228
Aglomeratsion rudaning optimal yirikligi 0,5–5
mm atrofida
bo‘ladi. Aglomeratsiya jarayoniga mayin maydalangan boyitmalar ham
jo‘natiladi. Bu boyitmaning tarkibida 70% dan ortiq maydalangan
fraksiya bo‘ladi. Dastlabki fraksiyada boyitma mavjud.
Bunday mayin
boyitma granula ishlab chiqarish uchun emas, aglomeratsiya uchun
yaxshi xomashyo hisoblanadi. Mayin boyitmani
kuydirish jarayonida u
aglomeratsion mashinada gazni kam miqdorda o‘tkazadigan qatlam
bo‘lib, u lenta bo‘ylab taqsimlanadi. Bu jarayonning borishi ish
unumdorligini 40%gacha kamaytiradi.
Shuni xulosa qilib aytish
mumkinki, tarkibida mayin fraksiya bor shixtaning maydalanishi juda
murakkab jarayon bo‘lib, uni kuydirishdan oldin tarkibini tayyorlash
kerak.
14.4. Yiriklashirishda va briketlashda qo‘llaniladigan
asosiy dastgohlar
Briketlash,
termokimyo,
mustahkamlik,
g‘ovaklik,
qovushtiruvchilar va chiqindi. Ruda
va boyitmalarni briketlash
termokimyoviy
jarayon
bo‘lib,
eritishga
beriladigan
shixtani
bo‘laklashdan iboratdir. Odatda, bu ruda va shixta tarkibiga
birikmalardan tashqari metallurgik korxonalar chiqindisi hamda fluslar
yig‘indisi kiradi. Briketlash – shixtani maxsus
shaklga joylashtirib, uni
presslash hamda ma’lum darajada issiqlik berish natijasida amalga
oshiriladi. Issiqlik berish natijasida hosil bo‘lgan briketlar tarkibidagi
unsur elementlar (S, P, As)dan tozalanadi.
Olingan briketlarning fizik-
kimyoviy xususiyatlariga quyidagi texnologik talablar qo‘yiladi:
Dostları ilə paylaş: