DPM ixtisosi va tuzilishiga ko‘ra undagi dorixonalar tasnifi.
Davolash profilaktika muassasalarsining ixtisosi va tuzilishiga ko‘ra undagi dorixonalarni quyidagicha tasniflash mumkin:
- umumiy turdagi shifoxonalarning dorixonalari (aralash, ko‘p ixtisosli shifoxonalar);
- ixtisoslashtirilgan shifoxonalarning dorixonalari (sil, infeksion kasalliklar shifoxonalari, tug‘ruqxonalar);
- ruhiy asab kasalliklari shifoxonalari dorixonalari;
- maxsus klinik shifoxonalari dorixonalari.
Dorixona mudiri zimmasiga yuklanadigan vazifalar. Dorixona mudiri zimmasiga quyidagi vazifalar yuklanadi:
- davolash profilaktika muassasasi bo‘limlaridan talabnomalar qabul qilib, dorilarni tayyorlab, sifatini nazorat qilib, ularni tarqatishni tashkil etish;
- o‘z vaqtida DPM bo‘limlarini dori-darmonlar va tibbiyot mollari bilan ta’minlashni uyushtirish;
- dorixonadagi dori-darmonlar va tibbiyot mollarini ularning xossalariga qarab davlat farmakopeyasining va boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilgan holda saqlashni tashkil qilish;
- dorixona sanitariya tartibi qoidalariga rioya qilish;
- dori vositalari sifatini nazorat qilib, uchragan xatoliklar to‘g‘risida bosh vrachga yoki uning muoviniga xabar berish;
- xodimlarning malakasini oshirishni tashkil etish;
- tasdiqlangan shakllarda o‘z vaqtida hisobotlar tuzib topshirish.
Zaharli va kuchli ta’sir etuvchi dori-darmonlarni saqlash qoidalari Zaharli dori-darmonlarni qulflanadigan temir shkaflarda va yog‘ochdan yasalgan, qulflanadigan shkaflarda saqlanadi, narkotik dorilar temir shkaflarda qulflangan holda saqlanib, eshiklarni ichkari qismida “A” va zaharli dorilarni bir marotabalik hamda sutkalik yuqori iste’mol qilinadigan dozalari yozilgan ro‘yxati bo‘ladi.
Kuchli ta’sir etuvchi dori-darmonlar “B” ro‘yxatida bo‘lib, alohida qulflanadigan shkaflarda saqlanadi. “A” va “B” ro‘yxatdagi temir shkaflarning kaliti tegishli javobgar shaxsda bo‘lishi shart.
Zaharli dori berilgan nakladnoy – talabnomalar shifoxona dorixonasida 2 yil davomida, narkotik dorilar 5 yil davomida va qolganlari esa 1 yil davomida saqlanadi. Shu muddat o‘tgandan so‘ng yuqori tashkilotlar tomonidan hujjatlarni taftish o‘tkazilgandan keyin tegishli tartibda yo‘q qilinadi.
Shifoxona dorixonalarida savdo zali bo‘lmaydi, chunki u aholiga xizmat qilmaydi.