Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinshunoslik fanidan



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə44/78
tarix07.01.2024
ölçüsü1,95 Mb.
#206360
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78
Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinsh

Adventistlar harakati. Adventistlar harakati lotincha - kelish) Amerikada XIX asrning 30 yillari og‘ir iqtisodiy buhron krizis), umumiy ishsizlik davrida vujudga keldi. Uning asoschisi Vilyam Miller 1782-1849). Adventistlar bir necha mustaqil cherkovlarga bo‘lingan bo‘lib, ularning eng kattasi “Ettinchi kun adventistlari”. Ularning asosiy g‘oyasi Isoning ikkinchi bor yerga tushishi va insoniyatni xalos etib, shayton va uning tarafdorlarini bilan urushib, ularni mutlaq yakson qilishidir. Ular kishilarni Isoni kutib olish uchun yaxshi axloqli bo‘lishga chaqiradi. Adventistlar dindorlardan o‘z mablag‘laridan o‘ndan birini cherkov hisobiga o‘tkazishlarini va tinmasdan targ‘ibot ishlarini olib borishlarini talab qiladi. Iso payg‘ambarning ikkinchi marta yerga qaytishi haqidagi bashorat najot yo‘li deb hisoblanadi.
Hozirgi paytda g‘arbiy hamda sharqiy cherkovlarning rahbarlari ko‘p asrli ixtiloflarning ayanchli oqibatlarini bartaraf qilishga intilmoqdalar. Masalan, 1964 yili Rim papasi Pavel VI va Konstantinopol patriarxi Afinagor ikkala cherkov vakillarining XI asrda aytgan o‘zaro qasamyodlarini tarqoqligini bartaraf qilish uchun birinchi qadam qo‘yildi.
Markaziy Osiyo xalqlari tarixida Xristian dini.
XI asrning oxirida xristianlikning Sharqqa tomon harakati va tarqalishi ommaviy tus oldi. Bu dinni mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar Sharqning ayrim viloyatlariga ilgaririq kirib borganlar. 280 yildayoq Talos Marke) cherkovlari qurilib bo‘lgan, Samarqandda 310 yildan), Marvda 334 yildan), Hirotda 430 yildan), Xorazmda, Marida va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida episkopik, kafedra, missiyalar, keyinchalik Samarqandda, Maroda 430 yillar), Hirotda 658 yillar) episkoplikdan iborat diniy hududiy jamoalar, birlashmalar bo‘lgan. Xurosonliklar va sug‘diyonaliklar zardushtiylar, monaviylar, buddistlar, bilan bir qatorda xristianlar ham bo‘lishgan. Ular qoraxitoylar va sosoniylarga qarash yerlarda ta’qib qilganlar.
Markaziy Osiyo territoriyasida islomning tarqalishi davrlarida islom bilan xristianlik o‘rtasidagi ziddiyatlar, kelishmovchiliklar keskinlasha boshladi. Biroq, X asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo‘lgan. Hatto Beruniy yashagan davrda ham 973-1056) Marvda provoslav metropoliyasi bo‘lgan.
Ana shu davrda xristianlik Kavkazda ham tarqala boshladi. Armaniston 301 yil) va Gruziyada 318 yili) davlat diniga aylanadi. Kavkaz Albaniyasi territoriyasida esa hozirgi Ozarbayjon va Janubiy Dog‘iston territoriyasi) IV-VII asrlarda hukmron din hisoblangan.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin