Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinshunoslik fanidan



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə22/78
tarix07.01.2024
ölçüsü1,95 Mb.
#206360
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   78
Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinsh

DINNING IBTIDOIY FORMALARI
Darsning maqsadi:
Diniy ong asoslarining shakllanishi, totemizm, fetishism, va animism kabi tasavvurlar haqida ma’lumot beriladi
Tayanch so‘zlar

Shaman, Magiya, Totem, Fetish, Mif, Din, Ibtidoiy din, Ruh.
Reja

  1. Diniy ong asoslarining shakllanishi.

  2. Totemizm.

  3. Animizm.

  4. Shamanizm magiya)

  5. Fetishizm.

  6. Ibtidoiy mifologiya.



Diniy ong asoslarining shakllanishi. Ilmiy adabiyotlarda keltirilishicha, “ibtidoiy odamning jismoniy, fiziologik, asab-endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari o‘ziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu nafaqat uning hayoti va faoliyatiga, fe’l-atvoriga, balki uning fikrlash darajasiga, kuchli hayajonlanishiga, tasavvur etishiga, mustahkam haqiqiy yoki soxta mantiqiy qonuniyatlarni kashf etishiga ta’sir ko‘rsatdi. U ibtidoiy bo‘lsa ham aqlli, fikr yurituvchi, ma’lum tahlilga qobiliyatli, konkret holatda fikr yurita oladigan, doimiy faoliyatida vujudga kelgan amaliy tajribalarga ega bo‘lgan odam edi. Bunday tahlil nimaga asoslangan? Bilim miqdorining nihoyatda ozligi va uni doimiy takomillashib borishi, oldinda turgan hayotdan qo‘rquv va uni yengishga bo‘lgan intilish, amaliy tajribani uzluksiz ko‘payishi, tabiat kuchlariga mutlaq tobelik va undan qutilishga tirishish, atrof-muhit injiqliklari va ularni yengish va h.k. - bularning barchasi shunga olib bordiki, uning ilk qadamidan nafaqat mantiqiy talabchanlik, balki hissiy-ijtimoiy, xayoliy-fantastik munosabatlar kelib chiqdi. Gap “ongli yovvoyi” yoki “abstrakt fikrlovchi kishi” to‘g‘risida borayotgani yo‘q, ayni jamoaning qonun qoidalaridan chiqmagan holda, qolaversa 20-50 kishidan iborat bo‘lgan kichik qabila, mehnat faoliyati jarayoni ov, ozuqa izlash, qurol yasash, turar joyni jihozlash, olovni saqlash va h.k.) doimiy ijtimoiy munosabatlar, oilaviy urug‘doshlik aloqalari va hodisalar jarayonida nikoh aloqalari, tug‘ilish va o‘lim) ushbu jamoaning ruh homiylari, g‘ayritabiiy kuchlar va voqeiylik o‘rtasidagi g‘ayrioddiy aloqalar to‘g‘risida ibtidoiy tasavvurlar mustahkamlanib borgan. Real hayot bilan bir qatorda o‘zga dunyo mavjudligi, marhumlar tiriklar hayotiga ta’sir eta olishi to‘g‘risidagi g‘oyalar yuzaga keldi”.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin