Toshkent farmatsevtika instituti


- Mavzu: Yosh davrlar psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlari



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə32/85
tarix25.10.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#66226
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   85
Toshkent farmatsevtika instituti

2- Mavzu: Yosh davrlar psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlari
R e j a :
1. YOshdavrlar psixologiyasida qo‘llaniladigan metodlar.
2. Qiyoslash va longityud metod.
3. Biografiya metodi va boshqa yordamchi metodlar.
Yosh davrlar psixologiyasi o‘rganadigan faktlarni muayyan psixologik usullar, metodlar hamda qoidalar yordamida tadqiq etadi. SHaxsning ontogenetik taraqqiyotida ro‘y beradigan psixik o‘zgarishlar, yangilanishlar, ularning kechishi, shart-sharoitlarini tadqiq etishda umumiy psixologiya metodlaridan keng foydadanadi. SHuningdek Yosh davrlar psixologiyasi o‘zining maxsus metodlariga ham egaki, ular orqali psixik o‘sish jarayonini uzluksiz, kompleks o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yosh davrlar psixologiyasida umumiy psixologiyaning kuzatish, eksperiment, anketa, test, so‘rov kabi metodlari hamda kompleks, biografik metod, longityud metod, egizaklar metodi, faoliyat maxsullarini tahlil qilish kabi maxsus metodlari qo‘llaniladi.
Fan va texnika taraqqiyoti shaxs psixikasi taraqqiyotining xususiyatlarini eksperimental ravishda o‘rganish uchun murakkab va nozik asboblarni yaratish imkonini berdi. Eksperimental materiallar asosida asta-sekinlik bilan turli yoshdagi bolalar psixikasi taraqqiyotining qonuniyatlari aniqlana boshlandi.
Muammoli savol: Yosh davrlar psixologiyasida psixologik qonuniyatlarni tekshirish qanday bosqichlarda olib boriladi?
Yosh davrlar psixologiyasi fani ham psixologiya ilmining boshqa soxalari singari o‘zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Psixologik qonuniyatlarni muayyan reja asosida olib boriladigan tekshirishlar tufayligina xolisona aniqlik kiritish mumkin. Psixologik tadqiqotlar jarayonini quyidagi asosiy bosqichlarga bo‘lish maqsadga muvofiqdir:
1. Muammoning qo‘yilshi. Xar qanday ilmiy-tekshirish ishlari kabi, psixologiyada olib boriladigan ilmiy tekshirish ishlari ham nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan muammoni aniqlashdan, shuningdek bu muammo fanda qanchalik yoritilganligini aniqlash maqsadida mazkur mavzuga oid ilmiy va maxsus adabiyotlarni taxlil qilishdan boshlanadi.
2. Tadqiqot metodikasini tanlash. Psixologik tadqiqotlar turli metodlar {bu metodlar xaqida quyida batafsil fikr yuritiladi) bilan olib boriladi. Tekshirishlarning muvaffaqiyatli chiqishi ko‘p jixatdan metodni to‘g‘ri tanlashga bog‘liq bo‘ladi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin