8 - LАBORАTORIYA ISHI
MAVZU: VINTSIMON PRUJINALARNI SIQILISH VA CHOʼZILISHDAGI
XARAKTERISTIKALARINI OʼRGANISH.
1. Qurilma ishini tavsifi.
Vintsimon prujina tavsifini o‘rganish, sxemasi o‘quv stendida ko‘rsatilgan qurilmasida
bajariladi. qurilma quyma asosdan 1, yuqori qismiga o‘rnatilgan chervyakli reduktordan 2 va
trubkasimon ustundan 2 iborat. Reduktor chervyakdan 4 va chervyakli g‘ildirakdan 5, g‘ildirak valiga
o‘rnatilgan va trubkasimon ustun ichiga joylashtirilgan tik – yuruvchi vintdan 6 iborat. Yuruvchi vint
gaykasi 7 vtulka 8 bilan biriktirilgan («Ustunni bo‘ylama kesimi» chizmasida B – B kesimga qarang).
Vtulkaga kronshteyn 9 o‘rnatilgan, va uni vtulka bo‘yicha dastakni 10 qo‘lda xarakatlantirib kerakli
xolatga o‘rnatish mumkin. Kronshteynni xarakatlantirish va o‘rnatish yassi o‘lchov prujinasini
tarirovka qilishda va cho‘ziluvchi prujinalardan siqiluvchi prujinalar ishiga o‘tishda va aksincha
bajariladi. Yassi o‘lchov prujinasiga ishchi ramka 12 ikki sharnirga 13 o‘rnatilgan. Ramkani yuqori
qismiga va kronshteynga cho‘ziluvchi prujinalarni o‘rnatish uchun ikkita ilgak maxkamlangan 14,
15. Ramkani pastki qismiga va kronshteynga siqiluvchi prujinalarni o‘rnatish uchun ikkita pog‘onali
tayanchlar 16, 17 o‘rnatilgan.
Ramkani pastki qismida ikki teshik bo‘lib, bu teshiklarga plankaga 19 o‘rnatilgan ikkita
yo‘naltiruvchi shtiftlar 18, tirqish bilan kiradi. Shu shtiftlar yordamida ishchi ramka yassi o‘lchov
prujinasini egilishiga mos qiymatga vertikal siljishga imkoni bo‘ladi. Ustunni yuqori qismiga
indikator 21 bilan kronshteyn 20 o‘rnatilgan va indikator o‘lchov boshchasi yassi o‘lchov prujinasiga
tiralib turadi. Ishchi ramkaga o‘lchov lineykasi 22 maxkamlangan, qo‘zg‘aluvchan kronshteynga 9
prujina deformatsiyasini 0.1 mmgacha aniqlikda aniqlashga imkon beradigan nonius o‘rnatilgan.
2. Laboratoriya ishini o‘tkazish metodikasi.
2.1. Ishni bajarish ketma-ketligi.
Dastak 23 ni aylantirib, vtulka 3 ni eng yuqorigi xolatga qo‘yiladi. Kronshteyn 9, ham dastak
10 bilan bo‘shatilib vtulkaning eng yuqorigi qismiga qo‘yiladi. Indikator strelkasi siferblatni
aylantirish orqali nolga o‘rnatiladi.
Indikator strelkasi yuk qo‘yishdan oldin bir necha marta ramkaning pastki qismiga yengil
bosib nolda turishini ta’minlash lozim va stabil xolatdagi joylashishdan keyin, siferblatni aylantirib
nolga keltiriladi.
Pog‘onali tayanch 17 ni olib, uni o‘rniga 1 kg, 2 kg, 3 kg, 4 kg, 5 kg li yuk qo‘yilib har bir
yuk qo‘yilgandagi indikator ko‘rsatkichini olib millimetrli qog‘ozga tarirovka grafigi quriladi.
Dostları ilə paylaş: