31
sonli lashkarlarini botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog’lari bor,
yaylov va
suvlari bilan go’zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, suvga mo’l, chuqur
ko’llari, keng qirg’oqli va kema yurar daryolari o’z to’lqinlarini Iskata (Skifiya),
Pauruta, Mouru (Marv), Xarayva (Areya), Gava (so’g’dlar yashaydigan yurt),
Xvarazm (Xorazm) mamlakatlari tomon eltuvchi daryolari bor».
Shubhasiz, «keng qirg’oqli, kema yurar daryolar» bu Amudaryo va Sirdaryo
bo’lib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar O’rta Osiyo shaharlarining bu ikki
daryo qirg’oqlarida joylashganlaridir.
Shunga
asoslanib, biz Zardushtning vatani, zardushtiylikning ilk makoni va
Avestoning kelib chiqish joyi deb – Xorazm, tarqalish yo’nalishi deb –
Xorazm-
Marg’iyona-Baqtriyani ayta olamiz.
Avestoning «Yasna» kitobida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari
unga ishonmay, uning ta’limotini qabul qilmaganlar.
Zardusht vatanni tark etib,
qo’shni davlatga ketadi, u erning malikasi Xutaosa va shoh Kavi Vishtaspaning
xayrixohligiga erishadi. Ular Zardusht ta’limotini qabul qiladilar. Natijada qo’shni
davlat
bilan urush boshlanib, Vishtaspa g’alaba qozonadi. Shundan so’ng bu
ta’limot xalqlar o’rtasida keng tarqala boshlagan. Keyingi davr rivoyatiga ko’ra,
Shoh Kavi Vishtaspa farmoniga bilan Avesto kitobi o’n ikki ming mol terisiga
yozib olinib, otashkadaga topshirilgan.
Avesto zardushtiylik muqaddas kitoblarining majmuidir. U – murakkab
to’plam. Avestoning saqlanib qolgan to’rtta kitobidan
birinchisining nomi
«Videvdat
» (vi-daevodatam – «Devlarga qarshi qonun») deb ataladi. Ushbu kitob
Avestoning saqlanib qolgan kitoblari orasida eng mukammali hisoblanadi. U
yigirma ikki bob bo’lib, boblari
Dostları ilə paylaş: