Mustaqil ish. Sinf o’quvchilari ikki guruhga ajratiladi. Iguruh yuqoridagi bo’g`inlar ishtirokida so’zlar aytadilar. Masalan: qish, qor, qaychi, qishloq.
II guruhdagi o’quvchilar esa shu so’zlar ishtirokida gaplar tuzadilar. Masalan: oppoq qor yog`di.
Tuzilgan gaplardan ikkitasi doskaga va daftarga yozdiriladi.
Uyga vazifa. Daftarga ikki qator “q” harfini va shu harf bilan bog`langan so’zlardan yozib kelish. O’qituvchi uy vazifalarini bajarish vaqtida ham yozuv qoidalariga rioya qilishlari kerakligini eslatib o'tadi.
13. Daqiqa jarayonida toza va chiroyli yozgan o’quvchilarni daftarlari namuna qilib ko’rsatilib rag`batlantiriladi.
Husnixat mashg`ulotlarini to’g`ri uyushtirish, chiroyli va to’g`ri yozish malakasini hosil qilish, o’quv fanlarini puxta o’zlashtirishga yordam beradi.
II Husnixat daqiqasi.
Maqsad: Katta va kichik Gg harfini va ular ishtirokidagi so’zlarni husnixat asosida yozish.
O`quv materiali: G G G G G g g g g g Gul, gulchi, guldor, gulzor, gulla. Guldonda gullar bor.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Husnixat daqiqalarini tashkil etishning pedagogik, umumdidaktik talablari nimalardan iborat?
2. 1-4-sinflarda husnixat daqiqalari qanday tashkil etiladi?
3. Husnixatga o’rgatish qoidalari deganda nimalar anglashiladi?
4. Husnixat daqiqalarini to’g`ri tashkil etish uchun o’qituvchi oldiga qanday talablari qo’yiladi?
5. Boshlang`ich sinf dasturini husnixat daqiqalariga qo`yiladigan talablar bo`yicha tahlil qiling.
15-ma’ruza: Husnixat daqiqalarini rejalashtirishga qo`yiladigan talablar
Ma’ruza rejasi: Husnixat daqiqalarini nutqiy kompetensiya bilan bog`liq holda rejalashtirish.
Husnixat daqiqalarini lingvistik kompetensiya bilan bog`liq holda rejalashtirish.