Toshkent farmatsevtika instituti


ANTIDEPRESSANTLAR, LITIY PREPARATLARI VA NOOTROPLAR



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə45/76
tarix31.03.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#54517
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   76
нейротроп

ANTIDEPRESSANTLAR, LITIY PREPARATLARI VA NOOTROPLAR

ORQA MIYAGA TA’SIR ETUVCHI VOSITALAR.

Odamning ruxiy faoliyati ikki jarayon: tuygu-xissiyot va fikrlashdan iborat. Tuygu-xissiyot asosan MNTni pustlok ostidagi limbik tizim-orka gipotalamus va talamus faoliyati, yukori darajali nozik, nafis, axlokka oid tuygu-xissiyotlar miya pustlogining faoliyati, fikrlash, asosan miya pustlogi, gipotalamus xamda gippokamp faoliyati bilan boglik. Miya pustlogining faolligiga asosan retikulyar formatsiya ta’sir kiladi.

Ma’lumki, odamning ruxiy xolati oliy nerv faoliyatining ancha murakkab kurinishi bulib, ichki va tashki muxitda bulayotgan xodisalarni tugri talkin kila bilish va bularga baxo berib, tegishlicha munosabatda bulish kobiliyatiga boglikdir. Odamning yurish-turishi, uzgalar bilan munosabati, jamiyatda tutgan urni, ish faoliyati va boshkalar uning ruxiy xolatiga kup tomondan boglik buladi. Bu xolatning xar xil sabablarga kura buzilishi ruxiy kasallikka olib kelishi mumkin. Bunday xastaliklarning kelib chikishida irsiy omil, yoshlikdagi tarbiya, ijtimoiy omillar va atrofdagi nobop muxitning ta’siri katta.

Shizofreniya surunkali kechadigan ogir kasallik bulib, vakti-vaktida xuruj kilib turishi va xurujlari turlicha namoyon bulishi bilan ta’riflanadi. Masalan, uning maniakal, paranoid, depressiv shakllari bor. Kasallik xuruj kilib kolgan maxalda psixomotor kuzgalish xolati vujudga keladi. SHunday vaqtda antidepressantlar va litiy preparatlari ishlatiladi.

Antidepressantlar deb, ruxan tushkunlik xolatini, kayfiyatni yaxshilaydigan preparatlarga aytiladi. Ma’lumki, ayrim ruxiy xolatlar ruxiy tushkunlik, kam xarakatchanlik, kam xafsalalik va kayfiyatning buzilishi bilan kechadi. Ruxiy tushkunlikning (depressiya) ogir shakllari xayot uchun xavfli xisoblanadi. CHunki ayrim xollarda (shizofreniyada) odam uz joniga kasd kilishga intiladi.

Antidepressantlarning ta’sir mexanizmiga kursa tasnifi kuyidagicha:

1. MAO ingibitorlari-kaytmas (nialamid) va kaytar ta’sirga ega (pirazidol, tetrindol, inkazan, moklobemid, befol) preparatlar,

2. Neyronal kayta ushlanish ingibitorlari -tanlamasdan (imipramin, dezipramin, klomipramin, opipramol, amitriptilin, azafen, ftoratsizin, maprotilin) va tanlab ta’sir kursatuvchi (trazodon, fluoksetin, fluvoksamin, sertralin, paroksetin) preparatlar,

3. Xar xil guruxga mansub vositalar (tianeptin, sidnofen).

Monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari. MAO ingibitorlari serotonin va noradrenalinni oksilovchi dezaminlanishini susaytiradi, natijada ular miya to‘qimasida to‘planadi. Bu preparatlar GAMK almashinuviga xam ta’sir etadi degan fikr bor. Antidepressiv ta’sirdan tashqari MAO ingibitorlari psixostimullovchi xususiyatga xam ega, eyforiya, qo‘zg‘alish, uyqusizlik chaqiradi. MAO ingibitorlari rezerpinni sedativ, gipotenziv samaralariga antogonistik ta’sir etadi. MAO ingibitorlari adrenomimetiklarni pressor effektini kuchaytiradi, gipotenziv ta’sir etadi. Preparatlar MAOdan tashqari jigar mikrosomal fermentlarini ham ingibirlaydi va dorilar ta’sirini uzaytiradi. MAO ingibitorlari zaxarliligi kuchli bo‘lgani uchun ishlatilishi cheklangan, ayniqsa jigarga salbiy ta’sir etadi, MNSni qo‘zg‘atib, titrash, tirishish, uyqusizlik chaqiradi.

Ushbu gurux preparatlari ichida nialamid kup ishlatiladigan bulib, terapevtik ta’siri 8-14 kun davomida asta-sekin yuzaga chikadi. MAO fermenti tusilishi 11-12 soat davom etadi. Kasallarni davolash uchun 1-4 oy zarur buladi.

Antidepressant xisoblangan nialamid preparati MAO fermentiga ta’siriga kura ipraziddan kuchsiz va zaxarliligi xam kamrok. Rezerpin ta’siri bilan boglik bulgan tushkunlik xolatini yukotadi. Nojuya ta’siri ancha kam.

MAO ingibitorlari guruxiga pirazidol va inkazan preparatlari xam kiradi. Pirazidol MAO fermentini tusishi bilan birga noradrenalinning presinaptik parda orkali kaytadan utishini tormozlaydi. Ta’sir doirasi ancha keng. Ruxiy tushkunlikning xar xil shakllarida keng ishlatiladi. Pirazidol sedativ ta’sirga ega, M-xolinobloklovchi ta’siri yo‘q. Preparatni bemorlar yaxshi qabul qiladi.

Inkazan antidepressiv ta’siriga kura pirazidolga yakin. Rezerpinning antagonisti bulgan fenamin, L-Dofa, 5-oksitriptofan ta’sirini kuchaytiradi. Xolinolitik ta’siri yuk.

Keyingi gurux boshkacha nom bilan uch siklik antidepressantlar xam deyiladi. Bu guruxga kiruvchi preparatlar MAO fermentiga ta’sir etmay, markaziy nerv tizimidagi adrenergik jarayonlarni zuraytiradi. Anikrogi, ular ta’sirida mediator bulgan noradrenalinning depodan sinaptik bushlikka chikishini orttiradi, uning kaytadan depoga utishini sekinlashtiradi va shu sababli mediatorning mikdori kupayishi xisobiga miyadagi adrenoretseptorlar kuzgaladi. Bundan tashkari, uch siklik preparatlar ta’sirida serotoninergik jarayonlar zurayadi degan fikrlar xam bor. Seratoninning limbik tizimga tormozlovchi ta’sirining kuchayishi xam antidepressantlar ta’sir mexanizmida aloxida axamiyatga ega. Bu guruxga asosan imizin va amitriptilin kiradi.

Imizin (imipramin) preparati-antidepressiv, birmuncha sedativ va ayrim xollarda esa psixostimullovchi ta’sir kursatadi. Antidepressiv samarasining mexanizmi yukorida qayd kilingan adrenergik jarayonlarning zurayishi bilan boglik. Sedativ samara (mexanizmi yukorida bayon kilingan) esa imizinning markaziy M-xolinoretseptorlarini tusuvchi ta’siri bilan ta’riflanadi. Preparatning psixostimullovchi ta’siri ayrim xollarda bilinar-bilinmas umumiy kuzgalish, kayfiyatning yaxshilanishi, uykuning buzilishiga olib kelishi mumkin. Imizin periferik M-xolinolitik xossasiga xam ega. SHuning uchun kasallarni davolashda atropinga xos bulgan uzgarishlar xam bulib turadi. Bundan tashkari, antidepressant kisman papaveringa uxshash va gistaminga karshi ta’sir kursatadi.

Me’da-ichak tizimidan imizin yaxshi suriladi. Terapevtik samarasi asosan 2-3 xaftadan keyin boshlanadi. Preparat tanada metabolizmga uchrab, metabolitlar, qon’yugatlar va kisman uzgarmagan xolda peshob bilan chikariladi. Imizinning nojuya ta’siri kupincha, atropinga uxshash, periferik ta’siri bilan boglik buladi (ogizning kurishi, taxikardiya, kuz korachigining kengayishi, akkomadatsiyaning uzgarishi va boshkalar). Allergik reaksiyalar, kungil aynishi va boshka uzgarishlar xam kuzatiladi. Markaziy nerv tizimi faoliyatining buzilishi uykusizlik, umumiy kuzgalish, xavotirlanish va dovdirashga sabab bulishi mumkin.

Bunday nojuya xolatlarda preparat berish tuxtatiladi. Me’da faollangan kumirli suv bilan chayiladi, tuzli surgilar beriladi. Ushbu xolatda barbituratlar, aritmiya va taxikardiyada esa antixolinesteraza preparatlari tavsiya etiladi.

Amitriptilinning farmakologik ta’siri imizinga yakin. Lekin amitriptilinda antidepressiv ta’sir kuchlirok va psixosedativ samara bilan birga kechadi. Psixostimullovchi ta’siri esa yuk. Bundan tashkari, amitriptilinning M-xolinolitik va antigistaminlik ta’siri imizinnikidan kuchlirok. Amitriptilinning psixosedativ ta’siri markaziy M-xolinolitik xossasi bilan boglik bulsa kerak degan fikr bor. Bunday xususiyatlarning borligi sababli bemorlarni davolashda preparat samarasi imizinga nisbatan tezrok yuzaga chikadi. Nojuya ta’siri imizinnikiga uxshash.

Litiy preparatlari. Litiy tuzlari maniakal xolatlarni oldini olish va davolashda ishlatiladi. Ta’sir mexanizmi noradrenalinning nerv oxirlaridan ajralishini kamaytirish yoki uning parchalanishini tezlashtirish bilan boglik deb xisoblanadi. Enteral yuborilganda yaxshi suriladi, tanada bir tekis taksimlanadi. Filtratsiya yuli bilan buyraklar orkali chikib ketadi. YArim chikarilish davri 24 soatga teng. Parxezda natriy xlorid mikdorini oshirish yuli bilan eliminatsiyasini tezlashtirish mumkin. Neyroleptiklardan samarasining sekin rivojlanishi (2-3 xaftada), maniyalarda (maniakal-depressiv psixozlarda) tanlab ta’sir kursatishi va sedativ ta’siri yukligi bilan fark kiladi. Litiy tuzlari kichik terapevtik ta’sir kengligiga egaligi sababli doim qondagi mikdori nazorat ostida bulishi lozim (1, 6 mekv/l dan oshmasligi kerak). Litiy tuzlarining nojuya tomonlari:dispepsiyalar, mushaklarning zaiflashishi, tremor, poliuriya, chankoklik, bukok rivojlanishi. Litiy tuzlari tanada tuplanib, zaxarlanishlarga olib kelishi mumkin, bunda diareya, kusish, ataksiya, tirishishlar va dizartriya kuzatiladi. Ogir xollarda esa karaxtlik va ulim bilan yakunlanishi mumkin. Zaxarlanishlarda asosiy yordam litiyni tanadan chikishini tezlashtirishga karatiladi (diuretiklar, gemodializ va xak.). Amalda litiyning bir necha tuzlari ishlatiladi (karbonat, xlorid, yodid, atsetat va sitrat). Ularning ichida kuprok tarkalgani litiy karbonat xisoblanadi.

Litiy karbonat. Preparat psixomotor kuzgalishida kor kiladi. Ta’sir mexanizmi uncha anik emas. Litiy preparatlarining xususiyatlaridan biri shuki, u xar xil maniya xolatlarida, ya’ni kasallik ta’sirida bemor uzini buyuk odam deb biladigan ulugvorlik vasvasasi, manmanlik,ta’kib vasvasalarida kuprok naf beradi.

Nootroplar. Nootrop-termin-nomi 1972 y piratsitam preparatining avtori K.Jiurdjsa tomonidan berilgan. Bu yunoncha so‘z bo‘lib (noos-fikr yuritish va tropos-intilish) asosan bu moddalar ruxiy va akliy faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.Ular xotirani va akliy faoliyatni yaxshilaydi va miyani gipoksiyaga chidamliligini oshiradi.Bemorlarda fikr yuritish funksiyasini va ekstremal ta’sirlarga nisbatan rezistentligini oshiradi.

Bu gruppaning asosiy preparatlariga.

piratsitam-kapsula

nootropil.

aminolon


natriy oksibutirat

Fenibut-por.

pantagam kiradi.

Bu gruppa preparatlari farmakologik ta’siri bo‘yicha boshka psixotrop preparatlardan farklanadi. Bular kuchli darajada ruxiyatini stimullaydi, MNS-ga sedativ ta’sirlar ko‘rsatmaydi. SHu bilan birga bu moddalar  markaziy neyronlardan o‘tuvchi ko‘zg‘alish protsesslarini zo‘raytiradi, natijada MNS-dagi miya,po‘stoKlari orasidagi biridan-biriga o‘tadigan informatsiyalarni o‘tishini engillashtiradi.

Nootroplar MNS-da moddalar almashinuvini va ularni qon bilan ta’minlanishini kuchaytiradi. Nootroplarning yana bir xarakterli ta’siri-bu uning gipoksiyaga karshi ta’siridir. Ular  to‘kimalarni O2  -ga nisbatan bo‘lgan talabini kamaytiradi va ularning gipoksiyaga chidamligini oshiradi.

Bu preparatlar miyaning bioelektrik faolligini o‘zgartmaydi.Uxlatuvchi va og‘rik koldiruvchi ta’sirga xam ega emas va birga ishlatilganda ularning ta’sirini o‘zgartirmaydi.Ular vegetativ nerv sistemasiga xam ta’sir etmaydilar.

Nootrop moddalar gamma aminomoy kislotasiga yakin bo‘lsa xam,ularni mikdorini MNSda oshirmaydi, lekin ular miyadagi GAMK-ergik retseptorlarni tormozlanish protsessini kuchaytiradi.  Ular dofamin sintezini kuchaytiradi va noradrenalin mikdorini oshiradi.Ular moddalar almashinuvini yaxshilab glyukozaning to‘kimalarga o‘tishini orttiradi, adenozintrifosfat sintezini oshiradi va membranalar o‘tkazuvchanligini mustaxkamlaydi. Nootrop moddalarni "neyrometabolik" moddalar deb xam ataladi.

Ular asosan  geriatriyada va pediatriyada ko‘prok ishlatiladi. Ular nerv sistemasining turli kasalliklarida ayniksa kishini ruxi,eslash va fikr yuritish kobiliyatlar buzilganda, MNS-ning turli travmalarida, aterosklerozlarda va astenik xolatlarda ishlatiladi. SHuningdek turli xil IBS-da, yosh bolalarda serebrostenik, ensefalopatiyada,fikr va eslash xolatlari bo‘zilganda va intellektual etishmovchiliklarda ko‘llaniladi.

Nootrop moddalar MNS-da ko‘zg‘alish protsessini oshirib yuborishi mumkin, uykuni buzilishi, allergik reaksiyalar, OIS-ning turli xil buzilishlari kabi nojo‘ya ta’sirlarni yuzaga chikarishi mumkin.Bu preparatlarni 1 yoshgacha bolalarga berib bo‘lmaydi.

Nootrop moddalar ichida  natriy oksibutirat o‘ziga xos axamiyatga ega. U gipoksiyaga karshi ta’sirga ega bo‘lib, organizmni O2 -ga bo‘lgan chidamliligini oshiradi, ayniksa miyani, yurakni, ko‘z setchatkasini. SHuningdek u sedativ va markaziy mushaklarni bushashtirish (miorelaksatsiya) xususiyatlariga xam egadir. Preparat katta dozalarda uyku chakirishi, xattoki narkoz xolatini yuzaga chikarishi mumkin. Preparat analgetik ta’sirga ega bo‘lmasa xam uxlatuvchi va narkoz chakiruvchi preparatlarni ta’sirini kuchaytiradi.


M

yuqoriga

avzuning asosiy savollari:

1. Antidepressantlarning tasnifi.

2. Amitriptilinning farmakologik xossalari

3. MAO ingibitorlari guruxiga kiruvchi preparatlar xarakteristikasi.

4. Antidepressantlarning ishlatilishi va salbiy ta’siri

5. Nootroplar, farmakologiyasi

6. Nootroplarning ishlatilishi.



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin