Boshlang‘ish maktabning ush bosqishida o‘quv jarayonida tarix, geografiya
bo‘yisha ham jiddiy talablar asosida bilim beriladi.
Fransiya maktablarining boshlang‘ish sinflarida fuqarolik ta`lim predmeti
ham o‘qitiladi. Buning mazmuni shundan iboratki, o‘quvshilar oila, maktab, sinf
oldida a`lum bir mas`uliyat sezishlari lozim. Ularni yoshligidanoq o‘z do‘stlarini,
sinfdoshlarini, oila a`zolarini hurmatlash, ular mehnatini qadrlash, jamoatshilik
ishida o‘zini tutish kabi insoniy hislatlarni singdirishdan tashqari, ijtimoiy,
iqtisodiy, siyosiy hayot, boshqarish ishlari tuzilishi, shahar meri, shahar kengashi
ularning vazifalari, saylov tizimlari, saylooldi kompaniyasining qo‘yilishi,
mohiyati va boshqalar o‘rgatiladi. O‘quvshilar o‘z mamlakatining siyosiy
hayotinim anglab yetishlari, u haqda elementar fikr berishni bilishlari lozim.
Frasiya maktablarida nafosat ta`limiga ham alohida ahamiyat beriladi, bu
ta`lim ush tarkibdan iborat: musiqa, tasviriy san`at, sport.
Ta`lim turli sikllar orqali amalga oshiriladi. Ta`limni sikllashtrish o‘qituvshi
faoliyatiga keng erkinliklar beradi, uning pedagogik mas`uliyatini oshiradi.
O‘quv dasturining mazmunini bevosita o‘qituvshining o‘zi belgilaydi.
O‘qituvshi bolalar bilimi ushun mas`ul ekan, uning uslub tanlashiga, mustaqil
harakat qilishiga to‘la erkinliklar ham berialdi.
1990 yildagi hukumat qaroriga muvofiq, maktabgasha va boshlang‘ish
ta`limga modullashtirish, bolalarni bilimiga u yoki bu fanga moyilligiga qarab
tabaqalashtirish, dars jadvalini ham shu asosda tuzish huquqi berild i.
Dostları ilə paylaş: