Toshkent davlat texnika universiteti


III BOB. O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLINGAN YERLAR



Yüklə 247,5 Kb.
səhifə6/8
tarix05.04.2023
ölçüsü247,5 Kb.
#93776
1   2   3   4   5   6   7   8
kurs ishi (4)

III BOB. O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLINGAN YERLAR.
3.1. Oxirgi paytlarda ayrim hududlarimizda kuzatilgan noxush holatlar
«Oxirgi paytlarda ayrim hududlarimizda kuzatilgan noxush holatlardan saboq olgan holda yerlarni davlatga qaytarishda bosqichma-bosqich harakat olib borilyapti. Birinchi navbatda og‘riqsiz hal etiladigan masalalar bor, ya'ni ishchi guruhning o‘rganishlari davomida ekin ekiladigan yerga aholi shag‘al to‘kib, o‘ziga yo‘l qilgan yoki yer maydonini beton g‘ishtli devor bilan o‘rab olib, o‘sha yerda qurilish qilmoqchi bo‘lgan holatlarga yechim topilyapti.Shuningdek, turarjoyning poydevori ko‘tarib qo‘yilgan, endi uy qura boshlaganlar bilan ham tegishli tushuntirish ishlarini olib borish natijasida yerlar qaytarilmoqda.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerda uy qurib olib, u yerda yashayotganlar masalasi – eng og‘riqli masalalardan biri. Bu ishlari noto‘g‘ri ekanini tushuntirsangiz, xatosini tan olib noqonuniy egallagan joylaridan chiqib ketayotganlar juda kam. Uylari buzilgan, boradigan boshqa joylari bo‘lmaganidan, ko‘chada qolayotganlar ham bor. Shuni inobatga olgan holda, muammoni boshqacha yo‘l bilan hal etish masalasi ko‘rilayapti».
2019 yilning dekabr oyini “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni aniqlash va bartaraf etish” oyi deb e’lon qilingani va har bir viloyatda malakali yer tuzuvchilardan iborat 2 tadan alohida ishchi guruhlar tuzildi;
Ishchi guruhlar tomonidan har bir tumandagi mavjud yerlar, ayniqsa sug‘oriladigan yerlardan o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etilgani;
O‘tkazilgan xatlov natijasiga ko‘ra respublika bo‘yicha 3760 ta konturda 8583 ta holatda 2322 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan;
Shundan, 890 gektari uy-joy qurish uchun;
233 gektari boshqa noturar inshootlar qurish uchun;
384 gektari sun’iy baliqxonalar qurish uchun;
45 gektari g‘isht ishlab chiqarish uchun tuproq kar’er sifatida egallab
olingan;
770 gektari boshqa holatlar uchun egallab olingan;
Bugungi kun holatiga aniqlangan qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va tegishli choralar ko‘rish uchun 4401 ta aybdor yuridik va jismoniy shaxslarga
ogohlantirishlar berilgan, 3045 marotaba hokimliklarga taqdimnomalar kiritilgan, 1897 ta holat bo‘yicha prokuratura organlariga chora ko‘rish uchun ma’lumotlar berilgan va 778 ta holatda Sudlarga da’vo arizalari kiritilgan;
Aslida, birgina 2019 yilda qo‘mita tomonidan joylarda o‘tkazilgan monitoringlar davomida qishloq xo‘jaligi ekinlarini (paxta, g‘alla, takroriy ekinlar) ekilishi yuzasidan o‘tkazilgan monitoring ishlarida jami 905 ming gektardan ortiq maydonda yerdan maqsadsiz foydalanish, ya’ni rejadagi ekinnni o‘rniga boshqa ekin ekish yoki ekmasdan tashlab qo‘yish holatlari aniqlangan.
Shuningdek, bugungi kunda qo‘mita tomonidan respublika bo‘yicha barcha hududlarda mahalliy hokimliklar zahirasida turgan qishloq xo‘jalik suvli ekin yerlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qo‘mita tomonidan ishlab chiqilgan yer.geoportal.uz platformasiga joylashtirilgan;
Ushbu platformada yer to‘g‘risidagi atributiv ma’lumotlar – suvli maydon, kontur raqami, ball boniteti to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham WGS-84 koordinatasiga bog‘langan holda SAS planet ga joylashtirilgani;
Ushbu onlayn platforma muntazam ravishda yangilanib borilishi va barcha sub’ektlar o‘zlarini qiziqtirgan zahirada turgan yer maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “onlayn” tarzda olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.

Yüklə 247,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin