215
13.1 Changlarning turlari
Changlarga diametri 0,1–0,5 mm dan kichik bo‘lgan mayda qattiq
zarrachalar kiradi. Sanoat changlari deganda
mayin qattiq zarralar va
havodan tashkil topgan dispyers tizim tushuniladi.
Ruda va boyitishning quruq mahsulotlarini qayta ishlash, tashish
va qayta to‘kish ishlari chang chiqishi bilan boradi va bu chang boyitish
fabrikasi ishlab chiqarish maydoni atmosferasiga chiqadi. Eng ko‘p
chang miqdori maydalash va g‘alvirlash
jarayonlari, havo yordamida
saralash va boyitish mahsulotlarini quritish jarayonlarida ajralib chiqadi.
Changni hosil bo‘lish manbai qayta ishlanayotgan mahsulot
tarkibidagi kichik zarrachalar bo‘lib, uning boyitish fabrikasining ishchi
maydonida paydo bo‘lish sababi foydali
qazilmalarni qayta ishlash
joylariga bog‘liq.
Changlar kimyoviy tarkibiga ko‘ra ular hosil bo‘lgan mahsulotdan
farq qiladi. Agar tog‘ jinslari mustahkam, mo‘rt, yumshoq minerallardan
tashkil topgan bo‘lsa, uni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan chang
mahsulotlari tarkibida yumshoq va mo‘rt minerallar bo‘ladi.
Mustahkamligi bo‘yicha bir xil bo‘lgan minerallarni qayta ishlashda
chang ularning tarkibiga mos bo‘ladi.
Birlamchi va ikkilamchi changlar mavjud.
Birlamchi yoki asosiy
changlarga texnologik va transport uskunalardan chiquvchi, ikkilamchi
changlarga esa uskunalarning ustiga qo‘ngan
va tozalash vaqtida hosil
bo‘ladigan changlar kiradi.
Granulometrik tarkibiga ko‘ra changlar 5 taga bo‘linadi:
– yirik changlar o‘lchamlari 100 mk dan 500 m\k gacha;
– kichik changlar o‘lchamlari 10 mk dan 100 mk gacha. Ishchi
binoning havosida ushlanib qoluvchi va tinch holatda dastlab tez va vaqt
o‘tishi bilan bir xil tezlikda cho‘kuvchi changlar;
– yupqa chang yoki tuman o‘lchamlari 0,1–10 mk gacha bo‘lgan
zarrachalar, tinch sharoitda ham qiyin cho‘kadi (qo‘nadi).
– o‘ta
yupqa chang yoki tutun, o‘lchamlari 0,1 mk dan kichik
bo‘lgan va og‘irlik kuchi ta’sirida cho‘kmaydigan changlar.
Changning havodagi ruxsat etilgan miqdori PDK normasi bilan
nazoratga olinadi. Boyitish fabrikalari sanoat
korxonalari xonalarining
216
ishchi maydonida xizmat ko‘rsatadigan ishchilar salomatligiga yomon
ta’sir ko‘rsatadigan chang ruxsat etilgan miqdori 8-jadvalda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: