Toshkent farmatsevtika instituti



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə54/76
tarix31.03.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#54517
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   76
нейротроп

Ganglioblokatorlar

Ularning farmakologik ta'siri asosan vegetativ nervlar tugunchasi-gangliysidagi N-xolinoretseptorlarga qaratilgan bo`lib, ularni to`sib parasimpatik va simpatik nervlaridan impuls o`tishini to`xtatadi. Shu sababli asosan quyidagi farmakologik o`zgarishlar kuzatiladi: ko`pchilik qon tomirlarini kengaytiradi, qon bosimini tushiradi, me'da-ichak sekretsiyasini va harakatini susaytiradi.

Shuni qayd qilish kerakki, ganglioblokatorlar ta'sirida qon bosimi tez tushadi. Bu hol, qon bosimi keskin ko`tarilgan paytlarda yaxshi ko`rinadi. Qon bosimining tez pasayishi bosh miyaning qon bilan ta'minlanishining kamayishiga olib keladi. Shu sababli bemorlarda ortostatik kollaps holati ro`y berishi mumkin. Bunda bemorning boshi aylanib yiqilishi, vaqtincha hushini yo`qotishi mumkin. Shuning uchun ganglioblokatorlar bemorning yotgan holatidagina yuboriladi. In'ektsiyadan so`ng yana 1, 5-2 soat davomida yotish talab qilinadi.

Ganglioblokatorlarning farmakologik ta'siri yuzaga chiqishi ko`p hollarda a'zo va tizimning qaysi nervga  (parasimpatik yoki simpatik) ko`proq bo`ysunishiga bog`liq. Masalan, qon tomirlarining kengayishi va qon bosimining pasayishi tomirlarga simpatik nervning ta'siri ko`proq bo`lishi bilan ta'riflanadi. Me'da-ichak faoliyatining o`zgarishi esa bu a'zolarga parasimpatik nervning ta'siri simpatik nervnikiga nisbatan kuchliroq bo`lishi bilan tushuntiriladi.



Ishlatilishi. Ganglioblokatorlar  asosan gipotenziv preparatlar sifatida gipertoniya kasalligida ishlatiladi. Ular qon bosimini tezda tushirishi sababli ko`pincha gipertonik kriz holatlarida (qon bosimining haddan tashqari ko`tarilib ketishi) bemor yotgan holida in'ektsiya qilinadi. Jarrohlik amaliyotida esa ganglioblokatorlar boshqariluvchi gipotoniya hosil qilish uchun yirik qon tomirlarida va yurakda operatsiyalar bajarishda (kamroq qon ketishi uchun) ishlatiladi. Qorason kasalligi (endoarteriit), me'da-o`n ikki barmoq ichak yara kasalligi, surunkali spastik kolit kasalligida ham tavsiya etiladi. Ayrim preparatlari (paxikarpin) tug`ish jarayonini tezlashtirish uchun beriladi. Ganglioblokatorlar ayrim hollarda o`pka va miya to`qimasiga suyuqlik yig`ilishida ham beriladi. Bu guruh preparatlari qon bosimi pasaygan hollarda, yurak faoliyati etishmasligida, miyaga qon quyilishida, jigar va buyrak kasalliklarida berilmaydi.

Ganglioblokatorlar bilan zaharlanishda qon bosimini ko`taradigan dorilar adrenalin yoki noradrenalin buyuriladi. Noradrenalinni venaga tomchilab yuborish yaxshi samara beradi. Venaga yuborish uchun sharoit bo`lmagan taqdirda efedrin yoki mezaton in'ektsiya qilinadi.



Benzogeksoniy. Qon tomirlarini kengaytirib, qon bosimini tushiradi. Vena tomirlari ham kengaygani sababli ularda qon to`planadi va yurak faoliyati engillashadi. Me'da-ichak sekretsiyasi va harakati susayadi, akkomadatsiyani falajlaydi. Preparatning ta'siri 4-6 soat davom etadi va qayta-qayta yuborilganida ta'sir samarasi susayadi. Shuning uchun bu hollarda preparat dozasini oshirishga to`g`ri keladi. Narkotik moddalar ta'sirini kuchaytiradi, kumulyatsiya berishi mumkin.

Asosan benzogeksoniy qorason kasalligida, gipertoniyada (ko`proq III davrida), me'da-ichak yara kasalligida, neyroxirurgiyada va yurak-qon tomir jarrohligida boshqariluvchi gipotoniya hosil qilish uchun ishlatiladi.



Paxikarpin gidroyodid. Ichakdan tez so`rilib, ta'siri yuzaga chiqadi. N-xolinolitik ta'siridan tashqari bachadon mushaklari tonusini oshiradi.

Paxikarpin asosan endoarteriit, gipertoniya kasalliklarida va tug`ish jarayonini tezlashtirish uchun ishlatiladi.



Pirilen.  Preparat ichakdan yaxshi so`riladi va farmakologik ta'siri uzoq muddat (5-8 soat) davom etadi. Kumulyativ ta'siri yo`q. Ishlatilishi benzogeksoniyga o`xshaydi.

Gigroniy. Qisqa muddatli ta'sirga ega bo`lgan preparat. Gigroniy 2-3 daqiqadan keyin ta'sir ko`rsatadi va ta'siri 15-20 daqiqa davom etadi.

Preparat venaga tomchi holida yuboriladi. Asosan boshqariluvchi gipotoniya hosil qilish uchun yirik qon tomirlar, yurak va neyroxirurgik operatsiyalarda ishlatiladi.



Imexin. O’z ta'siri va ishlatilishi bo`yicha gigroniyga yaqin turadi.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin