VI. Mustaqil bajarish uchun vazifalar Vazifa 1 Davlat unitar korxonasi bo‘limlarining vazifalarini Klaster usulida tasvirlang.
Vazifa 2 Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifatini nazorat qilishni takomillashtirish to‘g‘risida internet saytlaridan foydalanib ma’lumotlar keltiring va tahlil qiling.
Vazifa 3 Dori vositalari va tibbiy buyumlarning normativ hujjatlaridan keltiring.
17- MAVZU. NAZORAT- ANALITIK LABORATORIYA ISHINI TASHKIL QILISH
Mavzuning maqsadi: Tinglovchilarga dorixonada tayyorlanadigan dori vositalari sifatini nazorat tahlil laboratoriyasiga olib borib tekshirish ishlarini amalga oshirish haqidagi ma’lumotlarni berish.
Mavzuning ahamiyati: Nazorat tahlil laboratoriyasi, uning bo‘limlari, bu laboratoriya nazorat ruxsatnoma tizimining tarkibiy qismi ekanligi haqida talabalarda ko‘nikmalar hosil qilish.
Sinov testlari
1. Nazorat tahlil laboratoriyasi qanday hujjatlarga amal qiladi? me’yoriy hujjatlarga
texnik hujjatlarga
standart hujjatlarga
Barcha javoblar to‘g‘ri
2. Nazorat tahlil laboratoriyasi qanday binoda joylashgan bo‘lishi kerak? Mehnat faoliyatining xavfsizligini ta’minlovchi.
Loyihalashtirishning qurilish me’yorlari talablariga javob beruvchi.
Standart talablarga javob beruchi.
Barcha javoblar to‘g‘ri.
3.Laboratoriya asosiy faoliyatiga muvofiq ravishda qanday vazifalarni bajaradi? tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga muvofiq dori vositalarini nazorat qilishni amalga oshiradi.
Dorivor o‘simlik xomashyolarining biologik sifati nazoratini o‘tkazadi.
Mikrobiologik tekshirishlarni o‘tkazadi.
Aksiyador dorixona muassalarida dori vositalarining sifatini nazorat qiladi.