Vazifa 5.
“Ruxsatnoma”ni to‘lidiring (ilova 4).
Vazifa 6.
1-sonli dorixonaning buyurtma talabnomasiga muvofiq № 201,20 schyot asosida 30 m marli bo‘lagi, 400 ta 5 ta qop jo‘natiladi. “Tovar transport yuk xati”ni yozib bеring.
Vazifa 7.
Dorixona omborxonalari etil spirtini olishganda qanday hujjat rasmiylashtirilishi lozimligini izohlab bering. Yuqoridagi keltirilgan vazifalarni kompyuterda “Omborxona” dasturidan foydalanib rasmiylashtiring.
14-MAVZU: FARMASEVTIKA BOZORIDA TOVAR HARAKATI LOGISTIKA ELEMENTLARI
Mavzuning maqsadi: Tinglovchilarga dori vositalarining muomala sohasida logistik yondoshuvi haqida ma’lumotlar berish.
Mavzuning ahamiyati: Tinglovchilarrda dori vositalarining muomala sohasida logistik yondoshuvi haqida ko‘nikmalar shakllantirish.
Sinov testlari.
1.Logistik kanal deganda nimani tushunasiz?
yuk yetkazib beruvchi, iste’molchi, tashuvchi, vositachi, sug‘urtachilardan iborat qisman tartibga solingan ko‘plik
yuk yetkazib beruvchi, vositachi, sug‘urtachi
yuk yetkazib beruvchi, vositachi, sug‘urtachi, tashuvchi
vositachi, yuk yetkazuvchi, iste’molchi va sug‘urtachilardan iborat ko‘plik
2.Logistik zanjir qanday birlashtiriladi?
ishlab chiqaruvchi, vositachi tashuvchi
vositachi, tashuvchi
ishlab chiqaruvchi, vositachi va iste’molchi
vositachi, tashuvchi, iste’molchi
3.Logistik tizimning iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish sifatining eng asosiy ko‘rsatkichlari?
buyurtmani qabul qilishdan to uni bajarguncha o‘tgan vaqt
talab bo‘yicha etqazib berish imkoniyatining mavjudligi va ishonchliligi
zaxiralarning mavjudligi, ta’minotning bir maromdaligi, buyurtmalarning bajarilishini to‘laligi va tushunarliligi, buyurtmaning joylashtirilishini qulayligi
baholarning ob’yektivligi va xizmat ko‘rsatish baholari haqidagi axborotlarning doimiyligi.
Dostları ilə paylaş: |