Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali s. A. Abdurahmonov



Yüklə 6,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/138
tarix10.09.2023
ölçüsü6,09 Mb.
#142499
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   138
Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali s. A. Abdur

 


219 
XIV BOB 
 
 
 
METALLURGIK XOMASHYOLARNI 
YIRIKLASHTIRISH VA BRIKETLASH 
JARAYONLAR 
 
 
 
 
14.1. Shixta tayyorlash jarayonlari va ularning turlari. 
 
14.2. Okatish (qumoq) va briket olish texnologiyasi. 
 
14.3. Shixtaning yirikligi. Shixtani kuydirishdan oldin bo‘laklash 
 
14.4. Yiriklashtirishda va briketlashda qo‘llaniladigan asosiy
dastgohlar. 
 
14.5. Qovushtiruvchi qo‘shib briketlash. 
 
14.6. Qattiq fazalar orasidagi reaksiyalar. 
 
14.7. Ruda va boyitmalarni granulalash. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


220 
14.1. Shixta tayyorlash jarayonlari va ularning turlari
Rangli metallurgiya – og‘ir sanoatning eng material ko‘p talab 
qilivchi, yoqilg‘i va energiya talab qiluvchi sohasidir. Rangli 
metallurgiyada mahsulot tannarxining o‘rtacha 61–62% asosiy va 
yordamchi jarayonlarga va materiallarga to‘g‘ri kelsa 11–12%ga 
yaqini yoqilg‘i va energiyaga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, mahsulot 
tannarxining taxminan 75%ini tashkil etadi.
Ushbu sabablarga ko‘ra metallurgik qayta ishlashga kelayotgan 
dastlabki rudalarni sifatli tayyorlash, metallurgiya sohasining 
texnika-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga hal qiliuvchi ta’sir ko‘rsatadi. 
Qoidaga binoan metallurgik qayta ishlashga faqat birgina aniq metal l 
saqlovchi metarial kelmasdan, balki rudali xomashyoning turli xillari 
va flus hamda aylanma materiallar aralashmasi beriladi. Qayta 
ishlashga kelayotgan materiallar arlashmasi shixta deyiladi.
Metallurgik shixta sifatiga qo‘yiladigan umumiy talablar 
quyidagilar: 
1) kimyoviy tarkibining doimiyligi; 
2) kimyoviy mineralogik va granulometrik tarkibning bir xilligi; 
3)
shixta komponentlarining yirikligi optimal bo‘lishi; 
4) optimal namlik. 
Doimiy turg‘un maromli metallurgik agregatlarning ishi, 
faqatgina shixtaning tarkibi bo‘yicha doimiy bo‘lsagina me’yorda 
bo‘ladi. 
Qayta ishlanadigan shixtaning optimal yirikligi unga nisbatan 
qo‘llaniladigan jarayonga va talablarga bog‘liq. Masalan: shaxtali 
eritishda shixtaning yirikligi 50–100 mm yallig‘ qaytaruvchi 
pechlarda o‘lchami 2–5 mm dan katta bo‘lmagan shixtalar eritiladi. 
Gidrometallurgik texnologiya va avtogen jarayonlarda shixtani 
tashkil qiluvchilarning yirikligi 70–100 mk dan katta bo‘lmasligi 
talab qilinadi. Jarayonga kelayotgan shixtaning namligi ham 
texnologiyaning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Gidrometallurgik 
qayta ishlashlarda daslabki rudaga nisbatan yuqori namlik ruxsat 
etiladi. Pirometallurgik qayta ishlashlarda esa ruxsat etilmaydi. 
Masalan yallig‘ pechlarda shixtaning namligi 5–8%gacha bo‘lishi 
kerak. 


221 
Elektr pechlarida eritishda shixtanining namligi 3%gacha 
qiymatni tashkil etishi talab qilinadi. Muallaq holatda eritishda esa 
atiga bu qiymat 0,1–0,3 % ruxsat etiladi. 
Tayyorlash operatsiyalari ikkiga ajratiladi: Mexanik va 
kimyoviy tayyorlash. 
Mexanik tayyorlashga quyidagilar kiradi: 
1) shixta materiallarni saqlash va joylash; 
2)
dastlabki materiallarni maydalash va yanchish; 
3) yirikligi bo‘yicha materiallarni saralash; 
4) dastlabki materiallarni quyultirish, filtrlash va quritish 
yordamida suvsizlantirish; 
5) mayin materiallarni yiriklashtirish; 
6) uning komponentlarini aralashtirish yo‘li bilan shixta
tayyorlash. 
Kimyoviy tayyorlash esa dastlabki ruda materiallarni kuydirish 
yoki aglomeratsiyalash misol bo‘ladi. Dastlabki yiriklashtirish shu 
bilan izohlanadi, ya’ni metallurgik korxonalarga dastlabki ruda 
materiallari mayin yanchilgan holda kelishidir. Mayin yanchilgan 
materiallarni pirometallurgik qayta ishlash texnologik sharoitlarga 
ko‘ra mumkin emas (masalan, shaxtali pechlarda). Yoki ko‘p 
miqdorda chang chiqishi kuzatiladi. Mayin yanchilgan materiallarni 
yiriklashtirish 
quyidagi 
usullarda 
okatishlash, 
briketlash 
va 
aglomeratsiyalashlarda olib boriladi. Hozirgi paytda xomashyo 
kimyoviy tarkibining tez-tez o‘zgarib turishi, misli ashyo yoki boyitmani 
yetkazib beradigan korxonalarning bir me’yorda ishlamasligi ko‘pgina 
qiyinchiliklarga olib kelmoqda. Chuunki eritish pechlaridan olingan 
mahsulotning sifati va undan olinadigan iqtisodiy samara hamda boshqa 
iqtisodiy-texnik ko‘rsatkichlarning yuqori bo‘lishi, asosan, shixta 
tayyorlash jarayoniga bog‘liq. Shuning uchun ham har qanday mis 
eritish zavodlarida, ilmiy tadqiqot loyihalashtirish institutlarida 
ashyolarni eritishga tayyorlash muhim metallurgik jarayonlardan biri 
deb qaraladi. Tarkibida ajratib olishga moyilligi bor metalli ashyolar, 
ya’ni qaytar ashyo, chang, kvarsli fluslar, mis boyitmasidan iborat 
bo‘lgan ashyolar qorishmasi shixta deb ataladi. Shixta tarkibiga qanday 
holatda (qattiq, suyuq, gazsimon) bo‘lishidan qat’i nazar, yonilg‘ilar 


222 
kirmaydi. 
Shixtaning sifatiga asosan quyidagi talablar qo‘yiladi: 
1. Kimyoviy tarkibining doimiyligi. 
2. Kimyoviy, mineralli va qumoqlik tarkiblarning bir toifaliligi. 
3. Shixta birikmalarining eng qulay va afzal yirikligi. 
4. Eritish uchun bo‘lgan qulay namligi. 
Metallurgiya agregatlarining qat’iy bir maromda ishlashi uchun 
yuqoridagi ikkita talab muhim ahamiyatga ega. Metallurgiya sanoati 
sharoitida har kuni yuzlab, minglab tonna xomashyo qayta ishlatilganda, 
ular tarkibining doimiyligi, xomashyoning bir me’yorda berib turilishi 
ta’minlanishi zarur. 
Qayta ishlanayotgan shixtaning yirikligi esa qaysi jarayon va qaysi 
pechda borishiga bog‘liq. Yallig‘ qaytaruvchi pech uchun shixta yirikligi 
2–5 mm dan ortmasligi kerak. Kislorodli-mash’alli pech uchun esa
0,1 mm dan yuqori bo‘lmasligi lozim. 
O‘z navbatida shixtaning namligi ham texnologik jarayonning 
borishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Yallig‘ qaytaruvchi pech 
uchun 5–8% namlikdagi shixtalarni ishlatish mumkin bo‘lsa, kislorodli-
mash’alli pechlarda esa shixta quvurli quritgichlarda qayta quritiladi va 
namligi 0,5% ga yetganda pechga havo orqali purkaladi. 
Hozirda shixta tayyorlashning ikkita usuli keng qo‘llanib 
kelinmoqda. Bular mexanik va kimyoviy usullardir. Mexanik usulga 
quyidagi jarayonlar majmui kiradi: 
1. Rudalarni, kvarsli fluslarni, qaytar ashyolarni tarkibida misga 
boy bo‘lgan konverter toshqollari bilan maydalash va yanchish. 
2. Xomashyolarning yirikligiga qarab saralash yoki g‘alvirlash. 
3. Rudalarni boyitish. 
4. Ashyolarni va materiallarni saqlash hamda ularni joylashtirish. 
5. Shixta qorishmasini tayyorlash. 
6. Shixta qorishmasining namligini qochirish yoki namlantirish. 
Ayrim jarayonlarga namli yoki o‘ta namli shixta talab qilinadi. 
7. O‘ta mayda shixta birikmalarini yiriklashtirish.
Mexanik tayyorlash mobaynida xomashyolar yoki shixtaning 
elementar mineralogik tarkibi o‘zgarmaydi. Faqat uning tarkibidagi ajra-
tib olinishi kerak bo‘lgan ma’danlar bilan nokerak tog‘ jinslari orasidagi 


