Mashgulot mazmuni: Назарий қисм Psixikaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, individ tashqi ta'sirotlarning aks ettirilishidan o'zining keyingi hattiqharakatlarida doimo foydalanadi. Individual tajriba ortib borishi hisobiga xulq-atvor sekin-asta murakkablashdi. Agar tashqi dunyoning miya qobig'ida hosil bo'ladigan obrazlari beiz yo'qolib ketaversa, tajribaning shakllanishi mutlaqo mumkin bo'lmay qolar edi. Bu obrazlar bir-biri bilan o'zaro turli xil aloqalar bog'lagan holda mustahkamlanib, saqlanib qoladi hamda hayot va faoliyat talablariga muvofiq tarzda yana boshqatdan namoyon bo'ladi.
Xotira ta'riflarining esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari sodir bo'ladigan faoliyatning xususiyatlariga bog'liqligi xotiraning har xil turlarini ajratish uchun umumiy asos bo'lib xizmat qiladi. Bunda xotiraning ayrim turlari uchta asosiy mezonga muvofiq tarzda bo'linadi:
1) faoliyatda ko'proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab xotira harakat, emosional, obrazli va so'z-mantiqli turlariga bo'linadi;
2) faoliyatning maqsadlari xususiyatlariga ko'ra ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira turlariga bo'linadi
3) materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko'ra (uning faoliyatdagi roli va tutgan o'rniga bog'liq ravishda) qisqa muddatli, uzoq muddatli xotira turlariga bo'linadi.
Harakat xotirasi-turli xildagi ish harakatlari va ularning sistemasini esda olib qolish, esda saqlash va yana qayta esga tushirishdan iboratdir.
Emosional xotira-his-tuyg'uga xos xotiradir. His-tuyg'ular hamisha bizga ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotgani, bizning tevarak-atrofdagi olamga munosabatimiz qanday yo'lga qo'yilganligi haqida xabar berib turadi. Shuning uchun ham hissiy xotira har bir kishining hayoti va faoliyatida juda muhim ahamiyatga egadir.
Obraz xotirasi tasavvurlarni, tabiat va hayot manzaralarini, shuningdek, tovushlarni, hidlarni, ta'mlarni esda olib qolishdan iborat xotira hisoblanadi. U ko'rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilishga oid xotiradir.
Bizning o'y-fikrlarimiz so'z-mantiq xotiraning mazmunini tashkil etadi. O'y-fikrlar nutqsiz mavjud bo'la olmaydi, shuning uchun ham ularga oid xotira ham shunchaki mantiqiy deb emas, balki so'z-mantiq xotira deb ataladi. O'y-fikrlar turli xildagi til shakllarida mujassamlashgan bo'lishi mumkinligi vajidan ularning aks ettirilishi materialning yo faqat asosiy mohiyatini yetkazishga, yoxud uning aynan so'z bilan ifoda etilishiga qaratilgan bo'lishi mumkin.
Biron narsani esda olib qolish yoki eslash uchun maxsus maqsad bo'lmagan holda esda olib qolish va yana qayta esga tushirish ixtiyorsiz xotira deb ataladi
Xayol yoki fantaziya tafakkur kabi yuksak bilish jarayonlari qatoriga kirib, kishining o’ziga xos insoniy xarakterga ega bo’lgan faoliyatlariga namoyon bo’ladi. Mehnatning tayyor natijasini hayolga keltirmay turib ishga kirishib bo’lmaydi. Fantaziya yordami bilan kutilayotgan natijani tasavvur qilish-inson mehnatining hayvonlar instinktiv faoliyatidan tub farqidir. Istalgan mehnat jarayoni zarur tarzda hayolni o’z ichiga qamrab oladi.