Mashgulot mazmuni: Назарий қисмIndivid haqida tushuncha, shaxs va uning strukturasi, shaxsdagi individuallik xususiyatlar, ular o'rtasidagi bog'lanishlar, shaxs faolligi, shaxs faolligining manbai sifatida ehtiyoj va uning turlari, mehnat ehtiyoji, xulq-atvor motivlari, qiziqishlar, odam tshaxsini shakllantirish qonuniyatlarining ob'yektiv xarakteri, odamning rivojlanishida va shaxsning kamolotida biologik va ijtimoiy komponentlarning roli, odamning psixik rivojlanishi va shaxs kamolotidagi harakatlantiruvchi kuchlar, yosh avlodning har tomonlama rivojlanishining asosiy omillari va shart-sharoitlari, har tomonlama madaniyatli kishilarga xos bo'lgan shaxsiy sifatlar. Shaxs individlararo munosabatlar sub'yektidir. "Individ" va "shaxs" tushunchalarining bir-biriga mos kelmasligi va aynan uxshash emasligi faktidan shu narsa ayonki, shaxs tushunchasi birgalikdagi faoliyatning xar bir ishtirokchisi uchun ushbu faoliyatning mazmuni, kadriyatlari va moxiyati orkali namoyon buladigan shaxslararo barkaror boglanishlar sistemasidagina anglanilishi mumkin. Bunday shaxslararo alokalar realdir, lekin ular tabiatan "gayrixissiy"dir. Ular jamoaga kiradigan odamlarning konkret individual xususiyatlari va xatti-xarakatlaridan namoyon buladi, lekin ularning sababchisi bula olmaydi. Ular xar bir individlararo alokalar sistemasida va undan kengrok mikyosda-ijtimoiy munosabatlar sistemasida egallaydigan aloxida mavkeini belgilab beradigan ana shu shaxsiy xislatlarini namoyon kiladigan gurux shaklidagi sha faoliyatning aloxida fazilatini tashkil etadi.
Shaxs va individuallik. Har bir kishining shaxsi uning individualligi vujudga keltiradigan xislatlar va fazilatlarning fakat unga xos birikuvidan tarkibtopgandir. Individuallik-kishining uziga xosligini, uning boshka odamlardan farkini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik temperament va xarakter xususiyatlarda, odatlarda, ustun darajadagi kizikishlarda, bilish jarayonlariga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvur) da kobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos uslubda va xokazolarda namoyon buladi. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini uzida mujassamlashtirilgan odam yuk-inson shaxsi uz individualligi jixatidan betakrordir.