YOSH DAVRLAR PSIXOLOGIYASI FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI
Yosh davrlari psixologiyasi fani predmeti to‘g‘risida fikr yuritilayotganda inson umrining turli Yosh bosqichlarida kechishi, Yosh o‘sishiga va psixik taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, turli ta’sirlar tufayli turlicha tarzda ro‘y beradigan psixik rivojlanish xarakteristikasi nazarda tutiladi. Demak, Yosh davrlari psixologiyasi fanining mavzu baxsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o‘quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning (ontogenezda) tug‘ilgandan umrining oxirigacha) psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o‘zaro munosabati qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini, er va ayolning jins tafovvutlarini, shuningdek inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi.
Yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning psixik rivojlanishi, psixik xususiyatlari va ularning o‘ziga xos omillari, mezonlari hamda mexanizmlari xaqidagi fandir. SHuningdek u muayyan yoshdagi insonlarning Yosh o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarini ham o‘rganadi. SHuning uchun ijtimoiy xayotda, ta’lim-tarbiya jarayonida, guruxlar hamda jamoalarda, ishlab chiqarish va oilaviy munosabatlarda Yosh davrlari psixologiyasi alohida o‘rin tutadi. Inson shaxsining tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojlanishi muammosini inson psixikasining rivojlanishi qonuniyatlarini xisobga olmay turib oqilona hal etib bo‘lmaydi. SHuning uchun xozirgi kunda «inson omili» masalasi dolzarb mavzuga aylandi. Yosh davrlari psixologiyasi inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu rivojlanishning bosqichlarininazariy va amaliy jihatdan tadqiq etadi.
Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli Yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, xolat va shart sharoitlarning o‘zaro ta’siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir.
Yosh davrlari psixologiyasi ana shu vazifalarni xal qilish bilan amaliy maqsadlarni ruyobga chiqaradi. Ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam beradi. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga, shaxslararo muloqotni to‘g‘ri yo‘naltirishga, jamoada ijobiy psixologik iqlim yaratishga, uzoq umr ko‘rish sirlarini ochishga, oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga ajralishlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Markaziy Osiyo mutafakkirlaridan Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, YUsuf Xos Xojib, A.Navoiy va boshqa bir qator allomalar Yosh davrlari psixologiyasi mavzusiga doir o‘z qarashlarini bildirganlar.
Abu Nasr Farobiyning inson psixikasi haqidagi ahloqiy-falsafiy fikrlari “Hikmat ma’nolari”, “Falsafiy savollar va ularga javoblar”, “Jism va aksidensiyalarning shakllariga qarab bo‘linishi” kabi asarlarida o‘z aksini topgan.
Abu Rayxon Beruniy kishilarning jismoniy tuzilishi, umrlarining uzun-qisqaligi kabilarning umumiy hayot xususiyatlaridagi ahamiyati haqida o‘zining “O‘tmish yodgorliklari” deb nomlangan asarida bayon qilgan. Allomaning fikricha, inson uzoq umr ko‘rishining sabablari biologik va irsiy omillar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ibn Sino inson umri va Yosh o‘sishi bilan bog‘liq xolda kechadigan psixik taraqqiyot masalalari xususida hamda inson shaxsini shakllantirish muammolarini “Odob haqida” risolasi orqali bayon qilgan. SHuningdek Ibn Sino “Tib qonunlari” nomli asarida inson organizmining tuzilishi, undagi nerv tolalari va nerv yo‘llari, fiziologik jarayonlar bilan bog‘liq psixik jarayonlar xususida bir qancha ma’lumotlar keltirgan.
Ilmiy psixologik adabiyotlarda qayd etilishiga ko‘ra Yosh davrlari psixologiyasi fani 19-asrning boshlarida vujudga kelgan, lekin dastlabki ildizi qadimgi YUnon madaniyatiga borib taqaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari to‘g‘risida jaxon psixologiyasi olamida turli qarashlar va nazariyalar mavjud. Ularning juda keng tarqalganlari biogenetik (V.SHtern), sotsiogenetik (K.Levin) bixevioristik (E.Torndayk) psixoanalitik (Z.Freyd) nazariyalaridir. SHuningdek, mazkur fan metodlarga asoslanib tadqiqotlar olib borgan olimlar ham juda ko‘p. Ilmiy psixologik adabiyotlarda keltirilgan emperik ma’lumotlar asosida Yosh davrlari psixologiyasining mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qator omillar va xolatlar sabab bo‘lgan degan xulosaga kelish mumkin. Quyida ana shu omillar haqida bayon qilamiz:
1.Barcha fanlar negiziga kirib borgan evolyusiya g‘oyasining (CH.Darvin) inson psixikasining rivojlanish jarayonida o‘rganish zarurligi;
2.Umuminsoniy, umumpsixik qonuniyatlar turli yoshdagi odamlar xatti xarakatini, psixik xususiyatlarini va bolalarning o‘sishiga biror bir faoliyatning ta’sirini aniqlash uchun etarli emasligini e’tirof etish;
3.Yosh davrlari psixologiyasi insonning (tug‘ilganidan umrining oxirigacha) kamoloti uchun metodologik va nazariy ahamiyatga ega ekanligi tan olinganligi;
4.Turli yoshdagi odamlar (maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab o‘quvchilari, o‘rta va oliy o‘quv yurtlarining talabalari, ishchilar, xodimlar qariyalar xar xil psixologik xususiyatlarga ega ekanligi sababli tarbiya, ishlab chikarish, ijtimoiy ta’minot muassasalari, etimxonalar, bolalar uylari, koloniyalar, maxsus maktablar, internatlar, psixonevrologik dispanserlar, qariyalar uylari, shifoxonalar, va boshqalar)ning extiyojlari ortib borayotganligi;
5.Tibbiyot fani va uning tarmoqlari rivojlanishi psixiatriya, psixonevrologiya, psixogigiena, neyroxirurgiya, bolalar va kattalar potologiyasi, genetika, oliy nerv faoliyati va xokozolar bo‘yicha kopleks tadqiqotlarning vujudga kelishi hamda psixologiya biologiya, meditsina, sotsiologiya fanlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi;
6.YUridik psixologiya va uning soxalari ijtimoiy xayotimizda sezilarli o‘rin egallayotganligi hamda yoshlar o‘rtasida qonunbuzarlikning ortib borayotganligi (sud ishi psixologiyasi, kriminal psixologiya, voyaga etmagan qonunbuzarlar muammosi va jinoyatning oldini olish masalasi);
7.Amaliy psixologiyaning ijtimoiy siyosiy tus olayotganligi va turmushning xar bir jabhasiga kirib borishi, shuningdek o‘z o‘rnini topayotganligi (psixologik konsultatsiyalar, maslahatlar auto va sotsial treninglar, ishbilarmonlik o‘yinlari, professiogramma, psixodiagnostika va xokozolarga talabning ortishi);
8.Psixologiya fani soxalarining inson ontogenezidagi o‘zgarishlariga doir, bilimlarga extiyoji va talabi ortayotganligi (harbiy, sport, savdo, mehnat, kosmik, injenerlik, ijod, aviatsiya) psixologiyaga aniq ma’lumotlarning zarurligi;
9.Ekologiya muammolari, zoopsixologiya va etologiya vazifalari, millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirish, insonparvarlik g‘oyalarini turmush tarziga olib kirish masalalarining dolzarbligi;
10. Moddiy ishlab chiqarishni ko‘paytirish, sanoatda va qishlok xo‘jaligida kishilarning xaqiqiy xo‘jayinlik tuyg‘usini uyg‘otish, aqliy va jismoniy imkoniyatlarni qidirish, ishlab chikarish samaradorligini oshirish, “inson-inson”, “inson-texnika”, “er-inson”, munosabatlarini izchil o‘rganish zarurligi;
11. Oilaviy munosabatlarni yaxshilash, ajralishlarning oldini olish. Inoq oila yaratish, yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash, o‘z joniga qasd qilish xollarini bartaraf etish, oilada teng xuquqlilikni qaror toptirish va bolalar tarbiyasini yaxshilish vazifalari;
12.Inson uzoq umr ko‘rishining sirlarini – gerontopsixologik qonuniyatlarni ochish va targ‘ib qilish, davlat muassasalarida psixologik bilimlarlardan o‘z o‘rnida foydalanish, uzoq umr ko‘rishga zamin tayyorlash, qariyalar uylarida ularning ruhiyatiga mos munosabatda, odilona muloqotda bo‘lish kerakligi Yosh davrlari psixologiyasi fanini rivojlantirishni taqozo etmokda.
Yosh davrlari psixologiyasi fanini o‘rganish nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Yosh davrlar psixologiyasi fani boshqa fanlar bilan bog‘liq xolda rivojlandi, bunda eksperimental biologiya va genetika, meditsina, sotsiologiya kabi fanlarning xizmati katta bo‘ldi. Yosh davrlari va differensial psixologiya fani dialektika prinsiplariga, oliy nerv faoliyati qonunlariga, differensial psixofiziologiya qonuniyatlariga, psixologlar to‘plagan materiallarga tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, o‘zgarishi yuzasidan baxs yuritadi. Ijtimoiy turmushning barcha jabhalaridagi amaliy masalalarni hal qilishda faol ishtirok etadi.
Mazkur fan soxasi o‘zining predmeti hamda vazifasini umumiy psixologiyaning asosiy tamoyillari va qoidalariga tayangan xolda belgilaydi. Yosh davrlar psixologiyasi quyidagi tamoyillarga rioya qiladi:
1. Psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati va yoki miyaning mahsulidir. Odatda psixika tashqi dunyoning sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita ta’sir etishi asosida vujudga kelib, sezgi, idrok, tassavur, xotira tafakkur, nutk xayol kabi bilish jarayonlarida , shuningdek shaxsning xususiyatlari va xolatlarida diqqati xis-tuyg‘usi va xarakter xislatlarida, qizikishi va ehtiyojlarida o‘z ifodasini topadi.
2. Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashqi dunyodan kirib keladigan qo‘zg‘atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlari psixik xodisalarning fiziologik asoslari xisoblanadi va ular tashqi ta’sirning natijasida xosil bo‘ladi. Bosh miya po‘stlog‘ida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlari I.P.Pavlovning nerv jarayonlarining irradiatsiyasi, konsentratsiyasi hamda o‘zaro induksiyasi qonunlari zamirida ruy beradi. Bu qonunlar turli yo‘sinda muvaqqat bog‘lanishlar, assotsiatsiyalar qanday yuz berayotganini, qanday shart-sharoitda tormozlanish va qo‘zgalish sodir bo‘lishini, muvaqqat nerv bog‘lanishlarining yo‘qolayotgani yoki paydo bo‘layotganini tushuntirish imkonini beradi.
Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funksiyasi muvaqqat nerv bog‘lanishlarining birlashish mexanizmi hamda analizatorlar faoliyati mexanizmlari ta’sirida xosil bo‘ladi. YUqoridagi ta’limotga ko‘ra har ikkala mexanizm xayvonlarning tashqi olamga munosabatini aks ettiradi. SHuning uchun psixik faoliyat vokelikni aks ettirishdan, oliy nerv faoliyatining tashqi olamni timsollar sifatida ifodalanishidan iboratdir.
3.Psixikani tadqiq etish insonning butun ongli faoliyatini - uning nazariy hamda amaliy hayot faoliyatini o‘rganishdan iboratdir. Odam zotining ongliligi uning turli tuman faoliyatida, hatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Inson shaxsi xar xil shakl va mazmunga ega bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyat jarayonida tarkib topa boradi. Bunda muhit, irsiy belgilar, tarbiya asosiy omillar xisoblanadi.
Inson o‘zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiy-siyosiy muhit ta’siri ostida bilimlarni o‘zlashtirib boradi, ijtimoiylashadi, tarixan o‘zgaradi. Ontogenezda uning his-tuygulari, xarakteri, qobiliyati, iqtidori, tafakkuri, extiyojlari, e’tiqodlari, uni faollikka da’vat qiluvchi harakat motivlari, xoxishlari, pozitsiyasi ham asta-sekin o‘zgarib boradi.
4.Insoning bilish faoliyati rivojlanishi unga o‘zini qurshab turgan borliqni yanada chuqurroq, to‘g‘riroq, to‘larok va aniqrok aks ettirish imkoniyatini yaratadi va u borliqning asl moxiyatini, turli yo‘sindagi o‘zaro bog‘lanishlari, murakkab munosabatlair va aloqalarini tabora aniqrok yoritadi. SHu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqka, vokelikka, jismlarga, kishilarga va o‘ziga munosabati vujudga keladi.
5. Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda namoyon bo‘ladi. Tarixiy materializm ta’limotiga ko‘ra, insoning moddiy turmushi, u xayot kechirayotgan tuzumning moddiy asosigina emas, balki uni qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umuminsoniy qiyofalari, extikodlari, dunyoqarashlari, ijtimoiy vokelikka munosabatlari, intilishlari, faoliyatlari, ijod maxsullari va xatti-xarakatlarining majmuasidir.
6. Insoninng borliqni aks ettirishi faol jarayondir. Ma’lumki, inson zotining rivojlanishi ob’ektiv borliqka va o‘ziga faol ta’sir ko‘rsatishida sodir bo‘ladi. Bolaning katta yoshdagi kishilar tashkil qiladigan amaliy faoliyati, masalan uyini, kuzatishi, mexnati, o‘qishi, adabiy asarni mutoala qilishi hamda qiziqishining barqarorlashuvi, iqtidorning takomillashishi va boshqalar uning psixik rivojlanishini ifodalaydi.
Psixologiyada psixik taraqqiyot inson shaxsining tarkib topishi jarayoni sifatida qaraladi. Psixik taraqqiyot bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq qator bosqichlarda amalga oshadi. Jumladan, bola aql-zakovatining ko‘rsatkichi, sifati, xarakteri uning atrofdagi odamlar bilan o‘zaro kundalik munosabatlari va u bajaradigan amaliy faoliyat jarayonida vujudga keladi. Bunday o‘zaro ta’sirlar natijasida bolada turli sifatlar tarkib topa boradi. Masalan, savol-javob, baxs-munozara ta’sirida aqlning ijodiy maxsuldorligi, tezligi va teranligi orta boradi. Kun sayin rivojlanib borayotgan xozirgi davrda shaxs psixik taraqqiyotini yanada jadallashtiruvchi vositalar mavjud. SHu tufayli bolalarning aqliy o‘sish darajasini turli darajadagi murakkablikda tuzilgan testlar bilan aniqlash mumkin.
Yosh davrlari psixologiyasi predmeti ta’lim va psixik taraqqiyot muammosining o‘zaro munosabatini ilmiy asosda talqin etib, bu ikki jarayon bir-biri bilan uzviy bog‘liq ekanligini e’tirof etadi. Mazkur muammo yuzasidan tadqiqotlar olib borgan olimlarning fikricha, ta’lim bolaning psixik taraqqiyotidan oldinda borib, uni o‘z ortidan ergashtirishi lozim (L.S.Vыgotskiy, B.G.Anan’ev va boshqalar). Ammo xozirgi davr nuqtai nazaridan tahlil qilganimizda ta’limning yuqori bosqichlarida o‘quvchi va talabalarning o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustaqil rivojlantirish imkoniyatlarini ishga solishi muammoga nisbatan boshqacha qarashlarni ham vujudga keltirmoqda.
Ontogenez-(yunoncha, ontos-mavjudot, jonzot; genezis-kelib chiqish, paydo bo‘lish)-individning paydo bo‘lishidan umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayoni.
YOshning ulg‘ayib borishi, psixik jarayonlarining rivojlanishidagi qonuniyatlar, undagi etakchi omillar hamda inson hayot yo‘lining turli bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar-Yosh psixologiya fanining tadqiqot predmeti hisoblanadi. Ma’lumki shaxs tarkib topishi jarayonining psixologik qonuniyatlarini, uning ilmiy asoslarini mukammal bilmay turib, ta’lim va tarbiyaning nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal etib bo‘lmaydi. Yosh psixologiyasi fani ham o‘z navbatida o‘ziga tegishli masalalarni tor eksperimental ravishda o‘rganish bilangina cheklanib qolmay, balki o‘z muammolarini inson hayoti va faoliyatining tabiiy sharoitlarida, bolaga beriladigan ta’lim va tarbiyaning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda o‘rganilsa yanada muvaffaqiyatli rivojlanishi tabiiydir.
Tabiat va jamiyatning qonunlari singari kamol topayotgan inson shaxsi rivojlanishining ham o‘z qonunlari mavjud. Bu qonunlar Yosh psixologiyasi fanining turli tarmoqlarida o‘rganiladi. Bular: bolalar psixologiyasi, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar psixologiyasi, o‘smirlar psixologiyasi, o‘spirinlar psixologiyasi, katta yoshdagi kishilar psixologiyasi va qariyalar ( gerontopsixologiya) psixologiyasidir.
Yosh psixologiyasi fanining vazifalarni mazmuniga ko‘ra ikki guruhga ajratish mumkin. Yosh psixologiyasi fanining nazariy vazifalari g‘oyat muhim va murakkab bo‘lib, u shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli Yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, holat va shart-sharoitlarining o‘zaro ta’siri xususiyatlarini o‘rganishdan iboratdir.
Yosh psixologiyasi fanining amaliy vazifalarini esa psixik jarayonlarning namoyon bo‘lishi va taraqqiy etishi hamda inson shaxsi psixologik xususiyatlarining tarkib topishi qonuniyatlarini o‘rganishda qo‘lga kiritilgan ilmiy dalillarni ta’lim-tarbiya sohalariga tadbiq qilish tashkil etadi.
Jamiyat a’zosi bo‘lgan bolaning rivojlanishi qonuniyatlarini, uning psixikasini, ongining rivojlanishini, umuman, bolaning tug‘ilganidan boshlab voyaga etgunicha bo‘lgan psixik rivojlanishini psixologiyaning alohida sohasi bo‘lgan bolalar psixologiyasi fani o‘rganadi.
Tabiat va jamiyat qonuniyatlari ichida bola psixikasining rivojlanishi qonuniyatlari, o‘sib kelayotgan bola shaxsining rivojlanishi qonuniyatlari ham mavjuddir. Mana shu qonuniyatlar umumiy psixologiyaning maxsus tarmog‘i bo‘lgan bolalar psixologiyasining predmetini tashkil qiladi. Yosh psixologiyasi, bolaning psixik xususiyatlari miqdor jihatidangina emas, sifat jihatidan ham rivojlanadi va o‘zgaradi, degan qoidaga asoslanadi.shu tufayli Yosh psixologiyasi bolaning psixik rivojlanishi qonuniyatlari va psixikaning namoyon bo‘lishi xususiyatlarini taraqqiyotning turli Yosh bosqichlardagi xolatini tadqiq etadi.
SHunday qilib, Yosh psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonunlarini va turli Yosh bosqichlaridagi bolaning rivojlanishida vujudga keladigan psixik faoliyat xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir.
Mamlakatimizda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda barkamol shaxsni tarbiyalash xususidagi davlat xujjatlari ta’limning turli bosqichlarida ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga, barkamol shaxsni kamol toptirishga qaratilgan. Bu dolzarb vazifani amalga oshirish, ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri, ilmiy asosda tashkil etishni talab qiladi. Buning uchun esa talim jarayoni va bola shaxsi taraqqiyotining o‘ziga xos psixologik qonuniyatlarini yaxshi bilish kerak bo‘ladi.
Bola jamiyatning a’zosi, mukammal shaxs sifatida muayyan ijtimoiy muhitda kamol topar ekan, uning butun bilish jarayonlari o‘ziga xos xususiyatlari va ruhiy holatlari, ongi ham rivojlanadi. Ana shu rivojlanish natijasida uning ongi go‘dakning dastlabki oddiy aks ettirish (in’ikos) tarzdagi sodda ongidan balog‘atga etgan insonlarga xos tevarak-atrofni, borliqni, odamlarni aniq, yaqqol to‘la va anglab aks ettirish darajasigacha rivojlanadi.
Xulosa sifatida aytish joizki, agar umumiy psixologiya psixika haqidagi, psixikaning zohir bo‘lish va taraqqiyot qonuniyatlari haqidagi fan bo‘lsa, Yosh davrlar va differensial psixologiya turli yoshdagi bolalarning o‘qish faoliyatini, ularning psixik taraqqiyoti va psixologik xususiyatlari haqidagi fan bo‘lib, Yosh psixologiyasi va differensial psixologiya shaxsning kamol topishi jarayonida psixik faoliyatning individual xususiyatlari taraqqiyoti, fe’l-atvorlarini va umuman shaxsni kamol toptiradigan shart-sharoitlarini ham o‘rganadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.