Davlat reestrini yuritadi. Davlat ro‘yxatiga olingan va undan chiqarilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida Davlat reestrini har yili yangilaydi va tegishli saytlar va axborot vositalarida e’lon qilib boradi;
Korxona faoliyatining barcha sohalaridagi o‘z munosabatlarini maqsad va vazifalarga muvofiq, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi.
Tezkor boshqarish huquqi bilan muassis tomonidan korxonaga biriktirilgan mulk, asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar korxonaning mol-mulkini tashkil etadi.
Korxonaning asosiy fondlari va aylanma mablag‘lari bo‘linmasdir va ulushlar (ulushlar, paylar) bo‘yicha taqsimlanishi mumkin emas.
Korxona direktori:
yakkaboshchilik qiladigan ijro etuvchi organ rahbari hisoblanadi;
korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, mamlakatimiz va horijning barcha korxonalari, firmalari va tashkilotlarida uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari tuzadi, ularni o‘zgartiradi va to‘xtatadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
kadrlarni tayyorlash va o‘qitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
shtat-tuzilmasini tasdiqlaydi;
xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi;
ish haqi, mukofot va moddiy rag‘batlantirish, ustama haqlari miqdorini mustaqil ravishda belgilaydi;
korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi, ko‘rsatmalar beradi;
korxonaning ichki tartib-qoidasi va xo‘jalik faoliyatini tartibga soladigan hujjatlarni tasdiqlaydi;
korxonaning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi va boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.