Toshkent farmatsevtika instituti



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə43/85
tarix25.10.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#66226
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   85
Toshkent farmatsevtika instituti

Nutritiv nazariya. Bu g‘oyaning tub mohiyati shuki, o‘sishdagi jadallashish odamlarning ovqatlanishi yaxshilanishi, iste’mol qilinayotgan ozuqalarda darmondorilar miqdorining ko‘payishi sababli vujudga kelgan.
Yosh xususiyatlari yoshning eng tipik va eng xarakterlik bo‘lgan hamda rivojlanishning umumiy yo‘nalishini ko‘rsatadigan umumiy xususiyatlari sifatida mavjuddir. Ushbu g‘oya namoyandalarining fikricha, V-6, V-12 darmondorilari va foliev kislotasini odamlar ko‘proq iste’mol qilishi mazkur xolat namoyan bo‘lishining asosiy omili emish. Tabiiyki, inson o‘sishining jadallashuvida darmondorilar ma’lum darajada ijobiy ta’sir etishi tutkish, lekin mazkur omillarning o‘zi akseleratsiya uchun muhim va yagona omil bo‘la olmaydi. SHuning uchun tibbiyot xodimlari gigienachilar, biologlar, fiziologlar psixologlarning ayrimlari bu g‘oyani qo‘llab quvvatdaydi
Nurlanish nazariyasi. Bu nazariya namoyandalarining fikricha, er yuzida rentgen qurilmalarining ko‘payishi, atom, vodorod va neytron bombalarning portlashi natijasida insonda radioaktiv moddalar, radiatsiya nurlanishi darajasining sezilarli darajada ortishiga olib keladi. Er kurrasiga tarqalgan zaryadlar bilan inson organizmining nurlanishi o‘sishni kuchaytiradi, ya’ni akseleratsiya jarayoni yuzaga keladi. SHuning uchun bu nazariyaning himoyachilari turli xususiyatga ega bo‘lgan nurlarning aniq dozasi organizmga ta’sir etishi, tarqalishi emirilishga sabab bo‘lmasa, insonning jismoniy o‘sishi jadallashishi uchun imkoniyat yaratadi deb xisoblaydilar. Meditsinadan ma’lumki, me’yoridan ortiq rentgen nuridan foydalanish ham organizm uchun zararlidir. Ana shu mulohazaga asoslanib organizm ayrim qismlarining rivojlanishi nurlar bilan bog‘liq ekan, degan xulosa chiqarish mumkin. Ba’zi ilmiy manbalarda payvandlash uchun qo‘llaniladigan aparatning yog‘dusi ham, chaqmoqdan tarqaladigan nur ham organizmga ijobiy ta’sir etishi haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. Ammo muammoni mantiqan talqin etilganda tom ma’nodagi akseleratsiyaning ro‘y berishi uchun bunday omillar bir zarra kabi rol o‘ynashi mumkin.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin