6- LАBORАTORIYA ISHI
MAVZU: SIRPANISH PODSHIPNIKLARIDA ISHKALANISH MOMENTINI
ANIQLASH.
Sirpanish podshipniklarida ishqalanish momentini aniqlash.
1. Qurilma ishini tavsifi.
Qurilma sxemasi o‘quv stendida ko‘rsatilgan. Asosning 1 yuqori qismiga barcha asosiy
qismlari bilan birga vertikal plita 3 maxkamlangan ustun o‘rnatilgan.
2. Elektr dvigatel.
E
lektr dvigatel statori 4 vertikal plitada maxkamlangan va vintdan 5 ishga tushuvchi taranglan
qurilmasi bilan jihozlangan. (qurilma sxemasida ko‘rsatilmagan). Doimiy tok dvigateli 110 V
kuchlanishda ishlaydi. qurilma esa 220 V, 50 Hz li tarmoqga ulanadi. qurilma ichida rostlagich va
transformator mavjud.
3. Yuklanish qurilmasi.
Yuklanish qurilmasi korpusi 6 ham vertikal plitaga maxkamlangan. Bu qurilma shpideli 7
ikkita zoldirli podshipniklarga o‘rnatilgan. (podshipniklar sxemasida ko‘rsatilgan). Aylanma xarakat
elektrdvigateldan shpindelga,
uzatish soni
𝑖 = 1,5
ga teng bo‘lgan tasmali uzatma yordamida
uzatiladi. Yuklanish qurilmasining yuqori qismida rotori shpindel bilan bog‘langan taxogenerator 9
o‘rnatilgan. Taxogenerator vazifasi shpindel aylanishlar chastotasini aniqlash. Taxogenerator tokini
shpindel aylanishlar chastotasiga nisbatan o‘zgarish grafigi 1.1. rasmda keltirilgan.
1-rasn. Milliampermetr ko‘rsatkichini shpindel aylanishlar chastotasiga bog‘liqlik grafigi.
Shpendel yuqori qismida rezbali teshik bo‘lib, bu teshikka rezbali
valikga maxkamlangan
tekshirilayotgan podshipnik 10 uzeli burab kiritiladi. Podshipnik korpusining silindrsimon qismiga
maxkamlovchi vint 13 bilan jihozlangan almashinuvchi yuk 12, o‘rnatiladi. Har bir almashinuvchi
yukning povodoki 14 bo‘lib, uning oxiri yassi o‘lchash prujinasining 15 egariga o‘rnatiladi.
4. Laboratoriya ishini bajarish uslubi.
4.1. Yassi o‘lchash prujinasini tarirovka qilish.
Qurilmani ishlab chiqgan zavod moment bo‘yicha tarirovka grafigini keltiradi. Lekin o‘lchash
prujinasining deformatsiyasi tajriba vaqtida prujina uzunligini o‘zgartirishga imkon beruvchi xomut
19 xolatiga ham bog‘liq. Shuning uchun yassi o‘lchash prujinasini tarirovka qilish shartli hisoblanadi.
Tarirovka qilish ketma-ketligi.
1. Vint 13 ni bo‘shatib 12 yukni ajratish.
2. 20 vintni ajratib o‘lchash qurilmasini plitaga 3 gorizontal xolatda shu vint 20 bilan
maxkamlash.
3. Qurilma old qismida joylashgan V1 «set» tumblerini yoqish (signal lampasi yonishi lozim).
V2 tumblerini 1 xolatga o‘rnatish, V4 tumbleri moment xolatiga qo‘yish. Milliampermetr strelkasi 0
holatidan bir yoki ikkiga bo‘limga og‘ish lozim.
4. O‘lchash prujinasi egariga ketma-ket q=5, 10, 15, 20, 25 gr og‘irlikdagi yuklarni o‘rnatib,
o‘lchash prujinasini deformatsiyasini qayd qilish lozim, tarirovka grafigidagi moment yuk og‘irligini
50 mm ga ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi (yuqoriga qarang).
5. V2 tumbler 2 xolatga o‘rnatib prujina tarirovkasi 4 bandda keltirilgan ketma-ketlik bo‘yicha
aniqlanadi. Grafikning umumiy ko‘rinishi 1.2. rasmda keltirilgan.