Toshkent farmatsevtika instituti



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə46/85
tarix25.10.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#66226
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   85
Toshkent farmatsevtika instituti

Yosh davrlar inqirozlari
SHaxsning kamol topishi murakkab jarayon ekanligini unda Yosh o‘sishi bilan bog‘liq xolda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar va yangilanishlarning xilma-xilligi hamda o‘ziga xosligida ko‘rish mumkin. Ma’lumki Yosh o‘sishi bilan bola faqat miqdor jihatdar emas, balki sifat jihatdan ham o‘sib boradi. Demak bolaning biologik jihatdan o‘sishi uning psixikasida ham o‘sish va o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Ammo biologik o‘sish bilan psixik o‘zgarishlar har doim ham mutanosiblikka ega bo‘lavermaydi. CHunki psixik o‘sish bir tomondan individuallik xarakteriga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan u ma’lum ijtimoiy va psixik shart-sharoitlarga ham bog‘liq bo‘ladi.
Bolada sodir bo‘ladigan psixik o‘sish, o‘zgarish real hayotda o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lishi biroz murakkabroq kechadi. Buning sababi bir tomondan bolada hali etarlicha tajribaning etishmasligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan kattalarning boladagi ehtiyoj va intilishlari ortida turgan rivojlanish xususiyatlarini to‘liq anglab etmasliklaridadir. Natijada esa bolalar va kattalarning munosabatlarida keskin vaziyatlar vujudga keladi. Bunday vaziyatlar tufayli bolalar va kattalarning boshdan kechiradigan psixik kechinmalari, xolatlari psixologik tilda inqiroz tushunchasi bilan ifodalanadi. Demak, inqiroz tushunchasining mazmuni psixik o‘sishdagi ziddiyat, qarama-qarshilikdan iborat. Bu jarayonda bolalar bilan kattalar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga keladi.
Inqiroz bolalarda xilma-xil ehtiyojlarning paydo bo‘lishi bilan ularning qondirilishi imkoniyatlari o‘rtasida to‘siq sifatida vujudga kelar ekan albatta uning ta’sirida u yoki bu tomonga o‘zgarish ro‘y beradi. Masalan, ma’lum taraqqiyot bosqichida bolada vujudga kelgan mustaqil harakat qilish ehtiyoji uni mustaqillikka erishishi uchun turtki bo‘lib xizmat qiladi va bola muayyan darajada mustaqillikka erishadi. Ikkinchidan, kattalarning bu jarayonda yo‘l qo‘yishi mumkin ta’lim va tarbiyaviy xatolari oqibatida ular ruhiyatida ayrim salbiy illatlar paydo bo‘lishi mumkin. Demak inqirozni na salbiy va na ijobiy jarayon deb baholashga to‘g‘ri keladi. SHu tufayli ota-onalar, tarbiyachilar va pedagoglar bundan to‘g‘ri xulosa chiqargan xolda bolalar bilan inqiroz davrlarida ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish talab etiladi.
Yosh davrlar psixologiyasida asosiy inqiroz davrlari sifatida bolalarning 3 yoshli, 7 yoshli hamda o‘smirlik davri inqirozlari alohida e’tirof etiladi.
Uch yoshli bolaga to‘g‘ri tarbiya berish, ta’sir o‘tkazish, ularning harakatlarini maqsadga muvofiq yo‘naltirish orqali ularda mustaqil xolda ovqatlanish, kiyinish, yuvinish, o‘z o‘rnini yig‘ishtirishga ayrim topshiriq va vazifalarni puxta bajarishga o‘rgatish mumkin. Psixolog olimlarning ta’kidlashicha bolaning uch yoshgacha o‘sishida erishgan yutuqlari uning xulq-atvorini, bilish jarayonlarini sifat jihatdan ancha o‘zgartirib yuboradi. SHunga qaramay, bolaning o‘sishida kattalarning ta’siri, roli etakchiligicha qolaveradi, lekin asta-sekin o‘sib borishi bolaning mustaqilroq bo‘lishini ta’minlaydi.
Bolaning mustaqilligi faqat uning jismoniy hamda aqliy imkoniyatida, kuchi etadigan jarayonga nisbatan o‘z munosabatini kattalarning ko‘magisiz amalga oshirishida emas, balki o‘zining kuch quvvati, qurbi etmaydigan, muayyan amaliy ko‘nikmalarini egallay olmagan turmush muammolarini hal etishda ham ko‘rinadi.
Psixologlar N.A.Menchinskaya, V.S.Muxinalarning ta’kidlashlaricha, bu davrdagi ziddiyatda bolalardagi injiqliklarning bosh omili atrofdagi odamlarning ular shaxsiga adolatsiz, noto‘g‘ri, mensimay munosabatda bo‘lishidan iboratdir.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik xususiyatlarini o‘rgangan A.N.Golubevaning fikricha, noqulay sharoitda bolaga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish unda o‘jarlikni paydo qiladi. SHuningdek bu yoshdagi bolalarning o‘jarligi doimiy bo‘lmaydi, masalan o‘z tengdoshlariga nisbatan o‘jarlik qilish ahyon-ahyondagini ro‘y beradi. Ular asosan katta yoshdagi odamlarga, shunda ham muayyan tarbiyachiga yoki oila a’zolarining birortasiga o‘jarlik qiladilar. A.N.Golubeva bolalardagi o‘jarlik barqaror emasligi sababli uning oldini olish mumkinligini uqtirib o‘tadi.
A.P.Larinning tadqiqotlarida esa noqulay va nomaqbul tarbiyaviy shart-sharoitlarda qaysarlik juda erta, hatto uch yoshda ham paydo bo‘lishi ifodalangan. Dastlab bu xususiyat ba’zi-ba’zida ro‘y beradi, lekin u hech qachon barcha katta yoshdagi kishilarga qaratilgan bo‘lmaydi, ya’ni uning ob’ekti aloxida shaxs xisoblanadi.
Ammo bola xarakterining bu sifati muhitning noto‘g‘ri ta’siri oqbatida biror darajada barqarorlashsa, keynchalik ko‘pchilikka qaratilgan, umumlashgan shaklga aylana boshlaydi. O‘jarlik bir guruh odamlarga yo‘nalganligini ham uchratish mumkin.
A.P.Larinning to‘plagan ma’lumotlariga ko‘ra, o‘jarlikning asosiy sabablari –bolaning mustaqilligini cheklab qo‘yish, erkinlik tuyg‘usi va tashabbusni so‘ndirish va uning ongini (anglash suratini) kamsitishdan iborat.
Mazkur omillar bolaning kattalarga munosabati negizini tashkil qiladi va uning psixik o‘sishi davomida muayyan darajada o‘zgarib boradi. Ularning o‘zgarishi kattalarning bolaga u erishgan kamolot bosqichini xisobga olib, oqilona munosabatda bo‘lishiga bog‘liq.
Bola xulqida muayyan sharoitning ta’siri bilan paydo bo‘lgan o‘jarlik va nojo‘ya qiliqlar mavjudligi, uning psixikasida jiddiy o‘zgarish ro‘y berganini, endi bolaga uning xozirgi o‘sish darajasini xisobga olib, munosabatda bo‘lish zarurligini bildiradi.
Bolaning psixikasida vujudga keladigan inqirozning sabablari sifatida quyidagilarni extirof etish mumkin:
- kattalar bolaning jismoniy va aqliy imkoniyatlarini xisobga olmasliklari;
- xohish va istaklarini mustaqil xolda turmushda qaror toptirishga intilishlariga to‘sqinlik qilishlari;
- ayrim ko‘zga tashlangan qiyinchiliklarni bartaraf qilishga o‘rinishlariga yo‘l qo‘ymasliklari;
- bola o‘z xolicha ish tutishini cheklashlari.
Kattalar bolalarning rayiga, mustaqilligiga qarshi turmasdan, mumkin qadar istagiga, intilishiga yordam bersalar, uning shaxsini shakllantirish jarayonidagi qiyinchilik o‘z-o‘zidan barham topadi, nizo yoki ixtilofning oldi olinadi.
Oilada, maktabgacha tarbiya muassasalarida shaxslararo munosabatlar ilmiy asosda qurilib, muayyan qoidalarga suyanilsa va pedagogik odob doirasidan chetga chiqilmaca, yuqorida aytilgan ziddiyatlar yuzaga kelishi mumkin emas.
O‘jarlik, qaysarlik, kattalarga itoatsizlikning vujudga kelishi – bolaning kattalarga qaramlikdan qutulishga o‘rinishi va kichik maktabgacha Yosh davridan maktabgacha Yosh davriga o‘tishning tashqi ifodasi xisoblanadi. Mustaqillikka intilish mazkur Yosh davridagi o‘zgarishlar, yangilanishlar, ya’ni shaxsiy xatti-harakatni va “men o‘zim”ni anglashning mahsuli sifatida yuzaga chiqadi.
Ko‘pchilik psixologlarning tadqiqotlaridan ma’lumki, bolalar mazkur inqiroz davrida bir nechta ko‘rinishdagi qaysarlikni namoyon etadi. Ana shunday ko‘rinishlarninsh bittasi biz nazarda tutgan 3 yoshli inqirozga to‘g‘ri keladi. SHu davrda uning ruhiy dunyosida sifat va miqdor jihatdan turli o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu o‘zgarishlar uning olamni boshqacha kashf qilayotganiga, psixikasi ma’lumot va axborotlar bilan kun sayin boyib borayotganligiga bog‘liqdir. Ayni shu yoshda boladao‘z irodasiga ishonch hissi tug‘iladi, u o‘zligini anglay boshlaydi. O‘zligini anglash qarama-qarshiliklarni, ziddiyatlarni engish bilan amalga oshadi.
Psixik o‘sishning boshqa davrlarida ro‘y beradigan inqiroz davri ham xuddi shunday tarzda kechadi, ammmo turli davrda inqirozlarning sabablari turlicha bo‘ladi. Jumladan: kichik maktab yoshida sodir bo‘ladigan inqiroz ko‘proq bolaning o‘quv faoliyati jarayoni va uning kechishi bilan bog‘liq xolda kechadi.
Maktab ta’limi o‘quvchining turmush tarzini, ijtimoiy mavqeini, sinf jamoasi va oila muhitidagi ahvolni o‘zgartiradi, uning asosiy vazifasi o‘qishdan, bilim olish, ko‘nikma va malakalarni egallash, tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi qonuniyatlarni o‘zlashtirishdan iborat bo‘lib qoladi. Ta’lim muayyan darajada uyushqoqlik, intilish, irodaviy zo‘r berish, faollik va maqsadga muvofiq faoliyatni talab etadi. Ixtiyorsiz hatti-harakat o‘rnini anglashilgan, rejali, aqliy mehnat egallay boshlaydi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi oldiga qo‘yiladigan talablar tobora ko‘payib, murakkablashib boraveradi.
O‘qishning dastlabki kunlaridanoq kichik maktab yoshidagi bolaning o‘sishini harakatga keltiradigan turli ziddiyat, qarama-qarshiliklar, ichki ixtiloflar vujudga keladi. Ana shular zamirida boladagi psixik kamolotningdarajasi va ijobiy xislatlar bilan talablar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar yotadi. Talablarning tobora ortishi bolaning psixik jihatdan to‘xtovsiz o‘sishini taqazo etadi va shu berk zanjirning uzluksiz harakati natijasida insonning kamoloti amalga oshadi.
Yosh davrlar taraqqiyotida o‘smirlik davri alohida ahamiyat kasb etadi. O‘smirlik davri taqlidchanligi, muqim nuqtai nazarning shakllanmaganligi, hissiyotliligi, mardligi, tantiligi bilan farqlanadi. SHuning uchun tashqi ta’sirlarga beriluvchan o‘smir o‘g‘il-qizlarga alohida e’tibor berish zarur. O‘smirlik davrida bolalik xolatidan kattalik xolatiga o‘tishsodir bo‘ladi.
O‘smirning psixik o‘sishini harakatga keltiruvchi kuch – uning faoliyatini vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o‘rtasida qarama-qarshiliklar tizimining namoyon bo‘lishi yotadi. Mana shu dialektik qarama-qarshiliklar ortib borayotgan jismoniy, aqliy hamda axloqiy imkoniyatlar bilan barqarorlashgan, steriotipga aylangan tashqi olamni aks ettirishning shakllari o‘rtasida sodir bo‘ladi. Vujudga kelgan ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarni psixologik kamolotni ta’minlash, faoliyat turlarini murakkablashtirish orqali o‘smir shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib toptirish bilan asta sekin yo‘qotish mumkin.
Venalik psixolog Z.Freyd va uning shogirdlari o‘smirlik davrini baholashda insonga azaldan berilgan qandaydir ilk mayl nishonasi sifatida vujudga keladigan o‘z mavqeini belgilashga ongsiz intilish deb xisoblaydilar.
Ayrim psixolog olimlar esa o‘smirlikni biogenetik o‘sishning biologik omillariga, ya’ni jinsiy etilishga alohida ahamiyat beradilar. Ularning fikricha, o‘smirning psixik jihatdan inqirozga etaklovchi, hayajonga soluvchi sub’ektiv ichki kechinmalari o‘g‘il va qiz bolalarda o‘ziga xos xolatni yuzaga keltiradi. O‘smir uchun xarakterli xisoblangan norozilik, qo‘pollik, qaysarlik, shafqatsizlik, tajanglik, ginaxonlik kabi illatlar jinsiy etilishning maxsuli, yangi tuyg‘ular, mayllar, kechinmalar o‘smir xatti-harakatlarida xukmron bo‘lib, uning xulq atvorini belgilaydi deb xisoblaydilar.
Turli Yosh davrlarda ro‘y beradigan inqirozlar xususida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Yosh taraqqiyoti jarayonida sodir bo‘ladigan har qanday inqiroz bola ruhiyatida u yoki bu psixik o‘sish, yangilanish va o‘zgarishlarning sababchisi va ro‘yobga chiqaruvchi vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Aqliy qobiliyatning yoshga bog‘lik xolda o‘zgarishi.
Aqliy qobiliyatlarning individual asoslari o‘rtasidagi tafovutlar kabi uning Yosh taraqqiyoti bilan bog‘liq tafovutlarining mavjudligi ham shubxasizdir. YA’ni inson psixikasining ontogenezdagi taraqqiyoti bir-biri bilan bog‘langan bir rivojlanish bosqichidan ikkinchi sifat jixatdan farq qiluvchi bosqichga o‘tish jarayonini ifodalaydi. Bu o‘zgaruvchan davrlar, taraqqiyotning bosqichliligi – uzluksiz jarayonni shartli bo‘lish natijasi emas, balki bu ob’ektiv reallikdir.
Aqliy qobiliyatning yoshga bog‘liq xolda rivojlanishi masalasi qator psixologlar tomonidan qayd etilgan. Ammo ta’lim amaliyotida bu muammo chuqur taxlil etilib, turli yoshda o‘quvchilarning intellektual saloxiyatini oshirib borish bo‘yicha ishlarni talab darajasida hal etilgan deb ayta olmaymiz. Aqliy qobiliyatlarning yoshga bog‘liq holda rivojlanishi qonuniyatlarini bilish turli Yosh davrlarda aqliy qobliyatlarni maqsadga muvofiq xolda shakllantirish imkoniyatlarini ochadi.
Aqliy qobiliyatlarning yoshga bog‘liq jihatlarini tadqiq etish bo‘yicha psixologiya juda boy tajribaga ega. CHet el psixologlaridan J.Piaje, Dj.Kelli, A.Vallon, Rus psixologlaridan L.S.Vыgotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, L.I.Bojovich, V.A.Muxina, E.A.Golubeva, N.S.Leytes, o‘zbek psixologlaridan M.G.Davletshin E.G‘.G‘oziev, B.R.Qodirov, Z.T.Nishanova va boshqalar tafakkur va aqliy qobiliyatning yoshga bog‘liqligini turli yo‘nalishlarda o‘rganganlar. Jumladan taniqli o‘zbek psixologi E.G‘.G‘ozievning «Tafakkur psixologiyasi» nomli asarida bu boradagi tadqiqotlar keng yoritilgan. SHvetsariyalik psixolog J.Piaje intellekt muammosiga o‘z shaxsiy nuqtai nazaridan kelib chiqib yondoshgan. J.Piaje intellekt nazariyasini ikkita muhim jihatga, ya’ni intellekt funksiyalari va intellekt davrlariga ajratadi. J.Piaje mulohazasiga ko‘ra, intellektning asosiy funksiyalari qatoriga uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish, ko‘nikish) kiritilgan bo‘lib, ular intellektning funksional invariantlari deb yuritiladi. SHuningdek muallif intellektning quyidagi rivojlanish bosqichlarini ajratib ko‘rsatadi:
1. Sensomotor intellekt davri (tug‘ilgandan 2 yoshgacha);
2. Operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan 7 yoshgacha);
3. Konkret (yaqqol) operatsiyalar (aqliy harakatlar davri 7, 8 yoshdan 11, 12 yoshgacha);
4. Formal (rasmiy) operatsiyalar (aqliy harakatlarni maqsadli amalga oshirish davri).
J.Piajening fikriga ko‘ra intellektning o‘sishi bolada nutq paydo bo‘lishidan ilgari boshlanadi. Intellekt (aqliy qobiliyat)ning kurtagi bolaning dastlabki tartibsiz xatti-harakatlarida o‘z ifodasini topadi. Keyinchalik maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar aktini amalga oshirish natijasida intellektning genetik ildizini o‘rganish uchun muhim imkoniyatlar yaratildi. J.Piaje konkret operatsiyalar davri predmetlar bilan aloqalar o‘rnatishdan iborat ekanligini ta’kidlab, psixologiya ilmida olg‘a siljish yasadi. Formal (rasmiy) operatsiyalar davriga tasnif berilganda esa predmetlar bilan aloqa qilish yo‘qolib borishi qayd etiladi. SHuningdek intellektning o‘sishi insonning operatsiyalar sistemasi bilan qurollanishidan iborat, hamda intellekt davrining o‘zaro o‘rin almashinishi tafakkur o‘sishini bildiradi, davrning ketma-ketligi esa rivojlanishning ichki qonuniyatlarini ifodalaydi-deb ta’kidlaydi.
Taniqli rus psixologi L.S.Vыgotskiy, A.N.Leontevlarning ishlab chiqqan konsepsiyasiga binoan insonning ontogenezda taraqqiy etishi jarayonida tashqi faoliyat (xatti-harakatlar) asta – sekin ichki xatti-harakatlarga, ya’ni aqliy harakatlarga aylanadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, tashqi alomatlar ichki alomatlarga o‘tishi sodir bo‘ladi. Tashqi faoliyatning ichki faoliyatga o‘tishi shuni bildiradiki, o‘quvchi bu davrda jarayonning tuzilishini o‘zlashtiradi, tashqi bilimlardan qanday foydalanish qoidalarini egallaydi.
A.N.Leontev, L.S.Vыgotskiy g‘oyasini rivojlantirib, mazkur holatni tajriba yo‘li bilan o‘rganib, o‘quvchida yangi aqliy harakatni vujudga keltirish uchun, eng avvalo uni tashqi harakat tuzilishi bilan tanishtirish zarur, faqat ana shundagina ushbu harakatni bir davrning o‘zida eksteriorizatsiyalashtirishni ta’minlash mumkin, degan xulosaga keladi. Harakatni eksteriorizatsiyalashtirilgan shaklda, uning yoyiq, tashqi shaklda tavsiya qilinayotgan harakat shakllana boshlaydi. Dastlabki o‘zlashtirishdan keyin, harakatni asta-sekin o‘zgarish jarayonining natijasida umumlashtirish vujudga keladi, uni amalga oshirish tarkiblarining qisqarishi va darajasining o‘zgarishi bilan ajralib turadi. Demak u ichki harakatga aylanib, bolaning diliga batamom jo bo‘ladi.
Har bir Yosh davr tafakkur va aqliy qobiliyatning namoyon bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishida o‘ziga xos ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlarni yuzaga keltiradi. Bu borada psixolog S.L.Rubinshteynning «Inson psixikasining rivojlanishi ijtimoiy, tarixiy, biologik va neyrodinamik jihatdan shartlanganlik xarakteriga ega» degan fikri o‘rinlidir. Jumladan bolaning nutqni egallagunga qadar bajaradigan aqliy harakatlari tafakkurning tabiiy va ijtimoiy-tarixiy shartlangan xolda o‘sishini ifodalasa, nutqni egallagandan so‘ng sodir bo‘ladigan aqliy o‘zgarishlar va aqliy o‘sish ijtimoiy shart-sharoit hamda maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya maxsuli ekanligini xarakterlaydi.
Ma’lumki tafakkurning mavjudligi narsa va xodisalarning mazmunini tushunish bilan izoxlanadi. Ilk bolalik yoshi davrida so‘z bilan predmet o‘rtasidagi aloqa, bog‘liqlikni tushunish jarayoni sodir bo‘ladi, ya’ni tushunishnig eng qulay (senzitiv) davri bir yoshdan bir yarim yoshgacha bo‘lgan davr xisoblanadi . Bu davrda bolalar predmet va jismlarning nomlarini engil o‘rganishi uchun shart-sharoit mavjud bo‘ladi. Ilk bolalik davrida amaliy harakat tafakkuri shakllanadi, jismlar bilan turli harakatlarni o‘zlashtirishda ulardagi muxim va o‘zgarmas alomatlarni ajratish ko‘nikmasi xosil bo‘ladi.
Bu davrda bolada «Men o‘zim» konsepsiyasining vujudga kelishi shaxsiy fazilatlar bilan bir qatorda aqliy imkoniyatlarning ham yuzaga chiqishi uchun sharoit yaratadi.
Psixolog E.G‘oziev maktabgacha Yosh davrda aqliy o‘sish muammosini taxlil qilib psixolog J.Piajening bolaning o‘yinda jismlarga yangi nom berishi omilini aqliy o‘sishning ramziy ma’noli tafakkur shakllanishining tayanchi sifatida qarashiga e’tiroz bildiradi va narsaning nomini o‘zgartirish bilan bolada tafakkur va aql zakovat o‘sishini kutish mantiqqa zid deb xisoblab, aslida narsalarni qayta nomlash emas, balki o‘yin harakatlarining xususiyatini o‘zgartirish bolaning aqliy o‘sishiga sezilarli ta’sir o‘tkaza oladi degan xulosaga keladi.
Haqiqatdan ham maktabgacha Yosh davrda o‘yin faoliyati jarayonida bolalarda harakatning yangi ko‘rinishi, ya’ni uning fikriy, aqliy jihati namoyon bo‘ladi. Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki bu Yosh davrda bolaning aqliy kamol topishida o‘yin faoliyati muxim ahamiyat kasb etadi. Aynan o‘yin faoliyati bilan shug‘illanish aqliy o‘sish uchun shart-sharoit xisoblanadi.
Olimlarning ta’kidlashicha kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar tafakkuri ta’lim jarayonida juda ko‘p o‘zgarishlarga uchraydi.
Mashxur rus psixologi L.S.Vыgotskiy ko‘rsatib o‘tganidek, idrok va xotira maktab ta’limi boshlanishi oldidan anchagina taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan bo‘ladi, kichik maktab yoshidagi davrda esa intellekt (aql) jadal taraqqiy etadi. Tafakkurning rivojlanishi idrok va xotirani sifat jihatdan qayta o‘zgarishga, ularni ixtiyoriy va boshqariladigan jarayonga aylanishga olib keladi. Vo‘gostkiyning ko‘rsatishicha maktab yoshiga bola idrok va xotira funksiyasiga nisbatan kuchsiz intellekt funksiyasi bilan qadam qo‘yadi. Biroq intellekt shunday rivojlanadiki, na xotira va na idrok bunday rivojlanishni o‘z boshidan kechirmaydi.
Bu erda ta’lim mazmuni va motivlarining stimullashtiruvchi roli, o‘qituvchining ta’lim-tarbiya protsessini tashkil qiluvchilik roli xususan yaqqol ko‘zga tashlanadi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, o‘quv jarayoni har xil yo‘sinda tashkil qilinganda, ta’lim mazmuni o‘zgartirilganda, o‘qitishning turli usullariga qarab kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning tafakkuri nihoyatda xilma-xil xarakteristikaga ega bo‘lishi mumkin.
Kichik maktab o‘quvchilarida tafakkur operatsiyalari rivojlanishi konkret narsa va xodisalarning ko‘rgazmali xususiyatlari va sifatlariga asoslangan xolda kechadi, ya’ni bu davrda o‘quvchilar tafakkuri konkret operatsiyalar bosqichida turadi.
SHunday qilib, kichik maktab o‘quvchisi ta’lim faoliyati jarayonida konkret tafakkurga ega bo‘lib boradi, ya’ni narsa va xodisalarni tashqi tomondan bilishdan asta sekin ularning moxiyatini bilishga, muxim xususiyat va belgilarni tafakkurda aks ettirishga o‘tadi. Bu davrning yana bir muxim jixati aynan shu davrdan boshlab, ya’ni ta’lim faoliyatining etakchilik rolidan foydalanib o‘quvchilar tafakkuri va aqliy qobiliyatlarini ta’lim jarayonida maqsadli rivojlantirish va jiddiy psixokorreksion ishlarni olib borish uchun shart-sharoitlar mavjud bo‘ladi.
Psixologiyada o‘smirlik yoshining xarakteristikasi xaqida so‘z yuritilganda asosan gap shaxsning aqliy taraqqiyoti o‘tish davri bilan bog‘liq xolda yuzaga keladigan muammolar yuzasidan boradi. O‘smirlik yoshida bilish jarayonlarining taraqqiyoti hamda aqliy taraqqiyot muammolariga bag‘ishlangan ishlar mavjud,ammo ular barmoq bilan sanarli darajada bo‘lib muammoni atroflicha yoritib berish uchun etarli emas.
O‘smirlik davrida aqliy imkoniyatlarning o‘sishida ularning voqea xodisalarga nisbatan ongli munosabatda bo‘lishi hamda o‘qishga bo‘lgan munosabatlari darajasining kuchayishi ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu omil ularning o‘qish faoliyati motivlarining murakkabligida namoyon bo‘ladi, ya’ni o‘smirlarning o‘qish faoliyati motivlari tarkibiga keng ijtimoiy motivlar (bilim olishning ijtimoiy jixatdan muxim ekanligini anglash, mustaqil xayot va mexnatga tayyorlanish uchun o‘qishning zarurligi) bilan muvaffaqiyatga intilish, izzat nafs bilan bog‘liq bo‘lgan bilish motivlari hamda shaxsiy motivlar (obro‘ qozonishga intilish, raxbarlik rolini o‘ynash va xokozo) birga qo‘shilib ketgan bo‘ladi.
O‘smirlik davrida aqliy taraqqiyotda muxim siljishlar yuz beradi. Bu davrda fikrlash faoliyatining asosiy xususiyati abstrakt tafakkur qobiliyatining o‘sib borishi bilan bir qatorda voqelikni to‘g‘ri va aniq, mantiqan aks ettirish uchun tafakkurning konkret obrazli turi ham tafakkurning umumiy strukturasida muxim rol o‘ynashda davom etadi. SHuningdek bu davrda aqlning muxim sifatlaridan tafakkurning tanqidiyligi sezilari darajada taraqqiy etishi xarakterlidir. SHuningdek psixologik adabiyotlarda o‘smirlik davri aktiv, mustaqil, ijodiy tafakkurning tarkib topishi uchun senzitiv davr ekanligi ta’kidlanadi.
Xulosa qilib aytish joizki, o‘smirlik davrida aqliy qoboliyatlarni xar tomonlama rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar mavjud bo‘lib, ulardan to‘g‘ri foydalanish bizning nazarimizda bu davrda sodir bo‘ladigan ayrim salbiy xolatlarning oldini olishga xizmat qilishi tabiiydir.
Tadqiqot ishimiz ilk o‘spirinlik va o‘spirinlik Yosh davrida aqliy qobiliyat diagnostikasi va psixokorreksiyasiga bag‘ishlanganligi tufayli aynan shu Yosh davrda aqliy qobiliyatlarning o‘ziga xos tarzda rivojlanishi va namoyon bo‘lishi xususiyatlarini chuqurroq taxlil qilishni lozim topdik.
Ma’lumki o‘spirinlik Yosh davrida bolalar umumiy ta’lim maktabining yuqori sinflarida, akademik litsey, kasb-xunar kollejlari hamda oliy o‘quv yurtlarida ta’lim faoliyatini davom ettiradilar. Ilk o‘spirinlik davrida o‘quvchining mustaqil fikr yurita olmasligi uning psixikasidagi jiddiy kamchilik xisoblanadi. Bu davrda o‘quvchi aqlining tanqidiyligi vaziyatga qarab o‘zgaruvchan xarakter kasb etadi. Buning asosiy sabablaridan biri – voqelikning mohiyatini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tushunmaslikdir. SHuningdek o‘spirinning «o‘z pozitsiyasi»da bo‘sh kelmasligi, narsa va xodisalarning asl mohiyatini anglab turib, ba’zan ataylab «o‘jarlik» qilishi ham bu xolatning bir ko‘rinishi xisoblanadi. E.G‘oziev ta’kidlashicha, «ularda moddiy dunyo to‘g‘risida shaxsiy fikrlar, mulohazalar, ilmiy dunyoqarash tarkib topganidan keyingina tafakkurning tanqidiylik xususiyati rivojlana boshlaydi. Aqlning tanqidiyligini tarbiyalashda o‘qituvchi o‘quvchining o‘ziga xos tipologik xususiyatlariga, aqliy kamolot darajasiga, bilimlari saviyasiga, muloxaza doirasining kengligiga, nutq qobiliyatiga, shaxsiy nuqtai nazariga, o‘qishga nisbatan munosabatiga, qiziqishining xususiyat va darajasiga, aqliy faoliyat operatsiyalarini qanchalik bilishiga, mavjud o‘qish ko‘nikmasi va malakalariga alohida e’tibor berishi lozim».
O‘spirin aqliy qobiliyatining asosini tafakkurining quyidagi sifatlari tashkil etadi: mazmundorligi, chuqurligi, kengligi, mustaqilligi, samaradorligi, tezligi. Tafakkur mazmundorligi o‘spirin ongida tevarak atrofdagi voqelik bo‘yicha muloxazalar, muhokamalar va tushunchalar qanchalik joy olganligiga bog‘liq bo‘ladi. tafakkur chuqurligi esa moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning asosiy qonunlari, xossalari, o‘zaro bog‘lanishi va munosabatlarining fikrlash jarayonidagi to‘liq aks etishi tushuniladi. Tafakkurning tashabbuskorligi o‘spirinning o‘z oldiga yangi g‘oya, muammo va vazifalar qo‘yishi, ularni amalga oshirishda samarador vositalarni qo‘llashida namoyon bo‘ladi. o‘spirin tafakkurining tezligi berilgan savolga to‘liq javob berish uchun sarflangan vaqt bilan belgilanadi va u fikrlash uchun zarur materiallaning xotirada mustahkam saqlanganligiga, uning tez yodga tushira olishga, muvaqqat bog‘lanishning tezligiga, turli xis-tuyg‘ularning mavjudligiga, diqqati va qiziqishiga, bilim saviyasiga, qobiliyatiga, egallagan ko‘nikma va malakalariga bog‘liq bo‘ladi.
Talabalik yillarida o‘spirin biologik jixatdan barkamollik, ijtimoiy nuqtai nazardan etuklik, jismonan baquvvatlik bosqichiga ko‘tariladi. Bu davrda ilk o‘sirinlik davrida vujudga kela boshlagan tafakkurning mustaqillik, teranlik, ixchamlik, tashabbuskorlik, tanqidiylik sifatlari kun sayin takomllashib, yangi-yangi sifat va alomatlar bilan boyib boradi. Talabalarda o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini boshqarish aql-zakovatning muhim jixatlari taraqqiyotning yangi bosqichiga ko‘tariladi.
Talabalar tafakkuri asosan o‘qish, amaliy mashg‘ulot va mustaqil bilim olish faoliyatlarida jadal va uzluksiz ravishda rivojlanadi. Oliy ta’limdagi mustaqil ishlarning barchasi: konspekt tuzish, referat, annotatsiya, tezis, seminarga tayyorgarlik, kurs va bitiruv ishlari yozish talabadan mustaqillikni ijodiy yondoshishni talab etadi. Bu davrda ta’lim jarayonida fikr yuritish jarayonlaridan unumli foydalanish evaziga har qanday murakkab bilimlarni egallash imkoniyati vujudga keladi. Talabalar tafakkur shakllari (tushuncha, xukm, xulosa chiqarish)ning funksional va operatsional jihatlari bilan yaqindan tanishadilar, shuningdek ulardan mustaqil foydalanish uchun barcha intellektual, aqliy zahiralarini ishga solishga harakat qiladilar.
YUqoridagi muloxazalarga qaramasdan tabalar tafakkurida sub’ektiv-shaxsiy xususiyatga ega bo‘lgan zaif jihatlar mavjuddir, ya’ni fikr yuritish faoliyatini nazorat qilishda bu davrda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yiladi. Tafakkurning tanqidiylik va tashabbuskorlik sifatlarida ayrim nuqsonlar uchraydi. SHuningdek talabalarning intilishi bilan o‘z-o‘zini baholash hamda aqliy taraqqiyot o‘rtasidagi munosabat mutanosiblikka, o‘zaro uyg‘unlikka ega emas (bu holat bizning tadqiqotlarimizda ham kuzatildi). SHu tufayli imkoniyat bilan orzular o‘rtasida ziddiyat vujudga keladi, natijada oqillik o‘rnini g‘ayrlik egallay boshlaydi. Bunday salbiy, xissiy kechinmaning oldini olish uchun ta’lim jarayonida maxsus treninglardan foydalanish ijobiy natijalar beradi.
Tadqiqot ishimizda ilk o‘spirinlik va o‘spirinlik Yosh davridagi aqliy imkoniyatlar va ulardan samarali foydalanishdagi nomutanosibliklarni tahlil qilish hamda ular o‘rtasida o‘zaro mutanosiblikni shakllantirish maqsadida psixodiagnostik va psixokorreksion tadbirlar amalga oshirildi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin