Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinsh
Diniy his – tuygular insonlarning diniy qarashlari orqali vujudga keladigan kechinmalardir. Unga quyidagi kechinmalar masalan, xudoga muhabbat, jannatga tushishga umid, shaytonga nafrat va boshqalar kiradi.
Diniy harakatlar – bu dindor kishilarning g’ayritabiy kuchlarini hohishlariga ta’sir etishga qaratilgan. Unga barcha diniy marosimlar: ibodatlar, ikonalarga sig’inish, xristianlikda cho’qintirish, tavba – tazarru, ro’za va boshqalar kiradi.
Diniy g’oyalar va diniy his – tuyg’ular birgalikda diniy ongni tashkil etadi, diniy harakatlarni tashkil etadi.
Jamiyatda diniy ideologiya – mafkura mavjud bo’lgan. Unga diniy g’oyalar, tasavvurlar, marosimlarni bajarish qoidalari keng xalq ommasi o’rtasida tarqagan tasavvurlar, kayfiyatlar, an’ana, marosimlar, bayramlar yaxlitligi bo’lib o’z – o’zidan shakllanib boradi.
Fransuz sotsiolog olimi E. Dyurkgeym dinlarni qiyosiy tahliliy o‘rganish natijasida «Diniy rayotning elementar shakllari.Avstraliyadagi totemistik tizim» nomli asarida eng qadimgi din shakllarini atorflicha yoritib bergan.Ibtidoiy diniy tasavvurlarga: totemizm, fetishizm, animizm, shomonlik, sehrgarlik kiradi va biz quyida ular haqida gaplashamiz.
Shimoliy Amerika hindularining ojibve qabilasi tilida «ototem» - uning urug’i ma’nosini bildiradi. Totemizm tushunchasi ayrim shaxsning yoki bir guruh kishilar, urug' yoki qabilaning ko'pincha qandaydir bir hayvon yoki o'simlik bilan qon-qarindoshlik aloqasi bor, degan e'tiqodni anglatadi. Bu dinga sig'inuvchilar o'zlarini ma`lum bir hayvon yoki o'simlikdan kelib chiqqan, deb hisoblashadi.
Totemlar avstraliyaliklarda gruppalarning asoschisi hisoblangan. Uni yeyish ham, agar totem daraxt bo'lsa kesish ham mumkin emas. Qurollarga, turmush predmetlari hamda qayiqlarga totemlarning rasmi solinadi, turar joylar ularning rasmlari bilan bezatilgan. Tlinkitlarda (Shimoliy Amerika shimoli-g'arbiy qirg'og'i) har bir uyning oldida balandligi 40 m.gacha bo'lgan katta totem ustunlar o'rnatilgan. Ustunlarga naqshlar o'yilgan, unda totem avlod-ajdodining sarguzashtlari tasvirlangan. Tetemistik qarashlar insonlar o‘rtasida o‘ziga xos qarash,munosabatlarni keltirib chiqargan.Ular odamlarni «o‘zlariniki» va «begonalarga» bo‘lishadi. Bunday e’tiqod tarafdorlari hayotlarida bajarish mumkin va ta’qiqlangan harakatlar yoki narsalar mavjud,de hisoblashadi. Inson hayoti totemlarga bag‘ishlangan marosimlar bilan bog‘liq xolda o‘tadi.Bunda totemlarni ulug‘lash,undan najot kutish va u bilan qo‘shilib ketish kabilarni kuzatish mumkin. Totemizmda ta’qiqlar sistemasi – tabu mavjud.Bu tizim ayniqsa Polineziya mamlakatida ancha taraqqiy etgan.Taqiqlarga masalan, ma’lum bir taomni yoki mahsulotni emaslik, ma’lum kunda ishlamaslik kabilardir.
Yana bir din shakli fetishizm («feytisho» fransuzcha, portugalcha so'z tumor, sehrlangan buyum degan ma'noda) din tarixiy barcha pog'onalaridan iborat muhim elementi sifatida oddiy ilk dinlardan to murakkab jahon dinlarigacha hammasida namoyon bo'lgan. Ibtidoiy odamlar uchun barcha narsa fetish bo‘lishi mumkin edi, masalan, tosh, daraxt parchasi, xayvon terisi, tishi va boshqalar.Fetishlarni 2 guruhga bo‘lishgan:
1.Baxt va omad keltiruvchi (tumorlar,taqa va b.)
2.Turli ofatlardan saqlovchi (ko‘zmunchoq,isiriq,kalampirva b.)
Fetishizmning mohiyati shundaki, dahshatli tabiiy yoki berahim ijtimoiy kushlar oldida ojiz qolgan odam hurofiy qo'rqinch tuyg'ulari asosan qandaydir g'ayritabiiy kuchlardan madad kutadi, uning himoyasiga umid bog'laydi. Masalan, O'zbekistonda ham «muhad» daraxt va toshlar, har xil avliyo va anbiyolarga sig'inish, turli duo va tumorlardan madad istash, ayrim buyumlarning (isiriq, pichoq, qalampir)ning temir kuchga ishonish, muqaddaslashtirish fetishizm bilan bog'liq tasavvurlardir.O'zbekistonda fetishizmning yorqin namunasi yomg'ir chaqirish marosimida qo'llaniladigan yada toshi .XI asrda M. Qoshg'ariyning ta'rificha turkiy xalqlar «yomg'ir, shamol va biror narsa talab qilish uchun maxsus toshlar (yada toshi) bilan fol ochish odati bo'lgan. Bu odatlar ular orasida keng tarqalgan. Men buni yag'molar shimolida o'z ko'zim bilan ko'rdim».
Yana bir dinning shakli magiya (sehrgarlik) hisoblanadi. Magiya yolg’on va ko’zga ko’rinmaydigan sehrli aloqa va turlarning tabiat mavjudligiga ishontirish ayrim hollarda odam bilan tabiat o’rtasidagi munosabatlarga o’zaro ta’sir o’tkazish, biror odamning ikkinchi bir shaxsga ta’sir qila bilish qobiliyatiga ega ekanligidan iborat diniy e’tiqodlar bo’lgan va hodisalar afsonaviy kuchga ega ekanligiga ishonish baxt va omad keluvchi yoki balodan saqlovchi har xil tumor va tilsimlarning paydo bo’lishiga yaxshilik va yomonlikdan iborat turli irim – sirimlarning kelib chiqishiga sabab bo’lgan.Barcha xalqlarni, shu jumladan o’zbeklardan ham so’z va qattiq ko’z bilan bog’langan sehrgarlar qadimdan tarqalgan va hozirgacha kuchini saqlagan magiya turlaridan biri.
G’ayri tabiiy kuchlar haqidagi tushunchalar ibtidoiy odamlarda shu jumladan kerakli, ya’ni foydali yo’lda foydalanish istagini tug’dirgan. Biror maqsadga erishishning amaliy yo’lini topolmay kishilar sehirgar kishilariga umid bog’laganlar.
Ibtidoiy dinlarning ilk shakllaridan biri animizmdir. Bu nom fanga ingliz etnografi E. Teylor tomonidan kiritilgan (lot. “anima” jon, rux degani). Ibtidoiy odamlarda dastlab jon va tananing alohidaligi va jonning mustaqil yashashi mumkinligini to’gri oddiy tasavvurlar paydo bo’lgan, ular o’z tanalar ituzulishini, odamning o’lishini va jasadi bilan bog’liq hodisalarni tushuncha olmay jonning mavjud bir narsa deb bilganlar. Boshqa xalqlardagidek O’zbekiston ham animistic tasavvurlarning tub mohiyati ruhlar haqidagi qadimiy qarashlar bilan bog’liq.
Hozirgacha ozbeklarning tasavvurlarida ruhlar, o’z tabiatiga ko’ra yovuz yoki yomon (shaytoniy hamda ezgu yoki yaxshi raxmoniy) kabi turlarga bo’linadi. Bunday dualistic qarashlarga ko’ra, ruhlar, insonga yo ijobiy, yo salbiy ta’sir ko’rsatadi.Animistik tasavvurlar istisnosiz barcha xalqlarga xosdir. Bunday tasavvurlar juda qadimiy zamonlarda ibtidoiy odam o’zini o’rab turgan tabiat hodisalarini va o’z hayotini tush, uyqu va bularning mohiyatini tushunmagan holda, uni o’zicha tushuntirishga intilishdan kelib chiqqan.