223 
nisbat yoki uning qumoqligi, mayda-yirikligi hamda namligi o‘zgarishi 
mumkin. Kimyoviy usul esa ashyolarning kimyoviy va fazali tarkibining 
o‘zgarishi bilan boradi. Kimyoviy usul bilan tayyorlash deyilganda, 
ko‘proq pirometallurgiya jarayoni, ya’ni sulfidli ashyolarni oksidlovchi 
kuydirish yo‘li bilan pechlarda eritish yoki gidrometallurgiya usuli bilan 
tanlab eritishga tayyorlash tushuniladi. Mis ashyolarini tayyorlash
ulardan vaqtida o‘rtacha namuna olib, zaxirada ma’lum miqdorda ushlab 
turish shixta tayyorlashning asosiy omillaridan biridir. Zaxirada 
xomashyoning hech bo‘lmaganda 20–30 kunga yetadigan miqdorda 
bo‘lishi, nafaqat korxona eritish agregatlarining bir me’yorda ishlashini 
ta’minlaydi, balki rejadagi misni va qimmatbaho metallarni olishga sarf 
qilingan xarajatlarni qoplashga olib keladi va ishlab chiqarishning 
unumdorligini oshiradi. Shixta qorishmasini tayyorlash ombori bir 
qancha zovurlardan hamda shixta uchun mo‘ljallangan bo‘linmalardan 
iborat bo‘lib, ularga shixta qorishmasi alohida yuklanadi. Kerak 
bo‘lganda osma yuk ko‘targich mashinalar yordamida ashyo olinib, 
xampalar (bunker) orqali shixta uzatkich tasmaga, undan so‘ng shixta 
qorishmasi 
uchun 
mo‘ljallangan 
xampaga 
yuklanadi. 
Shixta 
qorishmasining sifatli tayyorlanishi va yaxshi aralashtirilishi metallurgik 
jarayonga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Umuman, jarayonning borishi 
davomida misning kam yo‘qolishi, unumdorlikning ortishi, jarayonning 
bir tekisda bo‘lishi shixta qorishmasining tayyorlanishiga bog‘liq. Shixta
qorishmasini tayyorlash, saqlash hamda jarayonga uzatish mexa-
nizatsiyalashgan qatlamli shtabel orqali xomashyo omboriga olib 
boriladi. Mexanizatsiyalashgan shixta saqlanadigan va jihozlangan joy 
yopiq omborxonadan iborat bo‘lib, shixta qorishmasini uzatish, saqlash 
va jarayonga yetkazib berishga mo‘ljallangan uskunalar bilan 
jihozlangan bo‘ladi. Har bir bo‘limga ashyolar qatlam holida, 
uloqtiruvchi aravachalar orqali uzatiladi. Shixta qorishmasidan shtabel 
holida 8000 tonnagacha uyum hosil qilingach, shixta qorishmasini 
uzatib berib turuvchi mashina orqali zich qatlam yumshatilib, 
bo‘shatilib, g‘ovaklanadi va kerakli konveyerga sochib beradi. Tayyor 
bo‘lgan qorishma zovurga uzatiladi. Tashigich transporter tasma orqali 
uzatilayotgan shixtaga boshqa tasma orqali xomashyo (kvars, qaytaruv-
chi, chang) bir me’yorda qo‘shib turiladi. Transporter uzatish tasmalari 


224 
orqali bir ashyoning ikkinchi ashyoga qo‘shilishi natijasida xomashyolar 
yaxshilab qorilib, metallurgik jarayonga uzatiladi. Metallurgik jarayonga 
borgunga qadar avtomatlashtirilgan tarozi orqali o‘tayotgan mahsulot 
hajmi va miqdori yozib boriladi. Shixta qorishmasini tayyorlashning 
xampalar orqali tayyorlanadigan usuli ham keng qo‘llanib kelinmoqda. 
Bu usulda shixta xampalarda alohida saqlanadi va uning ostida tinimsiz 
o‘tib turgan transporter tasmaga oldindan hisoblangan miqdorda ashyo 
qatlam bo‘lib tushadi. Shixta qorishmasi transporter tasmalarda 
aralashadi va hosil bo‘lgan tayyor shixta metallurgik jarayonga 
yuboriladi. Tayyor bo‘lgan shixtani yallig‘ qaytaruvchi eritish pechiga 
jo‘natish mumkin, lekin hamma pechlarga ham bu usullar bilan 
tayyorlangan shixtani yuklab bo‘lmaydi. Ba’zi bir pechlarga maxsus 
qayta quritilgan, o‘ta maydalangan shixta uzatilishi kerak, ya’ni Olmaliq 
tog‘-metallurgiya kombinatidagi kislorodli-mash’alli eritish pechiga o‘ta 
maydalangan hamda shixtaning namligi 0,5%dan iborat bo‘lgan 
qorishma kerak bo‘ladi. Qayta quritish jarayoni tabiiy holda, ya’ni ochiq 
havo va termik harorat ostida olib borilishi mumkin. Muallaq holatda 
eritish uchun shixta qorishmasi termik quritishdan o‘tishi shart. Quritish 
jarayoni asosan quyidagi usullar bilan olib boriladi: 
1. Quritkichlar ostida qorishmalarni, materiallarni quritish. 
2. Quvurli baraban pechlarida tinimsiz xomashyolarni aralashtirib
turish mobaynida yonuvchi gazlar orqali quritish. 
3. Shixtani issiq gazlar oqimiga qarama-qarshi qilib o‘tkazgani-
mizda muallaq holdagi namlikni bug‘lantirish orqali quritish. 
4. Maxsus quvurlarda quritish. Bu uskuna yuqori unumdorligi va 
namlikni to‘la yo‘qotishgacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga olganligi 
bilan boshqalardan farq qiladi. 
KFPni shixtasiga boyitma, flus va aylanuvchi chang kiradi. Jarayon 
yordamida turli mono va polimetallik boyitmalarni qayta ishlash 
mumkin. Boyitmalarni mineralogik tarkibi turlidir. Mis minerallari 
xalkopirit, bornit, xalkozin, temir-pirit va pirrotin bilan keltirilgan.
Boyitmani granulometrik tarkibi (0,147 (100%dan 0,043 (90%) mm 
gacha oralig‘ida o‘zgaradi. Filtratsiyadan keyin boyitmani namligi
10–17%ni tashkil qiladi. 


225 
KFP jarayoni boyitmani chuqur oksidlantirish va misga boy shteyn 
olish bilan bog‘liqdir. Dunyoda taniqli shixta tayyorlashdan eng yaxshi 
sistemalardan biri – bu beding-sistema. Shixta komponentlari qatlam-
qatlam shaklda bir-biri ustiga yuklanadi va vertikal kesimda konveyerga 
ortiladi. Bunda shixta moddalari yaxshi aralashtiriladi. Shixta terishga 
katta mablag‘ sarflanishiga qaramay, beding-sistema tarkibi bir xil 
bo‘lgan shixtani tayyorlashga imkon yaratadi, yirik va kukun moddalar 
bilan ishlash mumkin. Beding-sistema Yaponiya zavodlarida keng 
qo‘llaniladi. Masalan, «Xitachi» zavodida 8 xil mahalliy boyitma, 10 xil 
xorijiy boyitma, 4 xil xorijiy sementli mis ishlatiladi. Metariallarda 
misning miqdorligi 2%dan 37%gacha o‘zgaradi. Ana shunga 
moddalardan beding-sistema tarkibi deyarli o‘zgarmaydigan shixtani 
olishga imkon yaratadi. Masalan, shixtada misni o‘zgarishini 
hisoblaganda nisbatdan 0,49%, temir bo‘yicha 0,56% va oltingugurt 
bo‘yicha 0,68% farq qiladi. Moddalarni taqsimlanishini har kuni EHM 
yordamida hisoblanadi. Shixtani xajmi uch kun ishlashga mo‘ljallangan. 
Ikkita, hajmni 1700 t. bo‘lgan, shixta tayyorlash majmuasida mavjuddir. 
Olmaliq kombinatida ho‘l shixta tayyorlash sistemasi qo‘llaniladi. 
Bu sistemasining ma’nosi: yanchilgan flus pulpasi bilan boyitma pulpasi 
aralashtiriladi. Pulpa bu qattiq va suyuq moddalarni aralashmasidir 78-
rasm. Mexanizatsiyalashgan shixtarnik rejasi va qirqimi

Yüklə 6,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin