Toshkent davlat texnika universiteti


Davlat yer kadastrining vazifalari



Yüklə 247,5 Kb.
səhifə5/8
tarix05.04.2023
ölçüsü247,5 Kb.
#93776
1   2   3   4   5   6   7   8
kurs ishi (4)

2.2 Davlat yer kadastrining vazifalari.
O‘tkazilgan xatlov natijasiga ko‘ra, 2018−2019 yillarda 23 mingdan ortiq holatlarda fuqarolar 3900 gektar yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olishgan, 6000 gektar ekin yerlarida noqonuniy imoratlar qurib olingan.Bu 23 mingta qonun buzilishi degani. Endi 23 mingta oila boshpanasiz qoladimi?
Afsuski, biz hamma yerlarimizga uy-joy qurib, oziq-ovqatni tashqaridan sotib oladigan darajada boy davlat emasmiz hali. Qolaversa, bu holat davom etish ham mumkin emas — qonuniylikni ta’minlash kerak. Shuning uchun, fikrimcha, davlat mazkur masalada qat’iyat ko‘rsatishda davom etadi.Uy — bu har insonning vatani, tayanch nuqtasi. U shunchaki moddiy hosila emas, insonga bugunidan xotirjamlik, kelajagi uchun ishonch beradigan, turli xavotirlarini aritadigan joy.Shu sababli uyini buzishga kelgan buldozer tagiga yotib oladigan odamlar ham chiqyapti va ularni ham qaysidir ma’noda tushunish mumkin.Demak, endigi masala, bu jarayonning imkon qadar talafotsiz, ammo qonuniy hal etishdan iborat.Buni ijrochilar yaxshi anglashlari kerak. Noqonuniy qurilgan uylarni buzib, yerlarni davlat tasarrufiga qaytarishni sud qarori bilan, qonunda belgilangan tartibga rioya etgan holda (ikki kunda buziladi deb emas) amalga oshirish lozim. Sabablar qanday bo‘lishidan qat’i nazar, xalqqa ham, davlatga ham oson bo‘lmaydi. Ammo noqonuniylikka ko‘z yumish, davlat yerini talon-taroj ilishga qo‘yib berish mumkin emas. Aybdorlar aniqlab jazolanishi, sabablar bartaraf etilishi, lozim o‘rinlarda, agar qonunchilikda shu ko‘zda tutilgan bo‘lsa, kompensatsiyalar to‘lanishi kerak. Biroq har bir qarich noqonuniy egallangan yer davlatga qaytarilishi shart.
Biz millat sifatida, davlat sifatida qonuniy yashashni o‘rganishimiz kerak. Ayrimlar qonun nechanchidir masala, insof, diyonat birinchi o‘rinda deyishadi. Lekin insof, diyonatning na mezon-o‘lchovi, na hammada birdek mavjudligiga kafolat bor. 100 ta insonda insof darajasi 100 xil. Shuning uchun qonun mezon bo‘lishi, hamma uchun teng ishlaydigan qonunlar birinchi o‘rinda turmog‘i, qonun bilan yashash noqonuniy yashashdan afzal bo‘lishi lozim. 2 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 7948 gektar ekin maydonidan qariyb 30 foizi qaytarilgan.
Bu haqda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi Abdushukur Abdullaev 10 mart kuni Oliy Majlis
Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan «Hukumat soati»dagi hisobotida ma'lum qildi.
«Tahlillarga ko‘ra, 2020 yilning 1 fevral' holatiga: Respublika miqyosida 37700 ta holatda sug‘oriladigan yerlar o‘zboshimchalik bilan egallab olingan; jami 7948 gektar ekin maydonida uylar qurilgan, bog‘lar tashkil etilgan, ayrim fermerlar o‘ziga foydalanish uchun berilgan yerlarni turarjoy qurish uchun boshqa fuqarolarga sotib yuborishgan.Mana shu holatlarga barham berish, davlat zaxirasida turgan yer maydonlarini davlatga qaytarish bo‘yicha davlat rahbarining topshirig‘iga binoan butun respublika bo‘yicha keng masshtabda ishlar olib borilmoqda.Shu maqsadda har bir tumanda mahalliy hokimlik, huquqni muhofaza qilish idoralari hamda yer bilan bog‘liq masalalarda mutasaddi hisoblangan tashkilotlarning vakillari ishtirokida ishchi guruhlar tuzilgan bo‘lib, ularning sa'y-harakatlari natijasida 2020 yil 2 mart holatiga ko‘ra o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 7948 gektar ekin maydonining qariyb 30 foizi qaytarildi. 2000-2020 yillarda O‘zbekiston bo‘ylab jami 160 ming gektarga yaqin yer maydoni asossiz tarzda sug‘oriladigan yer maydoni toifasidan chiqarib yuborilgan.«2000 yildan to shu kungacha bo‘lgan vaqt mobaynida respublikamizda 160 ming gektarga yaqin yer maydoni sug‘oriladigan yer maydoni toifasidan chiqib qolgan. Aslida ular sug‘oriladigan yerlar hisoblanadi. Bu yerlar hisobotlarda ekin maydoni deb ko‘rsatilib kelingan.Joyiga chiqib o‘rganganimizda bunday yerlarda turli xil bino-inshootlar, ishlab chiqarish ob'ektlari qurib tashlanganini ko‘rdik.O‘zbekistonda ekin maydonlari cheksiz emas. Ekin maydonlarimiz 4,2 mln gektarni tashkil qiladi. Buning hammasi sug‘oriladigan yer emas, afsuski, ularning hajmi ancha kam».

Yüklə 247,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin