Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali s. A. Abdurahmonov



Yüklə 6,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/138
tarix10.09.2023
ölçüsü6,09 Mb.
#142499
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   138
Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali s. A. Abdur

 
 
13.3. Og‘irlik kuchi ta’sirida changni tutish 
Chang tutishning gravitatsion mexanizmi sekin harakatlanuvchi 
chang va gaz oqimidan tabiiy holda chang zarrachalarini cho‘kishiga 
asoslangan. Gravitatsion chang tutgichlarda havoli (gazli) muhiti 
turblent bo‘lib, mayin zarralarni tutish va cho‘ktirish uskunada uzoq 
vaqt ushlab turilsa ham sodir bo‘lmaydi. Changlarni gravitatsion ajratish 
o‘lchami 500 mkm dan katta zarralar uchun, ya’ni birinchi bosqichda 
qo‘llaniladi. 
 
75-rasm. Chang tutish kamerasi. 
 
Чангланган 
ҳаво 
чанг 


218 
Chang tutish kameralari og‘irlik kuchi ta’sirida changlarni 
cho‘ktirish 
prinsipiga 
asoslangan. 
Tozalashning 
maksimal 
samaradorligiga erishish uchun zarrachalarning kamerada bo‘lish vaqtini 
oshirish kerak. Shuning uchun aniq o‘lchamdagi zarrachalarga 
hisoblangan chang tutish kameralari ulkan uskunalardir. Ulkan 
tuzilishga ega bo‘lganligi uchun ular kam qo‘llaniladi. Hozirgi kunda 
chang tutish kameralari soddalashtirilgan konstruksiyalarda bo‘lib, 
barabanli quritgichlarning mahsulotni bo‘shatish qismida birinchi 
bosqich changsizlantirish uchun qo‘llanilmoqda. 
Ba’zida kameraning pastki qismida panjara o‘rnatilgan bo‘lib, 
quritilgan 
mahsulotni 
tashishda 
metall 
jismlarni 
kanveyerga 
tushmasligini ta’minlaydi.
Chang tutish kameralarida chang havoni va gazlarning tozalash 
samaradorligi 40–60%ni tashkil etadi, bunda gazlarning harakat tezligi 
1–3 m/s bo‘ladi. 
76-rasm. Barabanli quritgichlarning mahsulotni bo‘shatish
qismida o‘rnatiladigan kamera. 
Og‘irlik kuchi ta’sirida changlarni tutish uskunalarga gravitatsion 
saralagichlar kiradi. Saralagichlar quvurli quritgichlarda birinchi bosqich 
changsizlantirishda o‘rnatiladi. Saralagichlarda gazlarning harakat 
tezligi 3–4 m/s qabul qilinadi.
Changlarni tutish inersiya kuchi orqali bo‘lishi ham mumkin. 
Oddiy inersion chang tutgichlarga chang xaltachalari, tizza saralagichlar 
va jaluzli saralagichlar kiradi. 

Yüklə 6,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin