Toshkent davlat texnika universiteti


II BOB. DAVLAT YER KADASTRINING PREDMETI VA MAQSADI



Yüklə 247,5 Kb.
səhifə4/8
tarix05.04.2023
ölçüsü247,5 Kb.
#93776
1   2   3   4   5   6   7   8
kurs ishi (4)

II BOB. DAVLAT YER KADASTRINING PREDMETI VA MAQSADI.
2.1 Davlat yer kadastrining predmeti.
Ayni masalada qonun buzilishlar bo‘lganligi sababli bu borada umuman yangicha tartib joriy etildi.Endilikda Yer uchastkasini olib qo‘yish Hukumatning 2019 yil 16 noyabridagi 911-son qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida hamda unda ko‘rsatib o‘tilgan asoslar mavjud bo‘lgandagina amalga oshiriladi.
Unga ko‘ra:
Yer uchastkasini olib qo‘yishga zarurat tug‘ilganda birinchi navbatda hokimlik yoki investor va mulkdorlar o‘rtasida OAV ishtirokida ochiq muhokama o‘tkaziladi; Hokimlik yoki investor tomonidan dastlabki hisob-kitoblar amalga oshiriladi, shuningdek, kompensatsiya berish uchun yetarli resurslar mavjudligi o‘rganiladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Kengashlari tomonidan yer uchastkasi olib qo‘yilishidagi foyda va xarajatlar o‘rganib chiqiladi, resurslar yetarli bo‘lganida hamda foyda va xarajatlardan ustun kelgan taqdirda yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi. Hokimliklar yer uchastkasi olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror qabul qilishga vakolatli emas;
Hokimlik yoki investor va mulkdorlar o‘rtasida kompensatsiya turi, miqdori va berish muddati kelishiladi va ushbu kelishuv notarial tartibda tasdiqlanadi. Kelishilgan kompensatsiya berilmaguncha ko‘chmas mulklar buzib tashlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bundan tashqari olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan binoni buzish ham adliya organlarining ijobiy xulosasidan keyingina amalga oshirilishi belgilandi.Ta’kidlab o‘tish lozimki, yangi tartib kuchga kirgandan keyin (2020 yil 1 yanvar) «snos» masalasida muammo bo‘lgani yo‘q.«Snos»ning ikkinchi to‘lqini haqidagi gaplar esa mutlaqo asossiz, «publika»ga o‘ynashdan boshqa narsa emas.
Xo‘sh unda masala nimada?
Hozirda ba’zi hududlarda ayrim fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan yoki noqonuniy hujjat asosida ajratilgan yerlarda qurilgan uy-joylar belgilangan tartibda buzilishi rejalashtirilgan. Noqonuniy hujjat albatta o‘z-o‘zidan qabul qilinmaydi (tanish-bilish, korrupsiya borligi kunday ravshan biroq isbot yo‘qligi uchun bu haqda yozmaymiz), bu hujjat qabul qilishga mas’ul bo‘lgan shaxslarning javobgarligi masalasi albatta tegishli tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.Ta’kidlab o‘tish lozimki, davlat organining noqonuniy qarori natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanadi. Bunday zararning o‘rni davlat organining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanishi, agar u yerda mablag‘lar bo‘lmasa zarar davlat byudjetidan qoplab beriladi.
Bundan tashqari 2019 yilda Jinoyat kodeksiga yangi modda qo‘shilib, yer berish tartibini buzganligi uchun javobgarlik chorasi kiritildi.
Bugungi kunda fuqarolarimiz tomonidan hududlardagi sug‘oriladigan ekin maydonlarida ruxsatnomasiz, o‘zboshimchalik bilan qurilish qilish holatlari ko‘p uchramoqda.
Aytib o‘tish joizki, Hukumatning 2019 yil 16 noyabridagi 911-son qarorida o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joyning ham qoplanishi lozimligi qayd etilgan. Shuni unutmasligimiz kerakki, bunda kompensatsiya fuqarolarga qonuniy tartibda tegishli bo‘lgan yer uchastkalaridagi mulklar «snos»ga tushganida, unda joylashgan o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylar uchun to‘lanadi xolos. Boshqa har qanday holatda o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylar uchun kompensatsiya to‘lanmaydi.
Ya’ni yer egallab olingan hech bir holatda kompensatsiya to‘lanmaydi.
Konstitutsiyamizda belgilanganidek yer umummilliy boyligimiz hisoblanadi. Shu o‘rinda uni asrab-avaylash har birimizning burchimiz ekanligini unutmasligimiz lozim. Yerga nisbatan qonuniy munosabatni shakllantirish esa davlatning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Yurtimizda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 20,2 mln gektar yerlarning atigi 20,7 foizi sug‘oriladigan yerlar hisoblanadi. So‘nggi 15 yil mobaynida aholi jon boshiga sug‘oriladigan yerlar 24 foizga (0,23 ga dan 0,16 gacha) kamaygan.
Mazkur holatda albatta ayrim shaxslar tomonidan qonunlarni ochiqchasiga buzgan holda yerlarni egallab olishi ham rol o‘ynagan albatta. Mamlakat aholisining qariyb 16,4 millioni (jami aholining 49,4 foizi) qishloq hududlarida istiqomat qilishini hisobga olsak, bu kabi noqonuniy harakatlarga qa’tiy ravishda kurashilmasa qishloq aholisi bandligini ta’minlash, mamlakat oziq ovqat xavfsizligi kabi strategik o‘ta muhim masalalar ijtimoiy portlashni keltirib chiqaradi.Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2019 yil 1 mayga qadar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga «amnistiya» e’lon qilindi. Ushbu davrda 589 991 nafar fuqaroga o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga mulk huquqi berildi. Bu juda ham katta ko‘rsatkich. Davlat tomonidan imkoniyat berildi, lekin mazkur imkoniyatni suiste’mol qilib yana noqonuniy yerlarda uy-joylarni qurib olish esa ayrim fuqarolar tomonidan o‘rnatilgan tartiblarni ochiqdan ochiq mensimasligini anglatadi.
Bu holatda davlat organlarining pozitsiyasi aniq. Noqonuniy bino buziladi, aybdor javobgarlikka tortiladi.
O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy va boshqa bino va inshootlarga kadastr hujjatlari tayyorlanib davlat ruyxatidan o‘tkaziladimi?
O‘zboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlar (bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining sud tomonidan tan olinishi hollari bundan mustasno) shuningdek qurilish davrida foydalanish uchun qurilgan vaqtinchalik imoratlarga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.
O‘zbekistonda qancha yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi.Bosh prokuratura hokimliklar zaxirasidagi qishloq xo‘jaligi yerlarining holati, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qaytarish va ularda noqonuniy qurilgan uy-joy, bino, inshoot va boshqa ko‘chmas mulk obektlarini buzish bilan bog‘liq amaliyotni tahlil qildi.
Aniqlanishicha:
– 3 884 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallangan (22 789 ta holat);
– 6 024 gektar maydonda noqonuniy qurilishlar amalga oshirilgan (52 292 ta holat);
– 9 741 gektar maydondan samarasiz foydalanilgan (477 ta holat);
– 1 418 gektar maydondan maqsadsiz foydalanilgan (591 ta holat).
Bosh prokuratura bu yo‘nalishda huquqni qo‘llash amaliyotida aniqlangan muammolar va qonunbuzilish holatlarini barataraf etishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.
«Qonun loyihasiga muvofiq, mamlakat iqtisodiyotining tayanchi bo‘lgan yer resurslarini talon-taroj qilish holatlarining oldini olish maqsadida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini qaytarish va bunday yerlarda noqonuniy qurilgan uy-joy va boshqa ko‘chmas mulk obektlarini buzishga oid ishlarni sudda ko‘rib chiqish tartiblari soddalashtirilmoqda.
