Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasining tarkibida quyidagi qo‘mitalar mavjud:
Farmakologiyaqo‘mitasi
Farmakopeyaqo‘mitasi
Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi
Yangi tibbiy texnika qo‘mitasi.
Farmakologiya qo‘mitasi. Farmakologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasining klinik sinovlari, tibbiy amaliyotda dorivor, diagnostik va profilaktik vositalarini qo‘llash, dorivor oziqlanish va parafarmatsiya kabi savollari bo‘yicha tekshiruvchi organ hisoblanadi.
Farmakologiya qo‘mitasining vazifalariga quyidagilar kiradi: Klinik sinovlarni har xil dori moddasida o‘tkazish, tibbiyot amaliyotida ishlab chiqarishda yangi dorivor moddalarni qo‘llashni tavsiya qilish, eski dori moddalarini ro‘yxatdan chiqarishni tavsiya qilish.
Klinik sinov-bemorlarda dori vositasining samaradorligi va xavfsizligini aniqlanishi yoki tasdiqlanishi bo‘lib, bu sinovlar farmakologiya qo‘mitasining klinik bazalarida shartnoma asosida o‘tkaziladi. Klinik sinovlarni o‘tkazish tartibi va bosqichlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2001 yil 25 iyuldagi 334-son buyrug‘iga binoan tasdiqlangan.
Farmakopeya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining farmakopeya qo‘mitasi dori, diagnostika va profilaktika vositalari, shuningdek, farmatsiya ishlatiladigan yordamchi vositalarni standartlarni ekspertizadan o‘tkazuvchi, amaliyotda joriy etishilishini ta’minlovchi bo‘limdir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 25 maydagi 181-sonli «Dorivor vositalar, tibbiy buyumlar va davolash profilaktika oziq-ovqatlari sifati ustidan davlat nazoratini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga binoan farmakopeya qo‘mitasi «O‘zfarmsanoat» davlat aksionerlik konserni ixtiyoridan qayta Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi tasarrufiga o‘tkazildi va shu kunga qadar dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tarkibida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.