Toshkent farmatsevtika instituti


Muammoli savol: Psixologiyada rivojlanish muammosi qanday talqin etiladi?



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə38/85
tarix25.10.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#66226
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   85
Toshkent farmatsevtika instituti

Muammoli savol: Psixologiyada rivojlanish muammosi qanday talqin etiladi?
Ta’lim-tarbiya ishlarining usullari, vositalari va tashkiliy formalarini ishlab chiqish hamda pedagogik jarayonni boshqarishning samaradorligi rivojlanish masalasini hal qilish bilan bog‘liqdir. Bu inson psixikasi rivojlanishida bir tomondan tabiiy, biologik, tug‘ma xususiyatlar o‘zaro munosabati muammosi rivojlanishidan hamda tashqi va ichki omillarning (irsiyat va muhit) roli va ularning o‘zaro munosabati muammosidan iborat.
Odamda tug‘ma ravishda tashkil topgan xususiyatlar ko‘rish, eshitish sezgilarining ayrim xususiyatlari bilan bir qatorda hayot sharoitlari va faoliyatlarining ta’lim tarbiya ta’siri ostida tashkil topgan axloqiy sifatlar mavjuddir. Psixologiyaning ayrim namoyondalari psixik xususiyatlar tug‘ma paydo bo‘ladi, bola tug‘ilmasdan shakllanadi degan pozitsiyada turadi.
Angliyalik genetik SH.Aurebax «Har bir odam xuddi kartaboz qo‘liga karta olib o‘ynagani kabi o‘z hayotini qo‘liga genlarni olib boshlaydi» deydi. Uning fikricha «Aqliy taraqqiyot darajasi maxsus qobiliyat, shaxsiy sifatlar bularning hammasi genetik faktorlar bilan muhit faktorlari o‘zaro munosabatining natijasidan ibotardir» degan fikrni ilgari suradi.
Avstraliyalik psixolog K.Byuler - “Bolalarning faqat aqliy taraqqiyotigina emas balki ahloqiy taraqqiyoti ham nasliy tomonidan belgilangandir” deb ta’kidlaydi.
Z.Freyd va uning izdoshlari inson faoliyatini boshqaruvchi instinktlarni tug‘ma bo‘lgan va sotsial ta’sirotga bog‘liq bo‘lmagan dastlabki ongsiz extiyojlarni hamda mayllarni shaxs taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuchlar deb bilgan.
Amerikalik psixolog va pedagog D.D’yui inson tabiatini o‘zgartirib bo‘lmaydi deb xisoblagan. Uning fikriga ko‘ra irsiyat tabiatni belgilaydi.
Ayrim psixologlarning fikriga ko‘ra muhit, ta’lim tarbiya tabiat tomonidan yaratilgan xususiyatlarning namayon bo‘lishi va o‘z o‘zicha rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan sharoitgina xolos. Ular psixik taraqqiyotda nasliy faktorlarning hal qiluvchi roli bor degan fikrni asoslashga intiladi.
Psixologlar V.N. Kolbonovskiy, A.R. Luriya, A.N. Mironovlar tajribasi boshqa ahvolni ko‘rsatadi. YA’ni bir tuxumdan bo‘lgan egizaklardan bir xil tabiiy sharoitda, ta’lim metodlariga qarab, ijodiy (ya’ni kombinatorlik) faoliyatining ayrim turlarida mutlaqo har-xil natijalarni olish mumkin. Fransuz psixologi R.Zazzo bir tuxumdan bo‘lgan egizaklar ustida shunga o‘xshash tajribalar o‘tkazib, psixika xususiyatlarning tug‘ma xarakteri nazariyasiga qattiq zarba berdi.
Psixologlar va pedagoglar ixtiyorida bo‘lgan juda ko‘p faktlar har ikkala yo‘nalishning ham cheklangan va bir yoqlamaligini ko‘rsatadi. Odamning genetik xususiyatlari bir ma’noda uning psixik xususiyatlarini belgilaydi deb xisoblash xatodir. Ammo buning teskarisi ham ya’ni psixik taraqqiyotning tabiiy imkoniyatlaridagi individual farqlarni batamom inkor qilish va odamlardagi g‘oyat xilma-xil barcha individual psixologik xususiyatlarni faqat tashqi ta’sirotlar natijasidir, deyishi ham noto‘g‘ridir.
SHunday qilib har bir ayrim kishining taraqqiyoti (tug‘ilgandan boshlab) organizmning o‘sishiga bog‘liq holda muhit, ta’lim va tarbiyaning ta’sirida, faol shaxsiy faoliyat natijasida amalga oshadi. Inson aqliy xususiyatlari, irodasi shu yo‘sinda rivojlanadi. SHaxsning individual xususiyatlari temperament, xarakter, qobiliyatlar va qiziqishlar shu tariqa shakllanadi va taraqqiy etadi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin