Urug‘-qabila dinlari - totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, o‘z urug‘idan chiqqan sehrgar, shomon yoki qabila boshliqlariga sig‘inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib ketgan bo‘lib, hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan;
Millat dinlari - ma’lum millatga xos bo‘lib, boshqa millat vakillari o‘ziga qabul qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik yahudiy millatiga xos), hinduiylik hindlarga xos), konfusiylik xitoy millatiga xos), sintoizm yaponlarga xos) kiradi;
Jahon dinlari - dunyoda eng ko‘p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qat’inazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo‘lgan dinlar. Unga buddaviylik, xristianlik va islom dini kiradi.
Bundan tashqari dinlar ta’limotiga ko‘ra monoteistik- yakkaxudolik yahudiylik, islom) va politeistik - ko‘pxudolik hinduiylik, konfusiylik) dinlariga bo‘linadi. O‘tilgan mavzu bo‘yicha savollar
Dinshunoslik fanining asosiy maqsadi nimalardan iborat?
Dinga qanday ta’riflar berilgan?
Din jamiyatda qanday vazifafunksiya)larni bajaradi?
Dinni o‘rganishda qanday yondoshuv turlarini bilasiz?
Dinlar nimalar asosida tasnif qilinadi?
Dinlarning qanday turlarini bilasiz?
Seminar uchun mavzular
Diniy e’tiqod tushunchasi.
Dinning jamiyatdagi vazifarlari.
Dinning boshqaruvchilik vazifasi.
Dinning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi turli qarashlar.
Dinlar tasnifi.
Adabiyotlar
Karimov I. A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: O‘zbekiston, 1997.
Mo‘minov A.Q. Dinshunoslik asoslarini o‘qitish va o‘rganishning yagona konsepsiyasi. Toshkent, 1999.
Radugin A.A. Vvedenie v religiovedenie. M., 1996.
Ugrinovich D.M. Vvedenie v religiovedenie. M., 1985.
Fromm E. Psixoanaliz i religiya.//Fromm E. Imet ili bit? M., 1990.
Zakon bojiy: Vtoraya kniga o pravoslavnoy vere. Volgograd. 1987.