Loyihada Yer kodeksining 91-moddasiga hamda Fuqarolik protsessual kodeksining «Sud buyrug‘i» deb nomlangan 18-bobiga qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan.
Unga ko‘ra, o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish va o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy, bino, inshoot yoki boshqa ko‘chmas mulk obektlarini buzish to‘g‘risidagi masalalar sud buyrug‘i tartibida ko‘rib chiqiladi.Bu boradagi amaldagi tartibga muvofiq esa, bitta noqonuniy qurilmani buzdirish haqidagi hal qiluv qarori Majburiy ijro byurosiga kelib tushishi uchun o‘rtacha 80 kun muddat talab etiladi.«Bu esa, noqonuniy qurilish u boshlangan vaqtda aniqlangan taqdirda ham davom etishiga sharoit yaratmoqda, kelgusida uni qonuniy asoslarda buzish jarayonida mulkdor hamda vakolatli organlar o‘rtasida tushunmovchilik va ziddiyatni yuzaga keltirmoqda».
Adliya vazirligi mas’ul xodimi Shahnoza Soatova aholi tomonidan ekin maydonlariga noqonuniy qurilgan uy-joylar mavzusini tahlil qilib, sabab va oqibatlarga to‘xtalib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 3-sonli “Yer kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 18-bandi,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 7-sonli “Sud hujjatlarini bajarishdan bo‘yin tovlash va ularning ijro etilishiga to‘sqinlik qilish uchun jinoiy javobgarlikka doir qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi
Afsuski, hayotda hammasi bunday oddiy va ayon ajralib turmaydi. U yoki bu hodisaning sabablarini o‘rgana boshlar ekansan, vaziyat chalkashligi, murakkabligi va turli jarayonlarga bog‘liqligini ko‘rasan.
Shunday holatda sabablarni topish, oqlash yoki qoralash emas, tahlil
qilish lozimligini anglaysan.
Bugungi kunda noqonuniy qurilgan uy-joylar masalasiga to‘xtalganda ham, shunday: tortishuv, ko‘z yoshi, hatto qon tasvirlariga qarab ehtiros bilan turli baholarni beravermay, shunga olib kelgan sabablar haqida mushohada qilish va bundan keyin nima bo‘ladi degan savol ustida o‘ylash muhim.
Noqonuniy uy-joylar masalasida bu qadar tushunmovchilik va ziddiyatlar kelib chiqishining sabablari nima?
Bu voqealarni o‘tgan yilgi «snos» bilan umumlashtirib taqdim qilish naqadar to‘g‘ri?
Bundan keyin davlatning noqonuniy qurilgan uy-joylarga nisbatan siyosati qanday bo‘ladi?
Avvalo, sabablar xususida Demografiya va uy-joy qurilishi. Fuqarolarni arzon uy-joylar bilan ta’minlash yuzasidan uzoq yillar yetarlicha harakat qilinmadi.
Ayniqsa, qishloq joylarda aholi uchun hamyonbop turar joy binolari qurish masalasi e’tiborga olinmadi.
Xususan, 2009 — 2017 yillar davomida 81 992 ta uy qurildi, 6 624 ta uy-joy massivi barpo etildi.Mamlakat aholisi soni esa bu davrda 27 milliondan 32 milliongacha oshdi. Tabiiyki, uy-joy qurilishi shiddati aholi o‘sish shiddatidan ancha ortda qoldi.
Qolaversa, namunaviy loyihalar asosida qurilgan uy-joylarni sotib olishga qishloq aholisining qurbi yetmaydigan holat ham ko‘p edi.
Loyihani «realizatsiya» qilish uchun bu uylar uy-joyi bor, o‘ziga to‘q aholiga, fermerlarga, tadbirkorlarga majburlab sotildi. Shunga qaramay, loyiha qishloq aholisining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qoplay olmadi.
Odamlarga sharoitiga mos va hamyonbop uylar qurilmagani va shiddatli demografik o‘sish bugun uy-joy tanqisligi muammosini keltirib chiqardi.
Mentalitet. So‘nggi yillarda aholi uchun ko‘p qavatli va arzon uy-joylar qurish ishlari ancha jadallashib qoldi.
Prezident qaroribilan tasdiqlangan2017 — 2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylarni qurish Dasturiga muvofiq yangilangan namunaviy loyihalar asosida 53 mingdan ziyod arzon uy-joylar va kvartiralar qurildi, turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj 65 mingga yaqin oila uy-joy bilan ta’minlandi.Biroq odamlarimiz yerga yaqin bo‘lishni istaydi. Andijonda ko‘p qavatli uydan kvartira emas, kottej kerak deb talab qo‘ygan ayol yodingizdadir. Ko‘pchilik o‘z qarindosh-urug‘i, ota-onasiga yaqin joydan, o‘zi yashayotgan mahalladan hovli-imorat qurishni istaydi.
Lekin shuni unutmaslik kerakki, O‘zbekiston Markaziy Osiyoning aholi eng zich yashaydigan o‘lkasi hisoblanadi va aholi soni bo‘yicha MDH davlatlari o‘rtasida «bepoyon» Rossiyadan so‘ng 2-o‘rinda turadi.
Ma’lumot uchun:
O‘zbekiston yer resurslari nihoyatda cheklangan, aholisi esa shiddat bilan oshib borayotgan mamlakat hisoblanadi. Aholi soni o‘sishi shiddati sug‘oriladigan yer maydonlari oshishidan ancha yuqori. Har bir gektar sug‘oriladigan yerga 8 kishi to‘g‘ri keladi. Umumiy qishloq xo‘jaligiga yaroqli yer maydoni 17,8 mln gektar bo‘lib, Osiyo taraqqiyot bankining prognozlariga ko‘ra yaqin 30 yilda sug‘oriladigan yerlar miqdori yana 20−25 foizga kamayadi.
Yer uchastkalari ajratishdagi qonunbuzarliklar. Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 2018 yil davomida hokimliklar tomonidan 335 gektar yer maydonlari noqonuniy ajratib berilgani va natijada mahalliy byudjetlarga 20 mlrd 400 mln so‘mdan ko‘proq zarar yetkazilgani aniqlangan.Xususan, namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurilishi uchun birgina 2018 yilda tuman hokimliklari tomonidan ajratilgan 1065 gektar yerning 60 gektarga yaqini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasiga kiradi. Bugun shu xatolar uchun qimmat badal to‘lanyapti.
Sust urbanizatsiya. Aholi yashaydigan uylar yaqinida bog‘cha-maktab, poliklinika kabi zarur muassasalar qad ko‘tarishi, gaz-suv, kommunikatsiya masalalari hal etilishi lozim. Odamlar yangi qurilgan, ammo infrastukturasi yaxshi rivojlanmagan kvartallarda yashashni istamaydi. Lekin tanganing orqa tomoni ham bor: rejasiz, tartibsiz, stixiyali ravishda kengayib borayotgan mahallalar va qishloqlarda infrastuktura yaratish ham imkonsiz. Kompakt yashaydigan kvartallar uchun infrastuktura yaratish arzonroq va qulayroq.
Korrupsiya va huquqiy madaniyat. Odamlarda qonuniy yashash noqonuniy yashashdan foydaliroq degan xulosa bo‘lishi kerak. Masalan, men qonuniy yo‘llar bilan tegishli to‘lovlarni amalga oshirib yer maydoniga ega bo‘lsam-da, qo‘shnim shu ishni noqonuniy yo‘l bilan osongina kimgadir pulini berib hal qilsa — qonunga asosan yashash kerakligiga kim ishonadi, men ham qo‘shnim kabi yo‘l tutganim afzalga aylanmaydimi? Xuddi shunday, barcha uddaburonlar o‘z ishlarini bitirib ketaversa, unda uzoq emas, yaqin kelajakda qanday parokandalikka yuz tutamiz? Demak bunday holat yuz bermasligi uchun biz jamiyat sifatida tish-tirnog‘imiz bilan kurashishimiz kerak. Buning uchun esa uzoq yillardan beri ildiz otib ketgan korrupsiyani jilovlash, mansabdorlarning qonunlarga itoatda xalqqa namuna bo‘lishiga erishish, uy-joy, yer va boshqa turli imtiyozlar berilishining shaffof mexanizmlarini takomillashtirish hamda qonunbuzarlarga nisbatan jazo muqarrarligini ta’minlash lozim. Shunda odamlar bilan og‘zaki kelishib davlat yerini berib yuboradigan fermer, bunga yo‘l qo‘yadigan hokimliklar, bundan ko‘z yumadigan kadastr, «uchastkovoy», mahallakom kabi mas’ullar va nihoyat katta riskli avantyuraga bosh qo‘shib peshona teri bilan topgan pulini noqonuniy yer va imoratga tikadigan fuqarolar kamayadi.
Har bir holat o‘ziga xos Sabablar bundan ko‘proq bo‘lishi mumkin. Lekin noqonuniy qurilgan uy-joylar haqida fikr bildirishda, har bir holat alohida o‘rganishni talab etishini unutmaslik lozim. Agar uy-joy qurish uchun yer hokim qarori bilan ajratilgan, ammo keyin, masalan keyingi hokim kelgach, qaror bekor qilingan bo‘lsa, «fuqaro yoki yuridik shaxsning davlat organi qaroriga bo‘lgan ishonchi qonun bilan qo‘riqlanishi» prinsipi amal qilishi lozim. Agar yer hech bir hujjatsiz, noqonuniy egallangan bo‘lsa, tegishli tartibda davlat tasarrufiga qaytarilishi shart va albatta javobgarlik masalasi hal etilishi kerak.Shuningdek, har holatning o‘ziga yarasha sababi bo‘lishini nazarda tutgan holda umumlashmalar va tizimlashtirishlarga ehtiyot bo‘lish kerak. Ayniqsa, buni «snos» masalasi bilan chalkashtirmaslik va aholining ehtiroslari bilan o‘ynashmaslik lozim.
«Bir martalik aksiya» yana bo‘ladimi?
Xabaringiz bor, mamlakatimizda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga davlat tomonidan bir martalik amnistiya e’lon qilingan edi.
Ushbu aksiya natijasida yarim milliondan ortiq insonga uy-joylari qonuniy rasmiylashtirib berildi. Bu yarim million oila qonuniy boshpanalik bo‘ldi, ertaga o‘z uyini avlodlariga meros qilib qoldirishi yoki oldi-sotdi va garovga qo‘yish amaliyotlarini qilishi mumkin degani.
Ya’ni uy-joy borasida, qanchalik murakkab bo‘lmasin, davlat tomonidan fuqarolar tomon ulkan qadam tashlanganini hech kim inkor qila olmaydi. Ammo ayrimlarda bu davom etadi, uy-joyni qurib, biror yil ushlab tursak, davlat yana «kechirib» yuborishi mumkin degan noto‘g‘ri fikr shakllangan bo‘lishi mumkin.
Aksiya o‘z nomi bilan bir martalik, endi bunday aksiya bo‘lmaydi. Bundan tashqari, aksiyani e’lon qilish to‘g‘risidagi Prezident
Farmonida «bir martalik aksiyaning amal qilish muddati tugagandan keyin o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish mumkinligi to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini bekor qilish» va «o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar uchun javobgarlikni kuchaytirish» vazifalari qo‘yilgan edi. Shu asosida qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritildi, ya’ni o‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish mumkin bo‘lgan moddalar chiqarib tashlandi. Demak, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari masalasida davlatning qat’iy pozitsiyasi ma’lum qilindi.
Endi nima bo‘ladi?

Yüklə 247,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin