2.1. Talabalar bilimini faollashtirish maqsadida tezkor-so’rov texnikasini qo’llab, quyidagi savollarni beradi:
Individ va individuallik tushunchalari bir-biri bilan qanday farqlanadi?
Individuallikni izohlovchi qanday xususiyatlar majmuasi mavjud?
Temperament nima va u qanday xususiyatlar majmuiga kiradi?
Nerv jarayonlari va temperament tiplari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni o’rgangan olimni ayting?
Berilgan javoblarni tahlil qiladi, kamchiliklarini to’ldiradi, xatolarini tuzatadi.
2.2. Talabalarni ixtiyoriy ravishda uchta kichik guruhga bo’ladi va hamkorlikda topshiriq bajarishlarini uqtiradi.
2.3. Mustaqil ravishda bajarish uchun testlarni tarqatadi.
Guruhlarda faoliyatni tashkil qiladi, talabalarni kuzatadi, yo’naltiradi, maslahatlar beradi.
2.4. Taqdimot boshlanishini e’lon qiladi. Yo’naltiruvchi, maslahatchi sifatida ishtirok etadi.Javoblarni aniqlashtiradi, to’ldiradi, izoh beradi va tuzatishlar kiritadi.
Tinglaydilar.
Savollarga javob beradilar.
Guruhlarga bo’linadi. Berilgan topshiriqlarni avval juftliklarda, so’ngra guruhlarda muhokama qiladi, fikralar bildiradi, optimal variantini tanlab jadvalni to’ldiradi. Tayyor javobni format qog’oziga tushirib, taqdimotga tayyorlaydi.
Guruhdan bittadan ishtirokchi chiqib tayyor ishlarini taqdimotini qiladi, javoblarini izohlab, asoslaydi.
3.1. Mavzuni umumlashtiradi, umumiy xulosalar qiladi, yakun yasaydi. Talabalar diqqatini mavzuning asosiy tomonlariga qaratadi.
3.2. Amalga oshirilgan faoliyatning kelajakda kasbiy faoliyatlari uchun zarurligini qayd qiladi.
3.3.Test varaqlarini tarqatib, javob berishlarini so’raydi.
3.3. Mustaqil ishlashlari uchun vazifa beradi: (1) nazorat savollariga og’zaki javob berish; (2) Savollar asosida BBB jadvalini to’ldirib kelish.