Tayanch atamalar: nutqiy kompetensiya, lingvistik kompetensiya, tahlili, fonetik bilimlar, leksik bilimlar, morfemik bilimlar, morfologik bilimlar, sintaktik bilimlar. Husnixat daqiqalarini rejalashtirishda ona tili fani mavzulari bilan bog`lash, o`quvchilarda mazkur predmet asosida shakllantiriladigan kompetensiyalar nazarda tutiladi. Husnixat daqiqalari o`quvchilarning yozuv qonun-qoidalari asosida, qabul qilingan grafik shakllarga mos holda yozishga o`rgatish bilan birga nutqiy kompetensiya – tinglash va anglash, so`zlash, o`qish ko`nikmasini egalashlarini ta`minlashga ham xizmat qilishi lozim.
nutqiy kompetensiya – tinglash va anglash, so`zlash, o`qish va yozish;
quyidagi lingvistik kompetensiya bilan bog`liqligi ta`minlanadi:
fonetik bilimlar;
leksik bilimlar;
morfemik bilimlar;
morfologik bilimlar;
sintaktik bilimlar bilan.
orfografik bilimlar bilan;
punktuatsiyon bilimlar bilin.
Shuningdek, limgvistik kompetensiyalar tarkibiga yuqoridagi bilimlar yuzasidan shakllantiriladigan ko`nikma va malakalar ham kirishi nazarda tutilsa, husnixat daqiqalari ona tilining tarkibiy qismi sifatida amalga oshiriladi.
Husnixat darslarini rejalashtirishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:
a) bir chiziqli daftarlarning qiyinligini hisobga olib harflarni genetik tamoyili asosida yozdirish;
b) har bir harfning o’zidan oldingi yoki keyingi harfga ulanishini o’rgatib borish;
d) harflar elementlarining o’xshashligini hisobga olib guruhlash;
e) bosh harflarning elementlarini yuqoriga va pastga tomon tushushini hisobga olgan holda guruhlash;
f) matnlarning bolalar hayotiga mos bo’lishiga erishish;
g) imlosi qiyin so’zlarni yozuv materiali sifatida tanlash;
h) yozuv sur’atini oz-ozdan tezlashtirib borish.
3-4-sinfda har bir ona tili darsining 5-8 daqiqasi husnixatga ajratiladi.
Ona tili darslarida tashkil etiladigan husnixat daqiqalari uchun yozuv materiallarini (yozilishi o`rgatiladigan harflar guruhini, so`z yoki matn) tanlashda quyidagilarga e`tibor beriladi:
-umumdidaktik talablarga;
-materiallarning mavsumga mos bo’lishiga;
-bosqichli ketma-ketlik tamoyiliga;
-husnixat materialining ona tili darsida o’rganilayotgan mavzu bilan bog`lanishiga;
-imlo bilan bog`lanishiga;
-bolalar hayoti bilan bog`lanishiga;
-ajratilgan vaqtga mosligiga.
O’qituvchi husnixat daqiqalarinida yordamga muhtoj holatlarni ham hisobga olishi lozim.