Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinshunoslik fanidan


-MAVZU. DINIY EKSTREMIZM VA FUNDAMENTALIZM.MISSIONERLIKNING SALBIY OQIBATLARI



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə51/78
tarix07.01.2024
ölçüsü1,95 Mb.
#206360
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78
Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinsh

9-MAVZU.
DINIY EKSTREMIZM VA FUNDAMENTALIZM.MISSIONERLIKNING SALBIY OQIBATLARI
Darsning maqsadi: hozirgi kunda mamlakatimiz uchun tahdid solayotgan diniy ekstremizm, fundamentalizm, missionerlik haqida ma’lumot berish.
Tayanch so‘zlar: Missioner, Muqaddas yer, prozelitizm.,ekstremizm,jihod, aqidaparastlik
Reja

  1. Diniy ekstremizm va fundamentalizmni vujudga kelishi.

  2. Diniy ekstremistik guruhlarning zararli maqsadlari.

  3. O‘zbekiston qonunchiligida missionerlik faoliyatiga belgilangan jazo va choralar

3.Missionerlik harakatining asosiy g‘oya-maqsadlari.Prozelitizm keltirib chiqarayotgan salbiy oqibatlar

Diniy ekstremizm - muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassib, fanatik unsurlarning faoliyati mafkurasi. Fanatizm o‘z aqidasining shak-shubhasiz to‘g‘riligiga ishonib, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda ularni tan olmaslik, balki ularni diniy asoslarni buzishda ayblab, ularga qarshi urush ochishga olib boradigan omillardandir. Diniy fanatizm diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi.


Fundamentalizm - ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo‘l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari suruvchilarning yo‘nalishi. Diniy fundamentalizm - aqidaning o‘zgarmasligini himoya qiladigan, vahy va mo‘’jizalarning muqaddas kitoblardagi bayonining harfiy talqini tarafdori, ularning har qanday majoziy talqiniga murosasiz, so‘zma-so‘z talqinga asoslangan e’tiqodni aqlga tayangan mantiqiy dalillardan ustun qo‘yadigan, muayyan diniy e’tiqod shakllanishining boshlang‘ich davrida belgilangan barcha yo‘l-yo‘riqlarni qat’iy va og‘ishmay bajarilishini talab qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qo‘llaniladigan istilohdir.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Eng avvalo, jamiyat, guruh, alohida shaxs ma’naviy hayotining muayyan sohasi bo‘lgan din umuminsoniy axloq meyorlarini o‘ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan, hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan.
Modomiki, biz yoshlarimizni, Prezidentiz aytganidek Imom Buxoriylar, Naqshbandiylar va Yassaviylar ta’limoti asosida tarbiyalar ekanmiz, biz ularni turli islom niqobi ostidagi g‘arazli guruhlar bilan buyuk ajdodlarimiz amal qilgan va bizlarga ham tavsiya etgan musaffo islom o‘rtasini ajrata oladigan darajada bilimli qilishimiz zarur bo‘ladi.
Vahhobiylik. Vahhobiylik XVIII asrda Arabiston yarim orolida vujudga kelgan dini-siyosiy oqimdir. Uning asoschisi Muhammad ibn Abd al-Vahhob 1703 yili Arabiston yarim oroli Najd o‘lkasining al-Uyayna degan joyida tavallud topgan. Bu davrda uning otasi Abd al-Vahhob ibn Sulaymon mustaqil mahalliy amir hokimiyatida qozilik lavozimida xizmat qilar edi. Muhammad yoshligidan diniy ilmlarni o‘z otasi rahbarligida o‘rgana boshladi. U an’anaga ko‘ra, Qur’onni yod oldi, tafsir va hadis ilmlari bilan tanisha boshladi. Bir necha bor Misr, Suriya, Kurdiston, Iroq, Eron mamlakatlarida bo‘lib, ko‘pincha ulamolar suhbatida o‘zining janjalkashligi va mutaassibligi bilan ajralib turgan. U o‘z targ‘botchilik faoliyatini 1730 yillarda boshlab, birinchi maqsadi o‘ziga munosib homiy topish bo‘ldi.
Ixvon al-muslimun. XIX asr dastlabki yillaridan islom dini tarqalgan mamlakatlar iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hayotida katta tarixiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Bu o‘zgarayotgan yangi sharoitlarga diniy-falsafiy, huquqiy normalarning XIX asr yarmidan boshlangan moslashuvi fanda “Islomiy islohotlar” nomini oldi. Lekin bu jarayon haddan tashqari cho‘zilib ketdi va ko‘p sohalarda ziddiyatli hollarni keltirib chiqardi. Ular orasida panislamizm va musulmon jamoalarining boshqa konfessiyalardan ajratish g‘oyasini aytishimiz mumkin. Panislamizm g‘oyasini birinchi bo‘lib ilgari surgan Jamoliddin al-Afg‘oniy 1839-1897) hisoblanadi. U diniy-siyosiy arbob bo‘lib, 1884 yili Parijda Muhammad Abduh 1849-1905) bilan birgalikda “al-Urvat al-vusqo” jurnalini nashr etdi va unda panislamizm g‘oyalarini targ‘ib qila boshladi. Afg‘oniyning g‘oyalarini keyinchalik “Musulmon birodarlar” “al-Ixvon al-muslimun”) radikal shakllarida rivojlantirildi.
Al-Ixvon al-muslimun - 1928 yili Misrning Ismoiliya shahrida Misrlik shayx Hasan al-Banno tomonidan tashkil etilgan diniy-siyosiy tashkilot. Hasan al-Banno Jamoliddin al-Afg‘oniy, Muhammad Abduh, Rashid Rizo asarlaridan ta’sirlanib, panislamizm g‘oyasida “jihod”, “islomiy millatchilik”, “islomiy davlat” ta’limotlarini ishlab chiqdi. Ixvon al-muslimun bu ta’limotlar asosida islom dini tarqalgan mamlakatlarda Qur’on va shariatda ifodalangan qoidalarga to‘lik rioya qiluvchi, “islomiy adolat” prinsiplari o‘rnatilgan jamiyat qurish uchun siyosiy kurashni boshlab yubordi.
Hizb at-Tahrir. Hizb at-Tahrir 1952 yili Quddus shahrida falastinlik ilohiyotchi Taqiy ad-din an-Nabahoniy 1909-1979) tomonidan asos solingan diniy-siyosiy partiya. U Hayfada tug‘ilib o‘sgan, Qohiradagi “al-Azhar” universitetida ta’lim olgan.
Partiyaning asosiy maqsadi - avval arab davlatlari miqyosida, keyin islom dunyosi miqyosida va nihoyat jahon miqyosida xalifalik shaklidagi islom davlatini tuzish. Ularning asosiy da’vosi - Mustafo Kamol Otaturk tomonidan 1924 yili Usmoniy xalifa Ikinchi Abd al-Majid 1922-1924) xalifalikdan g‘ayriqonuniy chetlatildi. Davlat diniy-islomiy qonunlar asosida xalifa tomonidan idora etilishi lozim. Partiya dasturi 187 banddan iborat bo‘lib, asosiy maqsadi - hokimiyatga erishish. Bundagi asosiy yo‘l - islomiy fikrlovchi shaxslarni shakllantirish. Ularga islomiy ta’lim-tarbiya berish ikki bosqichdan iborat: 1) u bilan islom ta’limotini o‘rgatish yo‘lida madaniy-ma’rifiy ishlar olib borish; 2) siyosiy faoliyatga tortish.
Hozirgi zamon islom ulamolari – Yusuf Qarzoviy, Sayyid Muhammad at-Tantoviy, Nosir ad-din al-Alboniylar Hizb at-tahrirni ohod hadislarga, qabr azobiga, sirot ko‘prigiga ishonmasliklari uchun ularni ahl as-sunna va-l-jamo‘a safidan chiqqan hisoblaydilar.
Akromiylar. Akromiylar 1996-1997 yillarda Andijonda tashkil topib, uning nomi guruh asoschisi - 1963 yilda tug‘ilgan Yo‘ldoshev Akrom nomi bilan bog‘liq. A. Yo‘ldoshev Hizb at-tahrirning yetakchisi an-Nabahoniy g‘oyalari asosida 12 darsga mo‘ljallangan “Imonga yo‘l” risolasini yozgan. Shu sababdan akromiylarni “Imonchilar” deb ham yuritiladi.
Bu guruh a’zolari asosan hunarmandlardan iborat bo‘lib, ular rasmiy ishxonalardan bo‘shab, jamoa ma’qullagan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanganlar. Zarurat tug‘ilganda “birodarlari”ga “jamoa banki”dan moddiy yordam berganlar. Undan tashqari jamoa a’zolariga tashkiliy ravishda oziq-ovqat mollari tarqatib turilgan. Quda-andachilik faqat “birodarlar” o‘rtasida amalga oshirilgan.
O‘lkamiz mustaqil bo‘lgan kunidan boshlab, chet ellardan turli xil diniy oqimlarning yurtimizga yopirilib kelishi, va uning avj olib ketganligi hech kimga sir emas. Ayniqsa, missionerlarning hamlasida katta xavf yashirinib yotibdi. Ular mamlakatimizning «sodda» fuqarolarini o‘z tuzoqlariga ilintirib, ongini zaharlamoqdalar. Oqibat bunday insonlar manqurtga aylanib, millat, davlat va dinning qadriga yetmay vataniga, diyonatiga bo‘lgan sadoqat gullarini oyoq osti qilmoqdalar. Shunday oqimlarning biri va o‘ta xavflisi missionerlik harakatidir. Missionerlik faoliyati mafkuramiz uchun yot unsur bo‘lib qolmay, balki ma’naviyatimiz rivoji uchun ham to‘siqdir.
“Missionerlik (lotincha “yuborish” va “topshiriq” ma’nolarida bo‘lib), biror dinni o‘z yurtidagi yoki o‘zga yurtlardagi boshqa dindagilar o‘rtasida tarqatish sohasidagi cherkov (ya’ni, katolik va protestantlar kabi yo‘nalish) tashkilotlarining faoliyatidir. Missionerlik bosqinchilik urushlari davrida mustamlakachi imperiyalarni barpo etish va mustahkamlashda ideologik ekspansiya turlaridan biri bo‘lgan. Missionerlar oshkora yoki maxfiy ravishda Amerika, Osiyo, Afrika xalqlarini zabt etishda qatnashganlar...”1
Missionerlik – bu boshqa diniy e’tiqodga ega bo‘lgan aholini o‘z diniga og‘dirib olishlik bo‘yicha diniy tashkilotlar vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat”.2 Sodda qilib aytganda, missionerlik xristianlashtirishdir. Shu o‘rinda bir narsani ta’kidlash zarur: da’vat boshqa, missionerlik boshqa. Bir din vakilining o‘z qavmiga xitobi da’vat bo‘lib, har bir inson bu ishni emin-erkin qilishi mumkin. Ammo, bir din vakilining boshqa dindagilarni o‘z diniga og‘dirish uchun qiladigan harakati esa, missionerlik deyiladi va O‘zbekiston qonunlari mana shu ishni ta’qiqlaydi.
Missionerlik davlatlararo urushlar paytida mustamlakachi imperiyalarni barpo etish va mustahkamlashda mafkuraviy hujum qurollaridan biri sifatida ishlatilgan. Missionerlar maxfiy ravishda Osiyo xalqlarini zabt etishda qatnashganlar va hozirda bu nayranglar boshqacha usulda davom etmoqda. 1962 – 1965 yillardagi II Vatikan soborida missionerlik masalalari muhokama qilinib, u haqda qonun tasdiqlangan.
Ilk missionerlik tashkilotlari quyidagilardir:
1. London missionerlik jamiyati (1795).
2. Anglikan cherkovi missionerlik jamiyati (1797).
3. Niderland missionerlik jamiyati (1792).
4. Parij Injilni tarqatish missionerlik jamiyati (1823).
5. Bazel Injilni tarqatish missionerlik jamiyati (1815).
6. Berlin missionerlik jamiyati (1824).
Ibodatxonalari ochiqcha ishlagani bilan missionerlar o‘zlari asosan yashirincha ishlashadi va makkorona uslublardan foydalanishadi. Ular yurtimizga til o‘rgatish, kampyuter o‘rgatish, har xil sohalar bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash va hokazo kabi ishlar uchun turli-tuman o‘quv markazlari tashkil etib, yoki bo‘lmasa, har xil yo‘nalishlarda xayriya ishlari bilan shug‘ullanadigan nodavlat tashkilotlari qiyofasida kirib kelishdi. Uzoq yillik siquv ostida yashagan, ammo o‘zi ilmga chanqoq, dunyo bilan muloqotga kirishishga ishtiyoqmand xalqimiz, tabiiy, bunday o‘quv markazlariga murojaat qildi. Lekin o‘qish jarayonida, “o‘qituvchi”lari asosan missionerlardan iborat ekani ma’lum bo‘ldi...
Hozirda missionerlik “tabshir” (bashorat berish), “tansir” (nasroniylashtirish) kabi nomlar bilan ataladi. Ammo ular asl faoliyatlarini niqoblash uchun turfa chiroyli nomlardan foydalanadilar. Xususan, o‘zlariga va saflariga qo‘shilganlarga har xil ilohiy sifatlar berib (“Xudoning bolalari”, “muqaddas ruh bilan so‘zlashuvchilar” kabi), boshqalardan ajralib turishlarini ta’kidlab, shu tariqa ularni saflarida tutib turadilar.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin