Toshkent farmatsevtika instituti


N-xolinergik dori vositalar



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə53/76
tarix31.03.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#54517
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   76
нейротроп

N-xolinergik dori vositalar

 Yuqorida qayd etilganidek, parasimpatik va simpatik nervlarning tugunchalarida (gangliyda) N-xolinoretseptorlar bo`lib, ular shu nervlarning preganglionar tolalari oxirida impulsning gangliyga o`tishini ta'minlaydi. Keyingi tekshirishlar (S. V. Anichkov, V. V. Zakusov, D. A. Xarkevich, P. P. Denisenko va boshqalar) shuni ko`rsatdiki, bunday retseptorlar boshqa  joylarda-sinapslarda ham bor ekan. Masalan, uyqu arteriyasining bo`lingan joyidagi nerv hujayralaridan tashkil topgan karotid koptokcha yoki karotid sinusida ham N-xolinoretseptorlar mavjud ekan. Bundan tashqari, harakat nervining tana mushaklari sinapsida ham N-xolinoretseptor joylashgan. Shuni aytib o`tish kerakki,bunday xolinoretseptor markaziy nerv tizimida va buyrak usti bezining miya qismida ham mavjud. Ushbu N-xolinoretseptorlarning dori va kimyoviy moddalarga nisbatan sezuvchanligi har xil. Ayrim moddalar ko`proq vegetativ gangliyning N-xolinoretseptor -lariga, boshqalari esa nerv-mushak sinapsi N-xolinoretseptorlariga ta'sir ko`rsatadi. Bu esa ushbu N-xolinoretseptorlarning tuzilishi bir xil emasligidan darak beradi.

N-xolinoretseptorlarga ta'sir etadigan vositalar ta'rifi. Yuqorida yozilganidek, N-xolinoretseptorlarni qo`zg`atuvchi vositalar N-xolinomimetiklar yoki gangliomimetiklar, ularni to`suvchi vositalar esa N-xolinolitiklar deb yuritiladi. N-xolinolitiklar o`z navbatida ta'sir etish joyiga, farmakologik xossasiga va ishlatilishiga ko`ra ikki guruhga bo`linadi: ganglioblokatorlar va miorelaksantlar.

 N-xolinomimetiklar.

N-xolinomimetiklar deb, asosan parasimpatik va simpatik nervlar gangliysidagi N-xolinoretseptorlarni qo`zg`atadigan vositalarga aytiladi. Shu sababli aytilgan nervlar faoliyatini kuchaytirilishida yuzaga chiqadigan o`zgarishlar kuzatiladi. Bunday farmakologik ta'sirga atsetilxolin va nikotin moddalari ega.

Nikotin tamakidan olinadigan alkaloid bo`lib, kuchli zaharlovchi moddadir. Shuning uchun ham u  tibbiyot amaliyotida dori preparati sifatida ishlatilmaydi. Lekin farmakologik ta'siri jihatidan ahamiyati bor. Nikotinning N-xolinoretseptorlarga tanlab ta'sir etish jarayoni ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda N-xolinoretseptorlar qo`zg`alib, bir qator o`zgarishlar kuzatiladi, xususan, periferik qon tomirlari torayadi. qon bosimi ko`tariladi, yurak urishi tezlashadi. Me'da-ichak harakati va sekretsiyasi ortadi, bosh aylanishi va nafas olish tezlashishi mumkin. Bunday o`zgarishlar yurak-qon tomir tizimining ko`proq simpatik nervga, me'da-ichakning esa ko`proq parasimpatik nervga bo`ysunishi bilan izohlanadi. Nafas olishning   o`zgarishi esa karotid  koptokcha  N-xolinoretseptorlarning qo`zg`alishi bilan bog`liq bo`lsa kerak. Nikotin ta'sirining ikkinchi bosqichida esa N-xolinoretseptorlar to`siladi, bu hol nikotinning kattaroq dozalari qabul etilganida sodir bo`ladi. Yuqorida keltirilgan o`zgarishlarning aksi kuzatiladi.

Nikotinning asosiy farmakologik xossalaridan biri markaziy nerv tizimida joylashgan N-xolinoretseptorlarni qo`zg`atishdir. Bunday ta'sir ruhan yengillikka, fikrning va ish qobiliyatining yaxshilanishiga olib keladi. Shu bilan bir qatorda nikotinga qaramlik yuz berishi mumkin. Bu narsa ko`pincha tamaki chekuvchilarda ko`rinadi.

O’`tkir zaharlanish. Nikotin bilan zaharlanish ko`pincha birinchi papiros chekish hollarida ro`y berishi mumkin. Bunda qattiq yo`tal tutishi, yurak urishining tezlashishi, bosh aylanishi, qayt qilish hollari bo`ladi. Katta doza bilan zaharlanishda markaziy nerv tizimining faoliyati susayib, qon bosimi tushib ketadi, yurak urishi zaiflashadi. Bunday holatlarda sun'iy nafas oldiriladi, analeptiklar, ko`pincha kofein, kordiamin va boshqalar buyuriladi.

Surunkali zaharlanish-nikotinizm. Tamaki  chekuvchilarda kuzatilib, organizmda har xil o`zgarishlar bilan kechadi. Nikotinizmning asosiy belgilaridan biri xumor bo`lishdir. Chekuvchilarda bronxit, giperatsid gastrit, me'da-ichak   yarasi, qorason (endoarteriit) kasalligi, oxirgi vaqtda o`pkaning rak kasalligi, gipertoniya, ateroskleroz, yurakning ishemik kasalligi va yurak infarktining ko`proq bo`lishi stastistika bo`yicha aniqlangan. Shuning uchun ham ushbu hayot uchun xavfli xastaliklarning oldini olishda chekishga qarshi tashviqot ishlarini olib borishning ahamiyati kattadir.

Nikotinizmga duchor bo`lgan chekuvchilarni davolashda psixoterapiyadan keng foydalaniladi. Keyingi vaqtlarda dori preparatlaridan tabeks, anabazin xlorid, lobelin va boshqalar ishlatiladi. Bu preparatlarning ta'siri chekish paytida chekuvchilarda yoqimsiz, nojo`ya holatlarni keltirib chiqarib, chekishga intilishni yo`qotishi bilan izohlanadi.

Tibbiyot amaliyotida N-xolinomimetiklardan sititon va lobelin gidroxlorid ishlatiladi. Chunki ular karotid sinusidagi N-xolinoretseptorlarni qo`zg`atib, refleks yo`li bilan nafas markazining jonlanishiga olib keladi, nafas tezlashadi 


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin