Toshkent farmatsevtika instituti


PERIFERIK NERV TIZIMIGA TA’SIR ETUVCHI DORI VOSITALARI



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə49/76
tarix31.03.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#54517
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   76
нейротроп

PERIFERIK NERV TIZIMIGA TA’SIR ETUVCHI DORI VOSITALARI

Ma'lumki, periferik nerv tizimiga markaziy nerv sistemasidan tashqarida joylashgan nervlar kirib, ular markazdan chiquvchi impulslarni ichki a'zolar, to`qimalar va tizimlarga etkazib beradi. Boshqacha aytganda, markaziy nerv tizimi shu periferik nervlar orqali ichki a'zolar va tizimlar faoliyatini boshqaradi. Bularni efferent yoki markazdan qochuvchi nervlar deyiladi. Bu bilan birga markazga intiluvchi afferent nervlar ham bor. Bular asosan analizatorlardan (eshitish, ko`rish, hid va ta'm sezish), to`qima va a'zolardan impulslarni markazga etkazib beradi (sezuvchi nervlar).

Efferent nervlarga parasimpatik, simpatik va harakat nervlari kiradi. Ichki a'zolar funktsiyasi parasimpatik va simpatik nervlar orqali bajariladi. Harakat nervlari esa tana mushaklarining qisqarishini, harakatini ta'minlaydi.

Ma'lumki, parasimpatik nervlar asosan bosh miya va orqa miyaning pastki qismidan chiqadi. Ularga ko`z harakat nervi (N. Oculomotorius), yuz nervining (N. Facialis) tarmog`i bo`lgan «dutor tori» (N. Chorda tympani) nervi, adashgan nerv (N. Vagus) va chanoq nervi (N. Pelvicus) kiradi. Ko`z harakat nervi ko`zning rangdor pardasidagi aylanma silliq mushaklarni va kipriksimon tana silliq mushakni innervatsiya qiladi, bularga nerv qisqartiruvchi impulslar olib keladi. «Dutor tori» nervi esa so`lak bezini innervatsiya qilib, so`lak ajralishini kuchaytiradi. Adashgan nerv bronx va bronxiolalardagi silliq mushaklarni innervatsiya qiladi, ularni qisqartiradi. Bu nerv yurak uchun tormozlovchi hisoblangani bois yurak ritmini sekinlashtiradigan impulslar olib keladi. Me'da-ichak tizimi uchun adashgan nerv sekretsiyani va harakatni (peristaltikani) jonlantiruvchi nerv hisoblanadi. Vagus qon tomirlarining silliq mushaklarini bo`shashtirib kengaytiradi. qon bosimini tushiradi. Chanoq nervi esa chanoq bo`shlig`ida joylashgan silliq mushakli a'zolarni (bachadon, qovuq, to`g`ri ichak va boshqalar) innervatsiya qiladi. Bu nerv orqa miyaning sokral (dumg`aza) qismidan chiqadi.Simpatik nervlar esa orqa miya segmentlaridan chiqib, yuqorida keltirilgan a'zolarga markaziy impulslarni olib keladi. Masalan, ko`z rangdor pardasidagi radial va kipriksimon tana (Corpus ciliaris) silliq mushaklarini, so`lak bezi va boshqalarni ta'minlaydi. Demak, ichki a'zolar faoliyati ikkala vegetativ nervlar bilan boshqariladi.

Simpatik va parasimpatik nervlar faoliyati bo`yicha antagonistlardir. Parasimpatik  nerv ko`z qorachig`ini toraytirsa, ko`z ichki bosimini pasaytirsa, ko`z akkomadatsiyasini spazm qilsa, so`lak ajralishini kuchaytirsa, bronxlarni toraytirsa, bradikardiyaga sabab bo`lib, me'da-ichak sekretsiyasini va harakatini oshirsa, simpatik nerv esa aksincha o`zgarishlarga sabab bo`ladi (ko`z qorachig`ini, bronxlarni kengaytiradi, taxikardiya bo`ladi, qon bosimini ko`taradi va hakozo).


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin