Muammoli savol: O‘smirlik davridagi jins tafovutlari nimalardan iborat? O‘g‘il bolalarda 11 yoshda 1900-2000 ml; 15 yoshda 2600-2700ml shuning uchun nafas olish xar daqiqada 2 marta kamayadi. O‘g‘il bolalar qorin bilan, qizlar esa ko‘krak bilan nafas ola boshlaydilar.
Kislarodga ochlik o‘smirning psixik faoliyatiga ta’sir etib, miya muskul sistemasidan farqli ravishda kislaroddan bir necha marta ko‘p iste’mol qiladi. Ana shuning uchun ham yaxshilab shamollatilmagan va ko‘p o‘quvchi o‘qiydigan sinfxonalarda o‘smirlar tez charchaydilar va ish qobiliyatlar tez susayadi. Natijada bola darsga quloq solib o‘tirmasligi, intizomga rioya qilmasligi mumkin.
O‘smirlarning yurakning xajmi va tiriklik sig‘imi xar yili 25% kattalashib boradi.
Mazkur davrda tananing umumiy xajmidan 7-8%ni qon tashkil qiladi. Qon bosimi birmuncha oshadi, simob ustunining 110-115 mm darajasida bo‘ladi. YUrak qisqarishining chastotasi bir qadar sekinlashadi. Masalan, 11 yoshda daqiqada 85-90 marta urgan bo‘lsa, 14-15 yoshlarda 70 martagacha pasayadi.
O‘smirlarning jismoniy jihatdan o‘sishida jinsiy balog‘atga etish katta rol o‘ynaydi. Jinsiy etilishning boshlanishi ko‘p jixatdan iqlimga va milliy-etnografik omillarga va shu bilan birga individual hayot xususiyatlariga (sog‘ligiga, boshdan kechirgan kasalliklar, ovqatlanishga, mexnat va dam olish rejimiga, tevarak-atrofdagi sharoitga va boshqalarga) bog‘liqdir. Jinsiy etilishning boshlanishi davri o‘g‘il bolalarda 12-13 yoshga, qiz bolalarda 11-12 yoshga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilik o‘g‘il bolalar xozirgi vaqtda jinsiy jixatdan 15-16 yoshda, qiz bolalar esa, 13-14 yoshda etilyapdilar. Natijada boshqa jinsga qiziqish ortadi, orzu, xoxish, nozik tuyg‘u, sog‘inish, iztirob kabi kechinmalar paydo bo‘ladi.
O‘smirlar jinsiy, etilish sirlarining 17%ni ota-onadan, 9%ni o‘qituvchilardan, 4%ni maktab vrachidan va qolgan yashirin jixatlari, xolatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘cha kuydan, o‘rtoqlari va dugonalaridan eshitib bilib oladilar.
SHaxsning axloqiy jixatdan intensiv tarkib topishi, xatti-xarakatlarining axloqiy etnik nomalarini o‘zlashtirish o‘smirlik yoshining muhim psixologik xarakteristikalaridandir.
O‘smirlik yoshida faqat jismoniy taraqiyot yuzaga kelmay, balki bolaning shaxsi ham sezilarli rivojlanadi. Bola shaxsining rivojlanishi tevarak-atrofdagi voqelikning ta’siri ortida maktabdagi, ta’lim tarbiya jarayonining ta’sirida, kolektiv va tarbiyachilarning g‘oyaviy raxbarligi ostida amalga oshadi.
O‘smirlik yoshi xatti-xarakatlarida suyana boshlaydigan dunyoqarashlarning, ma’naviy e’tiqod, prinsip, qoida, idealarining, baxolash, muloxazalari sistemasining tarkib topishi davridir. Agar kichik maktab yoshidalik davrida u kattalarning, ya’ni o‘qituvchilar va ota-onalarning bevosita ko‘rsatmalari bilan, yoki o‘zining tasodifiy va impulsiv istaklari ta’siri bilan xarakat qilgan bo‘lsa, endilikda uning uchun o‘z xatti-xarakatlarining prinsipi, o‘zining qarashlari va e’tiqodlari asosiy ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi va tarbiyachi shuni nazarda tutishi lozimki, xuddi ana shu yoshda axloqiy ong taraqqiyotiga zamin qo‘yiladi.
O‘smir turli narsalarni mutlaqo aniq differensiallaydi. Agar tanaffus paytida o‘ynab turib stulni sindirib qo‘ysa va uni ustaxonada tuzatish lozim bo‘lsa, bu jazo emas. Agar o‘zining iflos qilgan joyini supurishga majbur qilinsa bu ham jazo emas. Bularning mantiqi o‘smir uchun ravshan, ya’ni bu jazolash emas, balki xati-xarakatlarining natijalarini tuzatishdir.
Psixologlar o‘z oldilariga o‘smirlar ma’naviy ongining mazmunini, ularning axloqiy tushunchalari va tasavvurlarini o‘rganish vazifasini qo‘yganlar. Tadqiqotlar umuman o‘smirlar ma’naviy ongining yuksak darajada ekanligini ko‘rsatadi. O‘smirlarning ko‘pchilik qismi yoshlarga munosib ma’naviy tushunchalarni to‘g‘ri tushunadilar. Bir necha misollar keltiramiz; qat’iylik- «bu, odam eng qiyin ishlarni amalga oshirishga kirishganda, uning xech qanday muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqmay ishni oxirigacha olib borishida ko‘rinadigan xususiyatdir» (12yosh) «qatiylik yaxshi odamda ham rivojlanadi, ammo yomon odamda yomon ishlarga, yaxshi odamda esa yaxshi ishlarga xizmat qiladi.» (12yosh) o‘smirlik yoshining oxiriga kelib chuqur anglashlik darajasi, albatta, sezilarli o‘sadi. «Kamtarlik-bu, o‘ziga oqilona baxo bera bilish, o‘z-o‘ziga va xatti-xarakatlariga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lishdir».
E’tiqod va dunyoqarashning tarkib topishi bilan chambarchas bog‘langan xolda o‘smirlarning axloqiy ideallari ham yuzaga kela boshlaydi. Bu ideallar etarli darajada chuqur, mazmundor, faoldir va bu ideallar o‘ziga xos axloqiy etalon bo‘lib xizmat qiladi, o‘smir esa o‘z xatti-xarakatlarini ana shu etalon bilan tenglashtiradi. Kichik yoshdagi o‘smirlar uchun odatda qandaydir konkret bir kishi ideal bo‘ladi. Bu odam o‘smir yuksak darajada baxolaydigan sifatlarni o‘zida gavdalantirgan bo‘ladi. Ko‘pgina bunday ideal ota-onalar, o‘qituvchilar yoki yaxshi ko‘radigan kitobidagi va kinofilmidagi qaxramonlardir.
O‘smirlar o‘zlarining kelajakdagi hayot va faoliyatlarini o‘z orzularida loyixalashtiradilar. Katta ishlar va qaxramonona kasb kishilari fan va mexnat kishilari o‘smirlarimizning aql-xushini o‘rab olgandir. Bu mamlakatimiz hayotidagi keng va chuqur ijtimoiy xodisalar bilan xozirgi vaqtdagi xaqiqiy qaxramonona ishlar bilan bog‘liqdir. So‘nggi yillarda o‘smirlarning qaxramonlik xaqidagi orzu va umidlari tobora ko‘proq o‘z hayotini fazoni zabt etishga, raketa texnikasiga, quvvatning yangi turlaridan foydalanishga, ximiya, fizika, biologiya va meditsina soxalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borish bilan bog‘lanmoqda. O‘smirlarimizning orzulari ularning mamlakatimiz hayotida, ijtimoiy foydali faoliyatda qatnashishi uchun bo‘lgan ishtilishlardan darak bermoqda.
O‘smir o‘g‘il bolalarda jasorat ko‘rsatishiga, oliftalikka moyil bo‘ladilar. Bu narsa ba’zan xatto jiddiy ravishda intizomni buzishga olib keladi. Ular: jassurlik yoki dadillik bu, hayotni xavf ostida qoldirib xarakat qilish, nima uchun bo‘lishidan qatiy nazar , bari-bir odamning eng xavfli ishga kirishidan iboratdir deb xisoblaydilar. Bunda eng muhimi qo‘rqmaslik hech kimga keragi yo‘q mardlikdir, lekin xar xolda mardlik. Oqilona qo‘rqoqlikdan axmoqona mardlik yaxshidir.
Bunga misol tariqasida qo‘yidagi hayotiy voqeani keltirish mumkin: maktablardan birida o‘smir bolalar shunday bir mashqni o‘ylab chiqarishgan: to‘rtinchi qavatdagi balkondan uchinchi qavatdagi balkonga sakrab tushishardi, ular qo‘lda osilib turib, u yoki bu yoqqa tebranib, so‘ng sakrashadi. Nima sababdan ular bu ishni qilganlarini bilish uchun direktor bu bolalarni o‘z kabinetiga chaqirdi. Dastavval bolalar urishib berishadi deb indamay turishdi, lekin bir ozdan so‘ng dadillanib, bu qilgan ishlari «jasurlik attestati uchun imtixon» ekanini gapira boshlaydilar. Kim bu ishni qilgan bo‘lsa, u jassur, kim bu ishni qilmagan bo‘lsa, u qo‘rqoq. Juda ko‘p noxush minutlarni boshdan kechirgan direktor bolalarga bunday deydi: «Mana bunday desak, sizlarga qanday tuyularkin, kimki bu ishni qilgan bo‘lsa, u axmoq, agarda kim qilmagan bo‘lsa, u aqlli». Bolalar bunga shunday javob qaytarishdi: «Nima ham der edik, meni qo‘rqoq degandan ko‘ra, yaxshisi axmoq deb xisoblab qo‘ya qoling».
O‘smirlik yoshida, ya’ni odam shaxs sifatida tarkib topayotgan bir paytda o‘zini kattalardek xis qilishi, kattalarning irodalarga qarshi tura olishini anglash muhimdir. Katta yoshli o‘smirlardan biri o‘qituvchining oldida kechirim so‘rashni talab qilayotgan direktor bilan bo‘lgan suxbatda mag‘rur ravishda bunday deydi: «Men prinsipial odamman, men hayotimda xech qachon va xech kimning oldida kechirim so‘ragan odammasman!». Bularning hammasi o‘ziga xos axloqiy dunyoqarashdan iboratdir. Psixologlar o‘smirlarning xarakteristikalari bilan tanishganlaridan so‘ng shu narsa ma’lum bo‘ldiki, o‘smirlarning xarakteristikalari xatti-xarakatlari bilan to‘la mos keladi, ya’ni ularning axloqiy ongi xatti- xarakatlari darajasiga «o‘sib chiqib», xatti-xarakatlarni belgilaydi. So‘nggi paytlarda L.N. Desev o‘smirlarning axloqiy tushunchalari mzmunini tadqiqot qilib (A.G. Kovalov raxbarligi ostida), ularning axloqiy kategoriyalarni tushunishlari ko‘pincha yuzaki, formal xarakterga ega ekanligini ko‘rsatib berdi.
O‘zini anglash extiyoji hayot extiyojlaridan va amaliy faoliyatlaridan kelib chiqadi. O‘zini anglash kattalarning, guruhning o‘sib borayotgan extiyojlari bilan belgilanadi. Ijtimoiy hayot va jamoaga bo‘lgan qiziqishning rivojlanishi munosabati bilan o‘smirlarda o‘z imkoniyatlariga baxo berish, jamoada o‘z o‘rnini aniqlash, xatti-xarakatlari va o‘z shaxsining qanday xususiyatlari uning oldiga qo‘yiladigan talablarga yuksak darajada javob berishga yordam berishi yoki xalaqit berishini anglash extiyoji paydo bo‘ladi. O‘smirlarda o‘zini anglashning rivojlanishi ularning o‘z xatti-xaraktlarini anglashlaridan boshlanadi. Dastlabki paytlarda o‘smirlarning o‘zini anglashi asosida uning xaqida boshqa odamlarning, kattalarning (o‘qituvchilar, ota-onalarning), jamoaning va o‘rtoqlarining muloxazalari yotadi. Kichik yoshdagi o‘smir o‘ziga go‘yo atrofdagi odamlarning ko‘zi bilan qaraydi. Yosh ulg‘ayishi bilan o‘z shaxsini mustaqil tahlil qilish va baxolash tendensiyasi boshlanadi. Nixoyat, shaxsning ko‘p tomonlama munosabatlarini ifodalovchi murakkab sintetik sifatlar ( burch xissi, qadr-qiymat, va vijdon xissi, prinsipiallik)anglanadi. SHaxsni tobora kengayib boradigan sifatlarini anglashdagi bunday izchillik ma’lum va uni osongina tushuntirib berish mumkin.
O‘smirlik yoshiga o‘tish o‘quvchilarning o‘qish faoliyatidagi muhim qayta o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. O‘qish faoliyatining yangi va yuqoriroq bosqichi uning mustaqillik darajasi bilan belgilanadi. D.B.Elkonin, T.V.Dragunova va boshqa psixologlar materiallarining ko‘rsatishicha, o‘smirlik yoshining dastlabki davrida o‘qish faoliyati taraqqiyotining bosqichlarida juda katta xar xillikni kuzatish mumkin. Mustaqil ishlarni elementar darajada ham tashkil qila olmaydigan, nihoyatda past, quyi bosqichdan boshlab, mustaqil ishlar fakat uy vazifalarini bajarishda kuzatiladigan qator oraliq shakllardan o‘tib, yangi materiallar va xatto bilimlarning yangi sohalari (astronomiya, mexanika, radiotexnika) mustaqil o‘zlashtiriladigan eng yuksak bosqichlarni kuzatish mumkin. O‘smirlik yoshining boshlanishi o‘qish faoliyati eng yuksak boskichining tarkib topa boshlashi bilan bog‘lanadi. O‘smir uchun bilish extiyojlarini qondirishga qaratilgan mustaqil bilim orttirish tarzidagi o‘qish faoliyatining ma’nosi sekin-asta ochila boshlaydi.
Vokelikka bo‘lgan ongli munosabatning umuman o‘sishi bilan o‘smirlarning o‘qishga bo‘lgan ongli munosabatlari sezilarli darajada kuchayadi. O‘zlarining o‘qish faoliyatlarida ular sekin-astalik bilan shaxsiy ma’no kasb etadigan xaqiqiy, chukur bilimlar bilan yangicha munosabatlarda bog‘langan yangi, yuksakrok bosqichga ko‘tariladilar. Rus psixologlarining tadqiqotlari shuni belgilab berdiki, o‘smirlar o‘qish faoliyatining motivlari murakkab tuzilishga egadir. O‘smirlar o‘qish faoliyatining motivlari tarkibiga keng ijtimoiy motivlar (bilim orttirishning ijtimoiy jixatdan muhim ekanini anglash, mustaqil hayot va mehnatga tayyorlanish uchun o‘qish zarurligi), aslida muvaffaqiyatga intilish, izzat nafs bilan bog‘lik bo‘lgan bilish motivlari va shaxsiy motivlar (bolalar jamoasida obro‘ qozonishga intilish va rahbarlik rolini o‘ynash) birga ko‘shilib ketgandir. Bunda ba’zan qarama-qarshilik kuzatiladi. Bilim orttirishga bo‘lgan intilish maktabdagi o‘qishga befarq yoki hatto salbiy munosabatda bo‘lish bilan, maktabdagi baholarga «xushchaqchaq-mensimaslik» (D.B.Elkonin) munosabati bilan aralashib qo‘shilib ketishi mumkin. Bu o‘qishdagi u yoki bu xildagi muvaffaqiyatsizlikka, o‘qituvchi bilan bo‘lgan nizoga nisbatan o‘ziga xos reaksiya bo‘lishi mumkin. O‘smir odatda o‘zining o‘qishdagi muvaffakiyatsizliklarini qattiq ichdan kechiradi, lekin uning izzat nafsi ba’zan bu muvaffakiyatsizlikka bo‘lgan xaqiqiy munosabatni niqoblash xoxishini tug‘diradi. Natijada o‘quvchi o‘qishdagi muvaffakiyatlarga o‘zini mutlaqo befarqdek va beparvodek tutadi, xatto soxta mardlik ko‘rsatmoqchi bo‘ladi.
Nihoyat, o‘smir xotirasining o‘ziga xos xususiyati ancha murakkab assotsiatsiyalarni, yangi materialning eskisi bilan bog‘lanishini aniqlash, yangi materialni bilimlar sistemasiga kiritishdir. YU.A.Samarin va uning xodimlari bilimlar tizimini tarkib toptirish jarayoni xar xil darajadagi assotsiatsiyalarni belgilab olishga aoslanishini aniqlaganlar. O‘smir kichik maktab yoshidagi bola uchun xarakterli bo‘lgan ayrim assotsiatsiyalar (YU.A.Samarinning fikricha, lokal assotsiatsiyalar) va alohida sistemali assotsiatsiyalar (bir-biridan ajralgan xolda mavjud bo‘ladigan alohida masalalarga doir xususiy bilimlar) xosil kilishdan ancha yukori darajada-fanlar ichidagi (sistemalar ichidagi) assotsiatsiyalarni (o‘quv predmeti ichidagi bilimlarini aks ettiruvchi assotsiatsiyalarni) tarkib toptirish darajasiga o‘tadi, o‘smirlik yoshining oxirida eng yuksak darajaga-fanlararo (sistemalararo) assotsiatsiyalarga o‘tish uchun sharoit yaratiladi. Bu turli o‘quv predmetlarining materiallarini bir-biri bilan bog‘lash, xar xil fanlardan beriladigan bilimlarning umumiyligini, birligini tushunish imkonini beradi.
Diqqatning taraqqiy etishi ma’lum ziddiyatlari bilan: bir tomondan, o‘smirlik yoshida barqaror, ixtiyoriy diqqatning tarkib topishi bilan, boshqa tomondan, o‘smirdagi taassurotlar, kechinmalar, jo‘shqin aktivlik va impulsivlik ko‘pincha beqaror diqqatga olib borishi bilan, uning tez chalg‘ishi bilan ajralib turadi. Hamma narsa ish sharoitiga, materialning mazmuniga, o‘quvchining kayfiyati va psixik xolatiga, uning ishga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq bo‘ladi. Diqqatning tanlovchilik qobiliyati, ya’ni uning turlicha xarakteristikasi o‘sha narsaga bo‘lgan qiziqish ko‘lami va darajasiga bog‘liq bo‘lishi o‘smirda juda yaqqol ifodalangan. Bu darsda (uzi yoktirmagan darsda) e’tiborsiz va parishonxotir bo‘lib o‘tirgan o‘quvchi boshqa, o‘zi yaxshi ko‘rgan darsda nihoyatda, xushyor, fikrini bir erga to‘plab olib, hech narsaga mutlaqo chalg‘imasdan bemalol ishlashi mumkin.
Tadqiqotlar shuni kursatdiki, o‘smirlik yoshida diqqatning kulami, shuningdek, diqqatni bir operatsiyadan boshka operatsiyaga karatish, faoliyatning bir turidan boshka turiga jalb etish kobiliyati sezilarli darajada ortadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilardan farkli ularok, o‘smir uchun odatda uz faoliyatini uzgartirishga kandaydir aloxida psixologik tayyorgarlik kurish talab etilmaydi.
Diqqatni tashkil etishning eng yaxshi usuli o‘qituvchining qandaydir aloxida usullarni kullanishga emas, balki o‘kish faoliyatini o‘smirda diqqatni uzoq vaqt mobaynida biror narsaga chalg‘itish uchun na vakt, na istak va na imkoniyat qolmaydigan qilib uyushtira olishiga bog‘likdir. Qiziqarli ish, qiziqarli dars o‘smirni shunchalik qamrab olishga qodirki, u juda uzok vaqt davomida zo‘r ishtiyoq bilan ishlaydi. SHunisi ham borki, o‘smir uchun qiziqarli bo‘lgan narsa-hamisha ham shunchaki qiziqarli narsa emas. Ishning bir turidan boshqa turiga vaqti-vaqti bilan o‘tib turiladigan mazmunli mashg‘ulotlar, aktiv bilish faoliyati, ana shu narsa darsni o‘smir uchun qiziqarli darsga aylantiradi, ana shuning o‘zi uning diqqatini uyushtirishga yordam beradi. N.F.Dobrыnin va uning xodimlarining tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, o‘smirlar irodaviy zo‘r berish bilan ushlab turiladigan ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat deb ataladigan diqqatga tobora ko‘prok o‘tib bormokdalar. Bu diqqat oldindan uylab quyilgan va muayyan maqsadga qaratilgan diqqat bo‘lib, ishga «kashfiyotlar»ga bo‘lgan qiziqishning asta-sekin ortib boishi asosida yuzaga keladi, shunga ko‘ra ham bu diqqatni tutib turish uchun irodaviy kuch sarflash talab etilmaydi.
O‘smirlik yoshida fikrlash faoliyatida muhim siljishlar yuz beradi. Kichik maktab yoshida erishilgan tafakkur taraqqiyotining darajasi o‘smirga fan asoslarini muvaffaqiyatli va sistemali o‘rganish imkonini beradi. O‘rganiladigan fanlarning mazmuni va o‘quv kurslari tuzilishining mantiki bilimlarni uzlashtirishning yangi xarakterini, mustakil tafakkurga tayanishni talab etadi, abstraksiyalash va umumlashtirish, taqqoslash, mulohaza yuritish, xulosalar chiqarish, isbotlash qobiliyati zarur bo‘ladi. Birok, shuni nazarda tutish kerakki, hamma o‘smirlar ham isbotlovchi tafakkurga osongina utavermaydilar. Ulardan ba’zilariga, masalan, umumlashtirilgan geometrik isbot goyasining uzi tushunarli bulmaydi: uzingning xak yoki noxak ekanligingni kurib turib ishonch xosil kilganingdan keyin isbotlab utirishning nima kerakgi bor? O‘smirlardan biri hayron bo‘lib, bunday deb javob bergan: «O‘qituvchi doskaga ikkita teng uchburchakni chizadi va ularning teng ekanligini uzok vaktgacha tushuntirib utiradi».
Umumlashtirilgan va muhokamali tafakkurni tarakkiy ettirish uchun matematikani o‘qitish juda muhimdir. Algebrani sistemali tarzda o‘rgana boshlash umumlashmani umumlashtirish bilan bog‘lik bo‘lgan yuqoriroq darajasiga o‘tishga yoki ikki baravar abstraksiyaga o‘tishga rag‘batlantiradi (arifmetika predmetidan soni abstraksiyalashdir). Geometriyani o‘rganish fikrlash, isbot qila bilish, mantiqan qat’iy asoslash ko‘nikmalarini o‘stiradi.