Missionerlik harakatining asosiy g‘oya-maqsadlari. Sobiq ittifoq tugab, mustaqil davlatlar yuzaga kelganida, ayniqsa, yangi musulmon mamlakatlar duch kelgan eng katta xatar xalqaro missionerlik tashkilotlarining bu yurtlarga yopirilib kelishlari va keng miqyosda ish boshlashlari bo‘ldi.
Prozelitizm keltirib chiqarayotgan salbiy oqibatlar. Konstitutsiyada din erkinligi va din davlatdan ajratilganlik tamoyili ta’minlanadi. Biroq 1998 yilda qabul qilingan din to‘g‘risidagi qonun ko‘p huquqlarni ro‘yxatdan o‘tgan diniy guruhlar bilan cheklaydi va qanday guruhlar ro‘yxatdan o‘tishi mumkinligini cheklaydi. Prozelitizm, diniy adabiyotni olib qirib tarqatish va xususiy tarzda diniy ta’lim berish kabi hatti-harakat bilan qonun taqiqlarini buzgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
O‘tilgan mavzu bo‘yicha savollar
Fundamentalizm ilk bor qaysi dinda ishlatildi?
Fiqh ilmida qonun chiqarish uchun asosiy manbalar.
Mashhur Movarounnahr faqihlari.
SEMINARLAR UCHUN MATERIALLAR
1 MAVZU: Dinshunoslik faniga kirish. Mavzuning maqsadi: Dinshunoslikni fan sifatida shakllanishi, uni sohalari hamda inson ijtimoiy ongida dinni nima uchun zarurligi haqida ma’lumot berish.
Talaba bilishi lozim: 1.Dinshunoslik fanining predmeti, sohalari
2. Dinni mohiyati, kelib chiqishi, jamiyatdagi vazifalari, dinni ildizlari, dinlar tasnifi.
3.Dinning ibtidoiy shakllarini vujudga kelishi
Motivatsiya: Talabalar dunyoqarashida dinni o’rni, shu asosda qadriyatlarimizni shakllanishi, umuman din bilan hayotni qay darajada bog’liqligini bilishdan iborat.