Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinshunoslik fanidan


Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə53/78
tarix07.01.2024
ölçüsü1,95 Mb.
#206360
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   78
Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinsh

Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik: har bir shaxsni ijtimoiy hayoti davomida din muhim o’rin tutadi, falsafa, ma’naviyat asoslari, pedagogika, sotsiologiya va boshqa fanlar bilan bog’liq.


Nazariy qism
Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq diyorimizning barcha fuqarolari haqiqiy diniy e’tiqod nima ekanligini his eta boshladilar.Bugungi kunda turli din vakillarining hech qanday to‘siqlarsiz o‘z dinlariga e’tiqod qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.Sobiq sho‘ro davrida mamlakatimizda 89ta masjid 2 ta madrasa faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa hozirgi kunda O‘zbekiston musulmonlari idorasi boshqaruvi ostida 2000dan ortiq masjid,10ta madrasa va Toshkent islom instituti – oliy ma’had faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.Istiqlol tufayli mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida ham dinlarni o‘rganuvchi dinshunoslik fani yoshlarga o‘qila boshlandi.
Dinshunoslik fani dinning paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixini, uning ta’- limotini, vujudga kelishi va shakllanishini o’rganuvchi fandir. Bu fan jamiyat taraqqiyoti jarayonida din bilan bog’liq bo’lgan barcha ijtimoy hodisalarni – mafkura va aqidalar, urf – odat va marosimlar, diniy tashkilotlarning talab va tartiblarini o’rganish, tahlil qilishni ko’zda tutadi. Dinshunoslik XIX asr o’rtalarida G’arbiy Yevropada alohida fan tarmog’I sifatida vujudga kelgan. Uning asoschilari – Myuller, Taylor, Tile, Freyzer, Sosse. Dinshunoslik XX sar 30 – yillarida O’zbekistonga tarqaldi. Bu erda oldin islomshunoslik bor edi, xolos.Hozirgi kunda dinni turli jihatlarini o‘rganuvchi sohalari vujudga kelib taraqqiy etgan.
Dinshunoslikning o’z tekshirish va o’rganish ob’ekti mavjud. U dinning paydo bo’lishi, ijtimoiy mohiyati va jamiyatdagi rolini tadqiq qilish bilan birga diniy e’tiqodlarning paydo bo’lishi va yashashi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi evolyutsiyasini ilmliy jihatdan o’rganadi.
Dinshunoslik predmeti – kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bo’lgan barcha din shakllarining ma’nosini, ma’naviy, ijtimoiy, gnoseologik va psixiologik ildizlarini, ularning ta’limoti va marosimchiligini, jamiyat hayotida tutgan o’rni va tamoyillarini ilmiy asosda o’rganuvchi, o’rgatuvchi fandir.
Dinshunoslik fanining vazifasi dinni falsafiy, tabiiy–ilmiy, tarixiy va psixologik nuqtai – nazardan har tomonlama tahlil qilishdan iborat.
Dinshunoslik tabiiy, ilmiy, insonshunoslik va ijtimoiy fanlar bilan o’zaro bog’liqlikda rivojlanadi. Uning etika, estetika, tarix, etnografiya, arxeologiya, psixologiya va boshqa ijtimoiy hamda tarixiy fanlar bilan mustahkam bog’liqligi dinshunoslik nazariyasini boyitadi.
Dinshunoslik murakkab, qurama fan sohasidir. Dinni turli xil fanlar o’rganadi. Masalan,dinlar tarixi – ibtidoiy jamiyatdan hozirgi davrlargacha bo’lgan dinlar evolyutsiyasini o’rgatai.Din psixologiyasi – dinni inson psixik faoliyati bilan bog’liq holda o’rgatadi. Din sotsiologiyasi – dinga ijtimoiy hodisa sifatida yondoshishini, uning ijtimoiy funksiyasini o’rgatadi.Din antropologiyasi – alohida olingan shaxs madaniyati tizimida din qanday rol o'ynashini o'rgatadi. Din falsafasi – dinni turli g'oya, qarash, ta'limotlar tizimi sifatida o'rgatuvchi falsafadir.Diniy axloq – umuminsoniy axloq xazinasidan din tanlab, terib olib, ularga tus bergan hulq-odob, o'git, nasihat, da'vat, qoralash, ma’qullash, rag'batlantirishlarni o'rganadi. Diniy estetika – dinni tasvirlash, tavsiflash, tarqatish, dindorlarni jalb etish, mustahkamlash, diniy ibodat, amallarni o'tkazishga yordam beradigan badiiy bilimlarni o'rgatadi.
Dinshunoslik oliygoh talabalarini shu sohadagi bilim doiralarini kengaytirish, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan erkin fikr yuritish hamda ilmiy va diniy tushunchalarni hozirgi fanlar va talabalar nuqtai – nazaridan turib o’rganishdan iborat. Dinshunoslik bilimlarning kompleks (lotincha complexus –aloqa, birikma degan ma’nolarni anglatadi) tarmog‘ini tashkil etadi. Mazkur fan ilohiyot, falsafiy va ilmiy fikr rivoji natijasida shakllandi.
Diniy bilimlarning tarixan tashkil topgan birinchi shakli ilohiyot (teologiya grekcha teos – xudo va logos – ta’limot degan ma’noni anglatadi), ya’ni xudoni o‘rganuvchi ta’limotdir. Ilohiyot muayyan dinning aqida (qoida)larni, muqaddas yozuvlar va diniy tashkilotlar hujjatlarini odamlarga tushunarli tilda etkazib beruvchi ta’limotdir. Dinga ilohiyot nuqtai nazaridan yondashuv dinni uning ichidan o‘rganishdir, chunki ilohiyot vakillari dinni faqat xudoga ishongan kishi tushunishi mumkin deb hisoblaydilar.
Dinni o‘rganishda ilohiy yo‘nalish bilan birga falsafiy va ilmiy yo‘nalishlar ham mavjud. Falsafiy va ilmiy yo‘nalishlar, ilohiyotdan farqli ravishda, dinni «ichidan» emas balki «tashqaridan» o‘rganadi. Ularning dinni o‘rganish usullari ilohiyotnikidan farq qiladi.
Falsafiy va ilmiy yo‘nalishlar dinni tafakkur, mantiqiy-nazariy, empirik-ilmiy prinsiplarga tayanib o‘rganadi.Falsafiy va ilmiy yo‘nalishlarning dinga yondashuvidagi umumiy jihatlari bilan birga o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud.Masalan, falsafiy yondashuv tevarak atrofdagi voqea-hodisalarning umumiy prinsiplari hamda qonuniyatlarini topishga, narsa-hodisalarning mohiyatini aniqlashga intiladi, ularga tanqidiy nuqtai nazardan yondashadi. Bunday yondashuv mavjud dunyoqarashning qanchalik to‘g‘ri ekanligini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda ijtimoiy hayotda isbotlanmaganlari inkor qilinadi, isbotini topganlari yanada rivojlantiriladi.
“Mustaqillik” izohli lug’atida dinga quyidagicha ta’rif berilgan: “din ijtimoiy hayotni, voqelikni, uning hodisalarni o’ziga hos tarzda in’ikos ettiruvchi ong shakllaridan biri”.
“Din” arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilida “ishonch”, “ishonmoq” degan ma’nolarni anglatadi.Din e’tiqod hamdir. E’tiqod so’zi ham arab tilidan kirib kelgan bo’lib “chuqur, mustahkam”, “chuqur ishonch, maslak, ishonish” tushuniladi.
Din bu – tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri, insoniyatni bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo'lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga birdan-bir «to'g'ri», «haqiqiy», «odil» hayot yo'lini ko'rsatadigan va o'rgatadigan ilohiy qudratga ishonich va ishonchini ifoda etadigan maslak, qarash, ta'limotdir.
Din – muayyan ta'limotlar, his-tuyg'ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo'ladigan olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo'lganidan to bizgacha o'tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks ettirishdir. Komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo'lgan ma'naviy ahloqiy kuchdir.
Umumiy nuqtaiy nazar shuki, din – ishonmoq tuyg'usidir. Ishonmoq tuyg'usi insoniyatning eng teran va eng go'zal ruhiy, ma'naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi bo'lmagan xalqning o'zi yo'q.
Jamiyat shakillanishining dastlabki davrlarida paydo bo'lgan din xalqlar hayoti bilan bog'liq holda rivojlangan, moslashgan sekin-asta diniy tizimni vujudga keltirgan. Natijada ma'lum ijtimoiy-siyisiy va madaniy-ahloqiy vazifalarni bajarishni o'z zimmasiga olgan. Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma'naviy, ruhiy vazifalari quidagilardan iborat.


1. Har qanday din e'tiqod qiluvchilar uchun to'ldiruvchi, ovutuvchi (kompensatorlik) vazifasini bajaradi. Masalan, insonda diniy ehtiyoj hosil bo'lishini olib qaraylik. U o'z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo'lgan munosabatlari jarayonida shaxsiy va ijtimoiy ehtiyoj, maqsadlarga yetishishi qiyin, ilojsiz bo'lib ko'ringanda bunday ma'naviy-ruhiy ehtiyoj vujudga kelgan. Din bu – o'rinda ma'naviy-ruhiy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajaradi.
2. Dinlar o'z ta'limot tizimini vujudga keltirib, unga e'tiqod qiluvchi shaxs va jamoani shu ta'limot doirasida saqlashga harakat qiladi. Buni dinlarning birlashtiruvchilik (integratorlik) fuksiyasi bajaradi.
3. Din dindorlar hayotini tartibga solish, nazorat qilish funksiyasini bajaradi. Har qanday dinlarning ma'lum urf-odat, marosim va bayramlari bo'lib, ularni o'z vaqtida, diniy ta'limot va talab asosida bajarilishi shart qilib qo'yiladi.
4.Din dindorlarning birligini, janiyat bilan shaxsning o'zaro aloqasini ta'minlovchi hususiyat – aloqa bog'lashlik vazifasiga ham egadir. Bunda u yoki bu dinga e'tiqod qiluvchi kishilarning o'z dinidagi kishilar bilan aloqador ekanligi, o'zaro huquq va burchlarni borligi, urf-odat va ibodatlarini jamoa bo'lib bajarilishi lozimligi nazarda tutiladi.
5. Dinning integratorlik vazifasi bilan legitimlovchilik – qonunlashtiruvchilik vazifasi chambarchas bog'liq. Din bu funksiyasining nazariy asosini yirik amerikalik sotsiolog T. Parsons ishlab chiqdi. Uning fikricha, «har qanday ijtimoiy tizim muayyan cheklovlarsiz mavjud bo'lolmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga ko'tarilgan ahloq normalarini qonunlashtiribgina qolmay, ularga bo'lgan munosabatni ham belgilaydi.»
6. Din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari ham mavjud. Bu vazifa insonga yashashdan maqsad, hayot mazmunini, dorulfano va dorulbaqo dunyo masalalariga o'z munosabatlaini bildirib turishdan iboratdir.
Qadimgi davrlarda bo'lgani kabi hozir ham barcha dinlar bir-biri bilan bog'liq bo'lgan bir qancha funksiyalarni bajarib kelmoqda. Dinning asosan gnoseologik, ya'ni dunyoni bilishga doir, ijtimoiy yohud jamiyatni muayyan diniy tartiblarda ushlab turish zarurati, psixologik, ya'ni dindorlarning ma'naviy-ruhiy ehtiyojlari bilan bog'liq bo'lgan ildizlari mavjuddir.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin