Toshkent farmatsevtika instituti


Korxonaning tuzilmasi quyidagilardan iborat



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə36/52
tarix09.06.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#127803
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52
FITQusl.qol.2-qism.10.02.2020

Korxonaning tuzilmasi quyidagilardan iborat:

  • Farmakologiya qo‘mitasi;

  • Farmakopeya qo‘mitasi;

  • Yangi tibbiy texnika qo‘mitasi;

  • Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi;

  • Zarur amaliyotlar GxP milliy inspektoriati bo‘limi





  • Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi;

  • Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi;

  • Metrologiya xizmati;

  • Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi;

  • Vaksinalar, zardob preparatlari va mikrobiologik tahlil laboratoriyasi;

  • Farmako-toksikologik tahlil laboratoriyasi;

  • Ma’muriy-boshqaruv xodimlari;

  • Texnik xodimlar;

  • Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar;

  • Korxonaning Andijon, Samarqand, Qarshi, Urganch shaharlaridagi sho‘’ba korxonalari.

Korxona faoliyatining predmeti quyidagilardir:

  • dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davomiy nazorat, sertifikatlashtirish, sifati nazorati sinovlari asosida ularning normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi, sifati, samaradorligi va xavfsizligini aniqlash;

  • dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifati nazorati normativ hujjatlarining milliy, xalqaro standartlar talablariga muvofiqligini ta’minlash;

  • O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani sertifikatlashtirish idoralari faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshirish va nazorat qilish;

  • dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani standartlashtirish, mavjud sifat nazorati usullarini joriy etish, takomillashtirish, yangi usullarini yaratish, amaliyotga joriy etish;

  • dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning normativ hujjatlari fondini yaratish, to‘ldirib, yangilab borish, aktuallashtirilishini amalga oshirish;

  • dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani standartlashtirish, sifat nazorati, dori turlari texnologiyasi, farmakognoziya, farmakologiya, farmatsiya ishini tashkil etish sohasidagi ilmiy izlanishlar natijalari, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifati nazorati, standartlashtirilishi, muomalasini muvofiqlashtiruvchi normativ va boshqa hujjatlar, axborotlarni hamda dori vositalari texnologiyasi, klinik farmakologiyasini o‘z ilmiy jurnalida chop etish;

  • muvofiqlikni baholashda ishtirok etadigan xodimlarning sertifikatlashtirishdan o‘tkazilishini ta’minlash;

  • mutaxassis va xodimlarni respublika hududi va respublikadan tashqaridagi ilmiy-amaliy seminar va konferensiyalar, markazlar, ishlab chiqaruvchi korxonalarga xizmat safariga yuborish yo‘li bilan malakasini oshirish, tajriba almashinish, sifat nazoratining yangi usullarini o‘zlashtirish;

  • dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani standartlashtirish, sifat nazoratining yangi usullarini yaratish, yangi dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani yaratish bo‘yicha ilmiy-izlanishlar olib borish;

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida ilmiy laboratoriyalar, bo‘limlar, sho‘’ba korxonalar tashkil etish.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin