Ng ng ng ng
O’quvchi ko’z o’ngida
Uchrayman so’z o’ngida
Bodiring diring-diring
Bexato, to’g`ri yozing.
5-8
39.
Qo’shimcha material
Topishmoq yozish.
Tap-tap etadi
Tagidan karvon o’tadi. (elak)
5-8
40.
(`) tutuq belgili so`zlar yozish
Kimning kelsa belgisi
Menman tutuq belgisi
Uchrayman qaysi so’zda,
Qani kim topar tezda?
5-8
Savol-topshiriqlar Husnixat bilan yozishga o`rgatishning nutqiy kompetensiya bilan qanday aloqasi bor?
Husnixat bilan yozishga o`rgatishda lingvistik kompetensiyani qanday mustahkamlash mumkin?
Namuna asosida 1-, 2-, 4- sinfda husnixat daqiqalarini rejalashtiring.
Amaliy mashg`ulot
1- amaliy mashg`ulot
Husnixat daqiqalarining mazmuni va unga qo`yiladigan me`yoriy talablar bo`yicha ona tili dasturi tahlili. Kichik harflarni bir xil lementlariga ko`ra guruhlash, qisqa va uzun qiya to`g`ri unsurlarni yozish
1.1 Amaliy mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi.
Vaqti: 2 soat
Talabalar soni: 30 ta
Mashg’ulot shakli
Amaliy mashg’ulot
Amaliy mashg’ulot rejasi
1. Talabalarni amaliy mashg’ulotga tayyorlash.
2. Husnixat daftariga harf unsurlarini yozishni mashq qildirish.
3.Husnixat metodikasining predmeti, vazifalari va husnixatga o’rgatishning ahamiyati haqida talabalar bilimini aniqlash.
Talabalarni harf unsurlarini grafik jihatdan to’g’ri yozish malakalarini rivojlantirish.
O’qituvchining vazifasi:
1. Husnixat metodikasining predmeti, vazifalari va husnixatga o’rgatishning ahamiyati bo’yicha talabalar bilimini aniqlash, mashg’ulot davomida ularni faollashtirish.
2. Harf elementlarini to’g’ri yozishni tushuntirish, talabalarning mavzu yuzasidan bilim va ko’nikmalarini 5 ball asosida baholash.
O’quv faoliyatining natijasi
Talabalar bilishi kerak
1. Husnixat metodikasining predmeti, vazifalari va husnixatga o’rgatishning ahamiyatini “Tarmoqlash” usulida yoritish.
2. Turli mashqlar orqali harf elementlarini qoida asosida yozishga o’rgatish.
Muhokama uchun savol-topshiriqlarga talabalarning javobi.
bosqich.
Umumlashtirish
(50 daqiqa)
Topshiriq.. Harf elementlarini esga olish va mashq qilish ustida ishlanadi. Harf elementlariga
\ \ \ \ / / / /
Harf elementlarini husnixat daftariga grafik qoidalarga amal qilgan holda yozdirish. Shundan so’ng harf elementlarini xattaxtada yozishni mashq qildirish.
Harf elementlari uchun ko’rgazma tayyorlash yuzasidan maslahatlar berish.
|
bosqich
Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)
Savol – topshiriqlar.
1.Husnixat va uni o’qitish metodikasi fani qanday fanlar sarasiga kiradi?
2.Boshlang’ich sinf o’quvchilarini husnixatga o’rgatishda qaysi usulni samarali deb hisoblaysiz?
3.Harf elementlari uchun ko’rgazmalar tayyorlang.
Dars yakunida harf elementlari uchun ko’rgazma tayyorlash ustida ishlanadi, mashg’ulotda faol qatnashgan talabalar baholanadi.
3-amaliy mashg`ulot
MAVZU: Yarim oval va to`liq oval unsurli kichik harflar guruhlash va yozish. Kichik harf birikmalari ishtirok etgan so`zlar yozish
1.1 Amaliy mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi.
Vaqti: 2 soat
Talabalar soni: 31 ta
Mashg‘ulot shakli
Amaliy mashg‘ulot
Amaliy mashg‘ulot rejasi
1. Talabalarni amaliy mashg‘ulotga tayyorlash.
2. Husnixat daftariga harf unsurlarini yozishni mashq qildirish.
3.Husnixat darslariga qo‘yiladigan talablar yuzasidan talabalar bilimini aniqlsh.
4.Yarim oval unsurga ega bo‘lgan harflar yuzasidan talabalar bilan suhbat.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi
Talabalarni yarim oval elementli harf unsurlarini grafik jihatdan to‘g‘ri yozish malakalarini rivojlantirish.
O‘qituvchining vazifasi:
1. Husnixat darslariga qo‘yiladigan talablarni o‘rganish bo‘yicha talabalar bilimini aniqlash mashg‘ulot davomida ularni faollashtirish.
2. Yarim oval elementli harflarni to‘g‘ri yozishni tushuntirish, talabalarning mavzu yuzasidan bilim va ko‘nikmalarini 5 ball asosida baholash.
O‘quv faoliyatining natijasi
Talabalar bilishi kerak
1. Yozuv qurollarini sanab bering.
2. Yarim oval elementli kichik harflar guruhini husnixat qoidalari asosida yozishni mashq qilish.
3. Test yechish.
4. Yarim oval elementli kichik harflarni husnixat qoidalari asosida yozishga o‘rgatuvchi mashqlardan namunalar ko‘rsatish.
Ta’lim metodi va texnikasi
Genetik metod, suhbat, qo‘l harakatini mashq qildirish usuli.
Ta’lim vositasi
Darslik, metodik qo‘llanma, proyektor
Ta’lim shakli
Yakka tartibdagi savol – javob, kichik guruhlarda ishlash.
1. Amaliy mashg‘ulot mavzusini (. Yarim oval elementli kichik harflarni yozish.)
2. Amaliy mashg‘ulot maqsadini
3. Amaliy mashg‘ulot rejasini e’lon qilish.