Ozarxurra» «Airyanem- Vaeja» (ba’zi manbalarda – «Eran-vej»)da yoqildi», - deyiladi.
«Airyanem-Vaeja»ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to’g’ri
keladi. Avestoda Axura-Mazda tomonidan yaratilgan «Barakot va najot» sohibi
bo’lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng birinchisi, «dunyoda
hech narsa chiroyiga teng kela olmas Airyanem-Vaeja», keyin esa «odamlar va
chorva podalariga mo’l» Sug’d (So’g’d), «qudratli va muqaddas» Mouru (Marv),
«baland ko’tarilgan bayroqlar mamlakati» BAhdi (Baqtriya) zikr etiladi.
2. Zardushtiylik ta’limoti Markaziy Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bo’lgan
tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e’tiqodlarga (Markaziy Osiyo qadimgi
aholisining «eski dini»ga) nisbatan monoteistik ta’limotdir. U behuda qon
to’kuvchi qurbonliklar, harbiy to’qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab,
o’troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan
shug’ullanishga da’vat etadi.
TO’XTOVSIZ KURASH Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi kurash deb
hisoblaydi. Zardushtiylik dinida qo’riq er ochib, uni bog’u-rog’ga aylantirgan
odam ilohiyot rahmatiga uchraydi. Aksincha, bog’lar, ekinzorlarni, sug’orish
inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladilar. Zardusht insonlarga tinch-totuv
yashashni, halol mehnat qilishni o’rgatmoqchi bo’ladi. Bunga ko’ra insonning bu
dunyodagi hayotiga yarasha narigi dunyodagi taqdiri ham bo’lajak, har bir inson
o’lgandan so’ng o’zining bu dunyodagi qilmishiga yarasha abadiy rohat –
jannatga, yoki yomon ishlari ko’p bo’lsa na xursandlik va na xafalik ko’rmaydigan
arosat joy –
misvongatu ga tushadi.
Zardushtiylik negizida olamning qarama-qarshiliklar kurashi asosiga qurilgani
turadi: yaxshilik va yomonlik, yorug’lik va qorong’ulik, hayot va o’lim o’rtasida
abadiy kurash davom etadi. Barcha yaxshiliklarni