«FSMU» usuli Darsning borishi: 1. Tashkiliyqism: Har bir talabaga yoki kichik guruhlarga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog‘ozlar tarqatiladi.
2. Asosiyqismda: Talabalar qog‘ozga bosqichma – bosqich quyidagilarni yozib beradilar:
F – fikr bayon etiladi; S – fikr bayoniga sabab ko‘rsatiladi; M – mulohaza, mushohada, misol va dalillar; U – umumlashtiruvchi fikr. Mashg‘ulot reglamentiga ko‘ra talabalar yoki kichik guruhlar yozib bo‘lgach, fikrlarini o‘qib himoya qiladilar.
YAkuniyqismda: O‘qituvchi tomonidan berilgan mavzu, muammo bo‘yicha fikrlar umumlashtiriladi. Talabalarga ball qo‘yiladi.
Mashg‘ulot reglamenti: 1. Tashkiliy qismga tahminan – 5 minut;
2. Talabalar yoki kichik guruhlarning o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib berilgan qog‘ozda bayon etishlari uchun (5-10 minut);
3. Har bir talaba yoki kichik guruh o‘z fikrlarini bosqichma – bosqich yoritadilar, tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi misollar, dalillar keltiradilar (2-5 minut);
4. Bahs – munozara: talabalararo, guruhlararo (5-10 minut);
Izoh: Mashg‘ulot reglamentini belgilashda guruhda talabalarning soni nechtaligini e’tiborga olish shart.
“AQLIY HUJUM” metodining tuzilmasi
1.Savol beriladi 2.Fikrlar va g‘oyalar bildiriladi 3. Fikr va g‘oyalar jamlanadi 4. Aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi
“Aqliy xujum” texnikasining qoidalari
- hech qanday o‘zaro tanqid va baholash bo‘lmasligi kerak;
- taklif qilinayotgan g‘oyaga baho berishdan saqlan, agar u juda yuqori va bajarilish extimoli bo‘lmasa ham-hammasiga ruxsat beriladi;
- barcha keltirilgan g‘oyalar qimmatli va teng kuchli-ularni tanqid qilmaslik kerak;
-javob berayotganni to‘xtatmaslik kerak;
-kamchilik ko‘rsatishdan saqlan;
-maqsad miqdor hisoblanadi;
-qancha ko‘p fikr bildirishsa shuncha yaxshi, yangi va qimmatli g‘oyani; tug‘ilishiga ehtimol shunchalik ko‘p bo‘ladi;
-fikrlar takrorlansa e’tibor bermaslik kerak;
-ochiq tanqidiy fikrlarni aytishga ruxsat ber;
-paydo bo‘lgan g‘oyani agar u sening nazaring bo‘yicha qabul qilingan sxemaga javob bermasa ham tashlab yubormaslik kerak;
-ushbu muammmoni faqat mavjud usul bilan echish mumkin deb o‘ylash.
“MUAMMOLI VAZIYAT” metodining tuzilmasi
1. Muammoli vaziyat tavsifi beriladi
2. Guruhlar muammmoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar
3. Guruhlar muammoli vaziyatning oqibatlari to‘g‘risida fikr yuritadilar
4. Guruhlar muammoli vaziyatni echish yo‘llarini ishlab chiqadilar
5. To‘g‘ri echimlar tanlab olinadi