikkilamchi 
changlarga esa uskunalarning ustiga qo‘ngan va tozalash vaqtida hosil 
bo‘ladigan changlar kiradi.
Granulometrik tarkibiga ko‘ra changlar 5 taga bo‘linadi: 
– yirik changlar o‘lchamlari 100 mk dan 500 m\k gacha; 
– kichik changlar o‘lchamlari 10 mk dan 100 mk gacha. Ishchi 
binoning havosida ushlanib qoluvchi va tinch holatda dastlab tez va vaqt 
o‘tishi bilan bir xil tezlikda cho‘kuvchi changlar;
– yupqa chang yoki tuman o‘lchamlari 0,1–10 mk gacha bo‘lgan 
zarrachalar, tinch sharoitda ham qiyin cho‘kadi (qo‘nadi). 
– o‘ta yupqa chang yoki tutun, o‘lchamlari 0,1 mk dan kichik 
bo‘lgan va og‘irlik kuchi ta’sirida cho‘kmaydigan changlar. 
Changning havodagi ruxsat etilgan miqdori PDK normasi bilan 
nazoratga olinadi. Boyitish fabrikalari sanoat korxonalari xonalarining


216 
ishchi maydonida xizmat ko‘rsatadigan ishchilar salomatligiga yomon 
ta’sir ko‘rsatadigan chang ruxsat etilgan miqdori 8-jadvalda keltirilgan. 

Yüklə 6,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin