Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinshunoslik fanidan


Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə59/78
tarix07.01.2024
ölçüsü1,95 Mb.
#206360
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   78
Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinsh

Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik:Ma’naviyat asoslari, falsafa, pedagogika fanlari hamda fanning 6-mavzusi bilan bog‘liq.
Nazariy qism
Buddaviylik - uchta dunyo dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanib, eramizdan avvalgi VI – V asrlarda Hidistonda yuzaga kelgan. Bu dinga e’tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi – Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, Shri-Lanka, Hindiston, Nepal, Xitoy, Butan, Singapur, Malayziya, Mongoliya, Koreya, V’etnam, Yaponiya, Kombodja, Birma, Tayland, Laosda va qisman Evropa va Amerika qit’alarida, Rossiyaning shimoliy mintaqalari – Buryatiya, Qalmiqistonda istiqomat qiladilar.
Buddaviylikning turli millatlar tomonidan keng qabul qilinishi va uning keng doirada tarqalib ketishining sababi uning turli milliy va diniy an’analar bilan kirisha olishi bo’lib, bu narsa buddaviylikning hayotning barcha sohalari, jumladan, diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy qatlamlarga kirib borishiga sabab bo’ldi.
Buddaviylki asoschisi haqiqiy tarixiy shaxsdir. Buni ko’plab buddaviylik bilan shug’ullangan tadqiqotchi olimlar bizgacha etib kelgan manbalar asosida isbot qilganlar. Buddaviylik asoschisi haqida xabar beruvchi fol’klor va badiiy adabiyotlar uni Siddxarta, Gautama, Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djipa, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etadilar. Bu ismlarning ma’nolari quyidagicha: Siddxarta – shaxsiy ismi, Gautama – urug’ ismi, Shakyamuni – shaklar yoki shakiya qabilasidan chiqgan donishmand, Budda – nurlangan, Tadxagata – shunday qilib shunday ketgtan, Djina – g’olib, Bxagavan – tantana qiluvchi. Bu ismlar ichida eng mashhuri Budda ismi bo’lib, shu ismdan uning diniga buddaviylik (buddizm, buddiylik ) nomi berilgan.
Rasmiy buddaviylik hisobiga ko’ra esa Butama – Budda er.av. 623 yilda tug’ilib, 544 yilda vafot etgan. Biroq, ko’pchilik tadqiqotchilar uning tug’lishini er. Av. 564 yilda, o’limi esa 483 yilda deb hisoblaydilar. Ba’zan 560 – 480 deb to’liq sonlar bilan ko’rsatadilar.
Budda o’zining birinchi da’vatini Varanasi yaqinidagi Rishipanatana bog’ida, o’zining besh rohib do’stlariga qildi va o’shalar uning birinchi shogirdlari bo’ldilar.
Shu kundan boshlab Budda o’z shogirdlari bilan qishloqma-qishloq yurib o’z ta’limotini tarqatib o’ziga yangi izdoshlar orttiradi. Budda 40 yil davomida o’z ta’limotini Hindistonning turli joylariga etkazadi va 80 yoshida Kushtnagara degan joyda dunyodan o’tdi. Uning jasadi hind udumiga ko’ra u erda kuydirilib, uning xoki 8 ta budda jamoalariga bo’lib yuboriladi va har bir jamoa uni dafn etgan joyida ibodatxona barpo etdi.
Buddaviylik qadimiy Hind diniy - falsafiy ta’limotlari asosida vujudga kelgan , amaliyot va nazariyotdan iborat diniy tizimdir. Uning asosi “ Hayot – bu azob, uqubatdir ” va “ najot yo’li mavjud ” degan g’oyadir. Buddaviylik qonuniyatlariga ko’ra inson o’ziga moslashgan mavjudot bo’lib, o’zidan tug’uladi, o’zini o’zi halok qiladi yoki qutqaradi. Bu narsa Buddaning ilk da’vatida mujassamlashgan 4 haqiqatda o’z ifodasini topgan.
Birinchi haqiqat - “Azob uqubat mavjuddir”. Har bir tirik jon uni boshidan kechiradi, shuning uchun har qanday hayot – qiynoq, azob – uqubatdir.
Tug’ilish - qiynoq, kasallik – qiynoq, o’lim – qiynoq, yomon narsaga duch kelish – qiynoq, yaxshi ko’rilgan narsadan ayrilish – qiynoq, o’zi hohlagan narsaga ega bo’lmaslik – qiynoq. Dunyo tuzilishining asosiy qonuni bir-biriga bog’liqlik. Hech bir narsa ma’lum sababsiz yaralmaydi. Lekin har bir hodisa yoki harakatning birlamchi sababini aniqlash mumkin emas. Shuning uchun buddaviylik dunyoni shu holicha qabul qilishga chaqiradi.
Buddaviylik ta’limotiga ko’ra har qanday narsa yoki hodisa u hoh moddiy yoki ma’naviy bo’lsin Dxarma (element) lardan tuzilgan. Bu elementlar o’z xususiyatlariga ko’ra harakatsiz bo’lib, ularni harakatlantiruvchi kuch insonning hayollari va so’zlaridir. Ob’ektiv haqiqat bu doimiy ravishda o’zgarib turuvchi Dxarmalar oqimidir. Harakatdagi Dxarmalar mavjudligining 5 formasini yaratadi: tana, sezgi, his-tuyg’u, harakat, anglash. Bu 5 forma insonni tashkil qiladi. Inson ular yordamida yashaydi va borliq bilan aloqada bo’ladi, yaxshi yoki yomon ishlarni bajaradi. Bu narsa insonning o’limi bilan tugallanadi. Insonni tashkil qiluvchi besh forma (skandx) o’z navbatida qayta tug’iladi. Yangi tananing xususiyatlari asos bo’luvchi besh natijani beradi: faoliyat, gumrohlik, xohish, istak va norma. Bu prosess “hayot g’ildiragi” ni tashkil qiladi. “Hayot g’ildiragi”da doimiy ravishda aylanib, inson abadiy qiynoqga duchor bo’ladi.
Ikkinchi haqiqat - “qiynoqlarning sabablari mavjuddir”. Inson moddiy narsalar yoki ma’naviy qadriyatlardan foydalanib, ularni haqiqiy va doimiy deb hisoblaydi va doimo ularga ega bo’lishga intiladi. Bu intilish hayot davomiyligiga olib boradi. Yaxshi yoki yomon niyatlardan tuzilgan hayot daryosi, orzular va intilishlar sababli kelajak hayot uchun karma hozirlaydi. Demak, qayta tug’lish, yangitdan qiynoqlarga duchor bo’lish davom etadi. Buddistlar fikricha Buddadan keyin hech kim Nirvana holatiga erisha olmagan.
Uchinchi haqiqat – “qiynoqlarni tugatish mumkin”. Yaxshi yoki yomon niyatlar, intilishlardan butunlay uzilish Nirvana holatiga to’g’ri keladi. Bu holatda inson qayta tug’ilishdan to’xtaydi. Nirvana holati, buddaviylar fikricha, “Hayot g’ildiragidan” tashqariga chiqishdir. “Men” degan fikrdan ajralib, insonning hissiy tuyg’ularini to’la tugatilishidir.
To’rtinchi haqiqat – qiynoqlardan qutilish yo’li mavjuddir. Bu yo’l – quyida bayon etilgan uch narsaga amal qilish demakdir. Bu yo’ldan brogan inson Budda yo’lini tutadi.
Buddaviylik ta’limoti asosan uch amaliy qismdan iborat: 1. Meditasiya; 2. Axloq; 3. Donolik.

  1. To’g’ri tushinish;

  2. To’g’ri niyat qilish;

  3. To’g’ri o’zini tutish;

  4. To’g’ri anglash;

  5. To’g’ri harakat qilish;

  6. To’g’ri muomalada bo’lish;

  7. To’g’ri fikr yuritish;

  8. To’g’ri gapirish;

Axloq normalari – Budda “Pancha Shila” nasihati:

  1. O’g’irlikdan saqlanish;

  2. Gumrohlikdan saqlanish;

  3. Yolg’on, qalbaki narsalardan saqlanish;

  4. Mast qiluvchi narsalardan saqlanish;

  5. Tushdan keyin ovqatlanishdan saqlanish;

  6. O’yin – kulgidan saqlanish;

  7. Zebu – ziynat, atir – upalardan saqlanish;

Donishmandlik – bu buddaviylikning asosiy maqsadi bo’lib, narsalar tabiatini to’g’ri tushinish.
Ilk buddaviylikning dxarmalar tabiati haqidagi mavhum metafizik asoslari buddaviylikda ikki oqim “Xinayana” (kichik g’ildirak) va “Maxayana” (katta g’ildirak) yuzaga kelishiga olib keladi.
Xinayana ta’kidlashicha dxarmalar tabiatini o’rganish va nirvanaga erishish ma’naviy yo’l bilan bo’ladi. Bu yo’l juda og’ir va faqat monaxlargina nirvana holatiga etishi mumkin. Maxayana esa Budda tanasi jonzotlarni azobdan qutqarish uchun turli jonzot formasiga kirishi mumkin va hayot zanjiridagi barcha uni o’rganishi, anglashi mumkin deydi. Bu narsa cheksiz Budda ramlarini, xudolarni kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Bu xudolarga ishonish yo’llari barchaga mumkin. Shu sababli “Katta g’ildirak” deb nomlanadi.
Buddaviylikning yoyilishida Sangxa – buddaviylik jamoalarining roli katta bo’lgan. Ular yilning ob-havosi yaxshi bo’lgan 9 oyida shaharma-shahar, qishloqma-qishloq yurib, ular aholisini buddaviylikga da’vat qilib ularga Budda ta’limotini o’rgatib yurishgan. Faqatgina Musson yomg’irlari tinmay quygan 3 oydagina o’z ibodatxonalarida muqim bo’lib ibodat bilan shug’illanganlar
Eramizdan avvalgi 273-232 yillarda hukmronlik qilgan Imperator Ashoka davri buddaviylikning keng hududga yoyilishiga katta imkoniyatlar yaratdi.
Buddaviylik eramizdan avvalgi I ming yilliklar oxirlarida Shri – Lankaga va O’rta Osiyo hamda Old Osiyoni o’z ichiga olgan Kushon imperiyasiga kirib keldi. Bizning diyorimizda olib borilgan arxeologik qazish ishlari asnosida O’ratepa, Dalvarzintepa, Quva, Zartepa, Qorovultepa, Ayritom mavzelaridan topilgan Shak’yamuni sanamlari, hayvon haykalchalari, ramziy g’ildiraklar va stupa qoldiqlarining guvohlik berishicha Kushon imperiyasida buddaviylikka katta ahamiyat berilgan.
Buddaviylik eramizning I asrida Xitoyga, IV asrda Koreaga, VI asrda Yaponiyaga, VII asrda Tibetga, XIII asrdan XVI asrgacha Mongoliyaga, XVII asrdan XVIII asrlargacha Buryatiya va Tuvaga, XIX – XX asrlarda Amerika va Evropa qit’alariga kirib brogan.
Buddaviylik ta’limoti bir qator devon shakliga keltirilgan to’plamlarda bayon qilingan. Ulardan eng asosiysi Tripitaka (yoki Tipitaka) – uch savat ma’nosini anglatadi. U uch qismdan iborat bo’lganlgi uchun shunday nom bilan atalgan. Buddaviylikning bu yozma manbasi hozirgi davrda Shri – Lankada saqlanib qolgan. U eramizning boshlarida shakllangan. Ular – budda targ’ibotining haqiqiy bayoni hisoblahgan sutra matnlari (sutta - pitaka), rahboniylik axloqi va xonaqohlar nizomlariga bag’ishlangan vinaya matnlari (vinaya - pitaka), buddaviylikning falsafiy va psixologik muammolarini bayon qilib berishga bag’ishlangan abxidxarma matnlari (abxidxarma - pitaka)dan iborat. Keyinchalik shakllangan sanskrit, xitoy, Tibet, kxmer va yapon tillaridagi buddaviylikka oid adabiyotlar ancha keng tarqalgan, ammo ularning tarixiy qiymati kamroq. Budda hayotiga tegishli rivoyatlarning barchasi Tripitakada jamlangan.
Xristianlikning vujudga kelishi. Xristianlik dini buddaviylik va islom dinlari qatorida jahon dini hisoblanadi. Bu din o`ziga e'tiqod qiluvchilarning soni jihatidan jahon dinlari orasida eng yirigi hisoblanadi . Unga e'tiqod qiluvchilarning soni 1 mlrd.600 mln. bo`lib, bu son dunyo aholisining deyarli uchdan biriga to`g`ri keladi.
Xristianlik asosan Evropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya qit'alarida hamda qisman Afrika qit'asining sharqiy qismida tarqalgan.
Xristianlik eramizning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida Falastin erlarida vujudga keldi. Iso Masih (Iisus Xristos) Bibliyaning xabar berishiga ko`ra xristianlik ta'limotining asoschisi bo`lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747-yili Falastining Nazaret qishlog`ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi bilan bog`liq .
Eramizning boshlarida yahudiylar hokimiyatning uch tabaqasi bilan bog`liq og`ir tushkunlikni boshidan kechirar edilar. Bir tomondan Rim imperatori va uning joylardagi noiblari , ikkinchi tomondan Falastin podshohi Irod Antipa, uchinchi tomondan esa ruhoniylar xalqni turli soliqlar va majburiyatlar bilan ko`mib tashlagan edilar. Xuddi shu davrda yahudiylar o`rtasidagi kutilayotgan xaloskorning kelishi yaqinlashib qolganligi edi.
Xristianlik I asrning II yarimida Rim imperiyasining sharqiy qismida yashovchi yaxudiylar o`rtasida paydo bo`lgan va I o`n yillikdayoq boshqa xalqlar o`rtasiga tarqalgan. Ilk xristianlikning tez yoyilishiga sabab, u qullarning, umuman ezilgan ommaning mavjud tartib va quldorlik tuzumiga qarshi noroziligini ifodalagan. Barcha alamdiyda va jafokashlarga murojaat qilib, uning ko`ngliga samoviy kuchlar yordami bilan tez vaqt ichida zolimlar ustidan g`alaba qozonish ishonchini, yaqin fursatda er yuzida «ilohiy saltanat» o`rnatilishidan umidvor bo`lish hissini jo etgan. Xristianlikning shakllanishida yaxudiylikning ko`p g`oyalari Qadimgi Shraq dinlariga xos ayrim tasavvurlar, xususan sadaqa berib gunohdan xalos bo`lish, ilohiy xaloskorlar xaqidagi tasavvurlar asos bo`lgan .
II - III asrlarda cherkovlar tarkib topib shakllandi.
IV asrda Rim imperiyasida barcha majusiy ibodatxonalarni taqiqlovchi farmon e'lon qilindi. Xristianlik Rim imperiyasining davlat diniga aylandi. Xristianlikda monastirlar paydo bo`la boshladi. Xristianlik rivojiga Konstantiopol patriarxi Nestroiy o`zining ilohiyotga doir qarashlari bilan muayyan hissa qo`shgan. Qandaydir sabablarga binoan IV asrdan boshlab quvg`inga uchragan nestoriylar O`rta Osiyoga ko`chib kela boshlaganlar. Ular faktoriyalar deb atalgan diniy uyushmalar tashkil etib, Sug`diyonada xristian dinini tarqatganlar. Natijada majusiylik dinlari zamon talablariga javob berolmay qolgach, ulardan yuz o`girib, hatto Turk xoqonlari, mo`g`ul xonlari orasiga ham xristianlik yoyilgan.
Xristianlik ta’limotining asoslari quyidagilardan iborat:
1) xudoga ishonish. Xristianlikda xudo bitta, lekin u uch qiyofalidir. U Ota xudo, O‘g‘il xudo (Iso Masih) va Muqaddas Ruhdan iboratdir. Ota xudo tug‘ilish yo‘li bilan paydo bo‘lmagan, uni hech kim yaratgan emas. Olam va undagi mavjudotlar uning faoliyati mahsulidir. O‘g‘il xudo (Iso Masih) mo‘‘jizali ravishda tug‘ilgan. U – xristianlikning asoschisi. Muqaddas Ruh esa Ota xudodan paydo bo‘lgan.
Xristianlikdagi xudo obrazi boshqa dinlardagi xudo obrazlaridan farq qiladi. Masalan, Qadimgi Gretsiya xudolari kabi shuhratparastlik, odamlar taqdiriga befarqlik, aysh-ishratga moyillik, manmanlik, shafqatsizlik, qasoskorlik va odamlarga xos boshqa illatlar unda yo‘q. Xudolar o‘rtasida hokimiyat uchun o‘zaro keskin kurash ham yo‘q. Xristianlikda xudo odamlarning aql-idroki bilan tushunib bo‘lmaydigan tilsimot bo‘lib, u ilohiy dunyoda mavjud. Xudo muhabbatdir. U odamlarga hech qachon yomonlik qilmaydi. YOmonlik insonning birlamchi gunohkorligi va «noto‘g‘ri»turmush tarzining natijasidir;
2) Iso Masihning xaloskor-messiya ekanligiga ishonish. Xudo Adam (Odam Ato) va Eva (Momo Havo)larning «birlamchi gunohi»ni afv etish va odamlarga ilohiy haqiqatni etkazish maqsadida o‘z o‘g‘lini er yuziga yuborgan. Iso Masih erdagi hayot iztiroblari va o‘limi bilan ularning gunohlarini o‘z zimmasiga olgan. Odamlarga xalos bo‘lishning to‘g‘ri yo‘lini ko‘rsatib, xristianlikka asos solgan;
3) Iso Masihning qayta tirilishiga ishonish. Iso Masih o‘ldirilganidan keyin uch kun o‘tgach qayta tirilgan va 40 kundan keyin osmonga ko‘tarilgan. U er yuziga yana bir marta oxiratda Dajjol (Antixrist)ni o‘ldirib, o‘liklar va tiriklarni so‘roq qilish va ilohiy podsholikni qurish uchun qaytib keladi;
4) odamning gunohkorligi va undan xalos bo‘lishiga ishonish. Xudo odamlarning ajdodi Adam va Evani o‘zining jismiga o‘xshash qilib yaratgan va ularga boqiy hayot baxshida etgan, moddiy dunyoga egalik qilish va boshqarishni buyurgan. Jannatda yashayotgan Adam va Evaxudodek bo‘lishga intilib, man qilingan «donishmandlik» daraxtining mevasini eganlar. Oqibatda odam boshqa jonzodlar bilmaydigan yaxshilik va yomonlikni farqlay boshlagan, uyat nimaligini tushungan. SHu bois insoniyat hayotida cheksiz muammolar paydo bo‘lgan. Xudo ularni bu qilmishlari uchun jazolagan: birinchidan, odamlar yalpi gunohkorlikka mahkum qilinganlar; ikkinchidan, boqiy hayot imtiyozi bekor qilingan.Xristianlikda birlamchi gunoh oqibatlaridan qutulish yo‘llari ko‘rsatilgan. Bu ish bir necha bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda Iso Masih erga kelib, erdagi iztiroblari va o‘limi bilan birlamchi gunohni o‘z zimmasiga olgan. Ikkinchi bosqichda Iso Masih erga oxiratda yana qaytib keladi, Antixristni engib abadiy hayot, baxt-saodat hukmron bo‘lgan ilohiy podsholikni vujudga keltiradi. SHu vaqtdan boshlab, odamlarga berilgan «birlamchi gunoh» jazosi bekor qilinadi, insonlarning baxtli va boqiy hayot davri boshlanadi;
5) jannat va do‘zaxga ishonish. Jannat va do‘zax – odamlarning o‘lganidan keyin erdagi xulq-atvorlariga ko‘ra ruhlari oxiratgacha turadigan joy;
6) oxiratga ishonish. Xristianlik ta’limotiga binoan, oxirat boshlanishidan oldin erga Antixrist keladi va qiyomat-qoyim boshlanadi. Oxir-oqibatda Iso Masih erga qaytib kelib, Antixristni engadi. O‘lganlar qayta tiriladi, tiriklar va o‘lganlar qayta ajrim qilinib, yangi hayot boshlanadi;
7) axloq qoidalarining diniy ta’limotdagi katta ahamiyati.Xristianlik axloqidagi ustuvor qoidalar xudoni sevish va yaqin kishiga bo‘lgan muhabbatdir. YAqin kishini sevish odamning o‘z yaqin qarindoshlarinigina emas, balki u bilan bevosita muloqotda bo‘lgan odamlarni ham sevishini bildiradi. Xudo asosiy axloqiy qadriyat sanaladi va odamlardagi mo‘minlik, haqiqatni izlash, rahmdillik va tinchliksevarlik fazilatlari ulug‘lanadi.
Xristianlikda (boshqa dinlardagi kabi) diniy marosimlar va bayramlarga alohida e’tibor beriladi. Zero, ular orqali kishilar ongida xudoga ishonch, e’tiqod mustahkamlanadi, o‘zaro ilohiy munosabatlar o‘rnatiladi. Kishilar ongiga hissiy-obrazli ta’sir etish bilan diniy ta’limot mustahkamlangan va avloddan-avlodga o‘tkazib kelingan. Masalaning murakkabligi shundaki, xristianlikning marosim va bayramlari uzoq vaqt davomida shakllangan va bu jarayon undagi turli yo‘nalish va oqimlarning vujudga kelishi bilan bir vaqtda amalga oshgan. SHu bois xristianlikning marosim va bayramlari masalasiga yo‘nalishlarini tahlil qilganda to‘xtalish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin