Toshkent farmasevtika instituti


Joriy nazoratni baholash mezoni



Yüklə 4,33 Mb.
səhifə26/61
tarix20.09.2023
ölçüsü4,33 Mb.
#145733
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61
«ijtimoiy fanlar» kafеdrasi fanidan barcha yo`nalishlar uchun us

Joriy nazoratni baholash mezoni:





Foizda %

Ballda

Baho

Talabaning bilim darajasi

1

55

2,75

2

Qoniqarsiz

2

56-70

2,8-3,5

3

Qoniqarli

3

71-85

3,5-4,2

4

Yaxshi

4

86-100

4,3-5

5

A’lo

Amaliy mashg’ulotning ta’lim texnologiyasi



O’quv soati: 2 soat

Talabalar soni:

O’quv mashg’ulotining shakli

Muammoli amaliy mashg’ulot



Mavzu rejasi

Shaxsning borliqni bilish jarayonlari


Diqqat haqida tushuncha.
Sеzgilar haqida umumiy tushuncha.
Idrokning ta'rifi.



Mashg’ulotning maqsadi Talabalarga bilish jarayoni: Diqqat, sezgi, Idrokning psixologik ta’rifi, sezgilarning klassifikatsiyasi to’g’risida nazariy bilimlar berish, sezgilarning hosil bo’lish qonuniyatlarini o’zlashtirish hamda sezgirlikni oshirish yo’llari bo’yicha amaliy ko’nikmalarni shakllantirish.

Pedagogik vazifalar:

  • Diqqat, sezgi, Idrok haqida ma`lumot bеrish.

  • Analizatorlarning ahamiyatini ko’rsatish.

  • Talabalarni o’quv faoliyatida sеzgilarning o`rnini aniqlash.




  • Sеzgi turlarining mohiyatini ochib bеrish, tаlаbаlаrgа fаoliyat jаrаyonidа ushbu mеxаnizmlаrni е`tiborgа olishni o’rgаtish.

  • Tаlаbаlаr ongigа sеzgining qonuniyatlariga oid tushunchаlаrni singdirish.




O’quv faoliyati natijalari:

  • Diqqat, sezgi, Idrok haqida ma`lumotlarni batafsil biladi.

  • Analizatorlarning ahamiyatini farqlay oladi.

  • O’quv faoliyatida sеzgilarning ahamiyatlari haqida tasavvurga ega bo’ladi

  • Sеzgi turlarining mohiyatini ochib bеradi, fаoliyat jаrаyonidа ushbu mеxаnizmlаrni е`tiborgа olishni o’rgаnishadi.




  • Sеzgining qonuniyatlariga oid tushunchаlаrni farqlaydi.

Ta’lim metodlari

savol-javob, suhbat, munozara,va “Blits so’rov”, “Klaster” usullari.

Ta’lim vositalari

Ma’ruza matni, kompyuter texnologiyalari format qog’ozlari, markerlar, skotch,

Ta’lim shakllari

Frontal, guruhlarda ishlash.

O’qitish shart-sharoiti

Texnik vositalardan foydalanish va guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya

Monitoring va baholash

Og’zaki nazorat, savol-javob, reyting tizimi asosida baholash.



Amaliy mashg’ulotning texnologik xaritasi



Faoliyat bosqichlari

Faoliyatning mazmuni

O’qituvchining

Talabaning

I. Kirish bosqichi
(15 daqiqa)

1.1.Mavzuning nomi, maqsadi, kutilajak natijalarini e’lon qiladi, ularning ahamiyatliligini va dolzarbligi asoslaydi.
1.2.Quyidagi savollar yordamida talabalarni faollashtiradi:
Shaxsning borliqni bilish jarayonlari
Diqqat haqida tushuncha.
Sеzgilar haqida umumiy tushuncha.
Idrokning ta'rifi.
Bilimlarni faollashtirish jarayonida, o’quv muammosini yechish faoliyatida faol ishtirok etish uchun talabalar egallagan bilimlarning yetarliligini aniqlaydi.

Tinglaydilar. Mavzu nomini va rejasini yozib oladilar.
Savollarni muhokama qilib, ularga javob beradi.



II. Asosiy bosqich
(55 daqiqa)

2.1.Muammoli vazifalar va savollarni o’qiydi.
2.2.Talabalar bilan birgalikda muammolarni ishlab chiqishga harakat qiladi.
Muammoni ishlab chiqishda talabalar bilan birgalikda taklif qilingan variantlarni tahlil qiladi. Taklif qilingan variantlarni aniqlashtiradi, o’zgartirishlar kiritadi va ulardan bittasida to’xtaydi.
2.3. Talabalarni uchta kichik guruhga bo’ladi va hamkorlikda muammoli vazifani hal etishni taklif qiladi.
2.4.Taqdimot boshlanishini e’lon qiladi. Yo’naltiruvchi, maslahatchi sifatida ishtirok etadi. Javoblarni aniqlashtiradi, to’ldiradi, izoh beradi va tuzatishlar kiritadi.
2.5.Muammoli vazifani hal etishda yuzaga kelgan barcha qiyinchilik va tafovutlarni qayd etib, xulosalar qiladi.
2.6.Talabalar bilan birgalikda javoblarning to’laligini baholaydi, to’liq bo’lmagan javob larni o’zi to’ldiradi.
2.7.Har bir talabaga muammoni yechishda qilgan xulosalarini jadvalda qayd etishlarini so’raydi.
2.8.Seminar mavzusi bo’yicha yakuniy xulosalar qiladi.

O’z fikrlarini bildiradilar.
Uchta guruhga bo’lina-dilar. Taklif qilingan muammoli vazifani hal etishga kirishadilar.
Natijalarni taqdim etadilar.
Boshqa guruh a’zola-rining bergan savollariga javob beradi.
Eshitadilar, konspekt daftarlariga qisqacha qayd qilishadi.
Muammoni hal etish variantlari yuzasi-dan o’z fikrlarini bildiradilar.

III. Yakuniy bosqich
(10 minut)

3.1.Mavzuni umumlashtiradi, umumiy xulosalar qiladi, yakun yasaydi. Talabalar diqqatini mavzuning asosiy tomonlariga qaratadi.
3.2.Amalga oshirilgan faoliyatning kelajakda kasbiy faoliyatlari uchun zarurligini qayd qiladi.
3.3.Mustaqil ishlashlari uchun vazifa beradi: (1) nazorat savollariga og’zaki javob berish; (2) qo’shimcha adabiyotlardan mavzuga tegishli bo’lgan yangi ma’lumotlarni to’plash.

Eshitadilar.
Vazifani yozib oladilar.



Yüklə 4,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin