Mashg’ulotning maqsadi Talabalarga bilish jarayoni: xotira, xayol, tafakkur to’g’risida nazariy bilimlar berish, xotira, xayol, tafakkur jarayonlariga xos qonuniyatlarni o’zlashtirish hamda xotira , xayol, tafakkurni rivojlantirish yo’llari bo’yicha amaliy ko’nikmalarni shakllantirish.
Pedagogik vazifalar:
Xotira, xayol, tafakkur haqida ma`lumot bеrish.
Xotira ,xayol, tafakkur ning boshqa psixik jarayonlari bilan bog`liqligini asoslash.
Xotira ,xayol, tafakkur ning fiziologik mеxanizmlarini aniqlash.
Xotira ,xayol, tafakkur va ma’lumotlarning miyada saqlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar. Xotiraning samaradorligi. Eslab qolish xususiyatiga ko’ra xotiraning turlari. Kutilmagan ma’lumot. Ma’lumotning mazmun yoki shakl jihatdan bir-biriga yaqinligi. Esda saqlash vaqti bilan esga tushirish vaqti o’rtasidagi farq. Xotiraning sakkiz qonuni. Xotira, xayol, tafakkur rivojlantirish yo’llari. O’zlashtirilish lozim bo’lgan ma’lumotning xotirada saqlanish bosqichlari. Mnemonika yoki mnemotexnika. Mnemotexnik usullar. Xotira , xayol, tafakkurning sifatlilik darajasi haqida to’liq axborot oladilar;
1.1.Mavzuning nomi, maqsadi, kutilajak natijalarini e’lon qiladi, ularning ahamiyatliligini va dolzarbligi asoslaydi.
1.2.Quyidagi savollar yordamida talabalarni faollashtiradi:
Bilish jarayonlari deganda psixologiyada aynan nimalar nazarda tutiladi?
Bilish jarayonlari va ularning umumiy xususiyatlari nima bilan izohlanadi?
Xotira ,xayol, tafakkur turlari
Eslab qolish xususiyatiga ko’ra xotiraning qanday turlari bor va ularni qisqacha izohlab bering?
Xotiraning sakkiz qonuni qanday tasniflangan?
O’zlashtirilish lozim bo’lgan ma’lumotning xotirada saqlanish bosqichlari qanday mezonlarga asoslanadi?
Bilimlarni faollashtirish jarayonida, o’quv muammosini yechish faoliyatida faol ishtirok etish uchun talabalar egallagan bilimlarning yetarliligini aniqlaydi.
Tinglaydilar. Mavzu nomini va rejasini yozib oladilar.
Savollarni muhokama qilib, ularga javob beradi.