Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi – 1961, 1971 va 1988 yillardagi narkotik vositalari, psixotrop moddalar konvensiyasi holatlari asosida, shu vositalar va moddalar bo‘yicha noqonuniy muomalaga qarshi kurash olib boruvchi O‘zbekiston Respublikasidagi kompetent (vakolatli) organ hisoblanadi.
Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasivazifalari:
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarining qonuniy muomalasi ustidan nazorat qilishni ta’minlaydi;
1961, 1971 va 1988 yillardagi BMT konvensiyalari tavsiyanomalariga mos ravishda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, prekursorlar ro‘yxatini ko‘rib chiqishda qatnashadi;
vazirliklar, tashkilotlar buyurtmalari asosidagi tibbiyot va ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan narkotik vositalar psixotrop moddalar va prekursorlarni nazorat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va respublikadan olib chiqish bo‘yicha narkotik dori vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar haqidagi haqiqiy shaxslarni arizalarini ko‘rib chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasidagi narkotik vositalari, psixotrop moddalar, prekursorlarni olib kirish va olib chiqish huquqini beruvchi sertifikatlarni belgilangan tartibda berishni rasmiylashtiradi;
narkotik vositalari, psixotrop moddalar, prekursorlarga oid me’yoriy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
farmakologiya qo‘mitasining ma’lumotlari bilan mos ravishda og‘riq qoldiruvchi vositalarni baholaydi;
O‘zbekiston Respublikasi davlat nazoratiga kiruvchi narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi masalalari bilan huquqni himoya qilish va boshqa organlarga yordam beradi;
narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar haqida uslubiy qo‘llanmalar, yangi yo‘riqnomalar ishlab chiqadi;
yangi narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar va murakkab dori vositalarini baholashda qatnashadi;
narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha kurslar, seminarlar o‘tkazadi;
O‘zbekiston Respublikasining narkotik vositalarga bo‘lgan ehtiyojini jamlaydi va BMTning narkotik nazoratlar qo‘mitasiga kvota ajratishi bilan yuboriladi;
BMTning narkotik vositalar muomalasi bo‘yicha xalqaro narkotik vositalar nazorati qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha hisobotlarni taqdim etadi.