Mammoli savol: Psixik rivojlanishi sharoitlari va uni xarakatga keltiruvchi kuchlar nimalardan iborat? Psixik taraqqiyotni xarakatga keltiruvchi kuchlar xaqida so‘z ketganda, avvalo asosiy omilni belgilab olish lozim bo‘ladi. Ammo psixik taraqqiyotni ta’minlovchi omil yagona emasligini, ular bir nechta ekanligini, shuningdek bu omillar o‘zaro uzviy bog‘liqlikda mavjudligi kabi faktlarni anglab etish kerak bo‘ladi.
Psixik taraqqiyotni xarakatga keltiruvchi kuchlar sifatida quyidagi omillarni e’tirof etish mumkin; irsiy omillar, ijtimoiy omillar, maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya, shaxsiy faollik. Ularning har biri alohida bir olam bo‘lishiga qaramasdan taraqqiyotni o‘zaro hamkorlikda ta’minlaydi. Masalan, agar ta’lim faoliyati aniq maqsad asosida amalga oshirilishi uchun shart-sharoit to‘liq bo‘lsa-yu, ammo o‘quvchida shaxsiy faollik etarli darajada shakllangan bo‘lmasa u xolda psixik taraqqiyotda muammo vujuda keladi va uni zudlik bilan to‘g‘rilash zarurati qujudga keladi.
Psixik taraqqiyot sharoitlari va psixik taraqqiyotni xarakatga keltiruvchi kuchlar xaqidagi masalani to‘g‘ri hal qilishga shaxs taraqqiyoti haqidagi ta’limot yordam beradi.
SHaxsning mohiyati o‘z tabiatidan ijtimoiy xarakterga egadir. SHaxsdagi barcha psixik xususiyatlarning, ijodiy faolligining rivojlanishi manbalari uning tevarak-atrofidagi ijtimoiy muhitga bog‘liq xisoblanadi. Inson shaxsi determinlashgan bo‘lib, uning ijtimoiy turmushi bilan belgilanadi. Mana shu ma’noda shaxsning taraqqiyoti odamlar bilan munosabatida yuzaga keladigan ijtimoiy tajribani egallash jarayonidan iboratdir degan xulosa chiqarish mumkin. Buning natijasida insonning psixik xususiyatlari, xarakteri, irodaviy xislatlari, qiziqishlari, mayllari va qobiliyatlari tarkib topadi.
YUqorida bayon etilganlarga asoslanib psixologiyada odamning psixik xususiyatlari uning hayoti davomida ya’ni ontegenetik tarzda yuzaga keladi degan xulosaga kelingan. Bu xususiyatlarning tarkib topishi va rivojlanishida odamning ijtimoiy tajribasi uning hayoti va faoliyati sharoitlari, ta’lim tarbiya etakchi, hal qiluvchi rolg‘ o‘ynaydi deb o‘rgatadi.
Muhit, ma’lum maqsadga qaratilgan ta’lim va tarbiya azaldan berilgan genetik jixatdan qat’iy belgilangan narsadir. Muhit psixikani nomayon qilish uchun sharoitgina bo‘lib qolmay, balki inson psixik xususiyatlarini tarkib toptiradi. SHuni alohida qayd qilish lozimki jamiyat talablariga javob beradigan muayyan shaxsiy sifatlarni tarkib toptirish maqsadida katta avlodning Yosh avlodga ongli, maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatish jarayoni sifatida ta’lim va tarbiya hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Birinchidan, odam muhit ta’siri ostidagi passiv ob’ekt bo‘lmay, balki faol mavjudotdir. SHuning uchun tashqi hayot ta’siri inson psixikasini to‘g‘ridan to‘g‘ri belgilamaydi, balki odamning muhit bilan bo‘lgan o‘zaro ta’siri orqali, uning muhitdagi faoliyati orqali belgilaydi.
Ikkinchidan, psixikaning rivojlanish oqibati, natijasi tashqi sharoitlarga bog‘liqdir. Lekin bu rivojlanishni bevosita tashqi sharoitdan va tashqi vaziyatdan keltirib chiqarib bo‘lmaydi. Bu sharoitlar hamda vaziyatlar hamisha odamning hayotiy tajribasi uning shaxsi individual psixologik xususiyatlari va psixik qiyofasi orqali ta’sir qiladi. Mana shu ma’noda individ o‘ziga xos psixikasi va shaxsiy tajribasini o‘z ichki muhiti xususiyatlari orqali bilvosita ta’sir kiladi. O‘z davrida I.M. Sechenov odamning hatti-harakatlari tashqi tassurotlar orqali determinlashgani xaqidagi tezisni ilgari surganida tashqi taasurotlarni faqat muayyan paytda ta’sir etib turgan mavjud taasurotlar kabi sodda ravishda tushunmaslikni, balki aslini olganda mazkur odamning hayotiy tajribasida mujassamlashgan barcha avvalgi taassurotlar yigindisini nazarda tutish kerakligini uqtirib o‘tgan edi.
Uchinchidan, odam faol mavjudot sifatida o‘zi ham ongli ravishda o‘z shaxsini o‘zgartirishi, ya’ni o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni tevarak-atrofdagi muhitdan ajralgan xolda bormaydi. O‘z-o‘zini tarbiyalash muhit bilan moslashgan xolda va muhit bilan faol o‘zaro munosabatda sodir bo‘ladi. SHuning uchun o‘zini-o‘zi tarbiyalashda ham muhitning ta’siri ko‘rinib turibdi. Keltirilgan fikrlardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, bir xil tashqi sharoit, bir xil muhit turli bolalarga, o‘smirlarga, yigit va qizlarga turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Maktab o‘quvchilarining psixik taraqqiyoti qonunlari shuning uchun ham murakkabki, psixik taraqqiyotning o‘zi murakkab va qarama-qarshi o‘zgarishlardan iborat jarayonning omillari, shu jumladan ta’lim va tarbiya sharoitlari xilma-xil va ko‘p qirralidir. .
Oxirida shunday xulosa chiqarish mumkinki, odamning tashkil topgan va sistemalashtirilgan faoliyati uning vositasi hamda shartidir. SHu paytgacha odamga mavjudot sifatida qarab kelindi, lekin odamning biologik moxiyatini inkor qilib bo‘lmaydi. CHunki odam bevosita tabiiy mavjudotdir. O‘z-o‘zidan ravshanki odamning psixik rivojlanishi uchun tabiiy, biologik imkoniyatlar nixoyatda zarurdir. Insonning psixik xususiyatlari normal tarkib topishi uchun muayyan darajadagi biologik tuzilishga ega bo‘lgan inson miyasi, inson nerv sistemasi bo‘lishi shart. Insonning tabiiy xususiyatlari psixik rivojlanishning harakatga keltiruvchi omillar emas, balki dastlabki shartlaridir. Miya biologik tarzda tashkil topgan organ sifatida ongning yuzaga kelishi uchun dastlabki shartdir. Ong esa inson ijtimoiy turmushining maxsulidir. Nerv sistemasi tevarak-atrofdagi olamni aks ettirish uchun dastlabki shartdir. Ong esa inson ijtimoiy turmushining maxsuli bo‘lib, juda katta imkoniyatlariga ega. Lekin tegishli qobiliyat faqat ijtimoiy sharoitdagi faoliyatda tarkib topadi. Qobiliyat kurtaklarining yangi nerv sistemasi va miyada ba’zi bir tug‘ma anatomik-fiziologik xususiyatlarining mavjudligi qobiliyatlarning rivojlanishi uchun zarur tabiiy shart-sharoitdir. Ammo shart-sharoitlarning mavjudligi hali qobiliyatlarning rivojlanishini ta’minlamaydi. Qobiliyatlar hayot va faoliyat sharoitlari, odamga beriladigan ta’lim va tarbiya ta’siri ostida tarkib topadi va rivojlanadi.